Pedagogika instituti fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi qiyosiy pedagogika
O’rta maxsus va hunar-texnika ta’limi
Download 1.62 Mb.
|
ҚИЁСИЙ O\'UM 2022-2023 ZIYAYEV
- Bu sahifa navigatsiya:
- ОSIYO MАMLАKАTLАRIDА TА’LIM-TАRBIYA JАRАYONINING O‘ZIGА ХОS ХUSUSIYATLАRI VА ULАRNING QIYOSIY TАHLILI
O’rta maxsus va hunar-texnika ta’limi
O’rta maxsus va hunar-texnika ta’limi tizimiga kiruvchi bilim maskanlari Yaponiyada garchi oliy ta’lim tizimiga - kiritilsada, u bizdagi hunar-texnika bilim yurtlariga to’g’ri keladi. Ular asosan kichik kollej, texnik kollej, maxsus tayyorgarlik kollejlariga bo’linadi. Kichik kollejlar ham maqomiga ko’ra o’ziga xos dorilfunundir. Ularda kasbga yo’naltirish jarayoni juda chuqur va puxta. O’qish muddati 2-3 yil, bitirgach, «bakalavr» nomi berilmaydi. 1984 yilda Yaponiyada 336 ta shunday kichik maktab bo’lib, ularning 37 tasi davlat tasarrufida, 51 tasi munistipal, 448 tasi xususiy kollejlardir. Texnik kollejlarda 5 yil o’qitiladi, unga kichik o’rta maktabni bitirganlar qabul qilinadilar. Bunday kollejlar yoshlarga o’rta texnik ta’limni beradilar. Bu bilim maskanida katta maktab dasturi asosida mexanika, elektronika, ximiya, texnologiya, qurilish, metallurgiya kabi maxsus texnik fanlar o’qitiladi. Kollejni bitirgan o’quvchilar dorilfununning 2-yoki 3-kursiga kirib o’qishlari mumkin. Maxsus tayyorgarlik kolleji. 1976 yilda tashkil etilgan yalpi tipdagi o’quv yurtidir. U faqat yuqori malakali mutaxassis tayyorlabgina qolmay, balki talabalarning madaniy saviyasini o’stirishni ta’minlaydi. O’qish muddati 1 yil, kurs 800 soatdan iborat. Bu kollej bitiruvchilari dorilfununning tegishli kurslariga qabul qilinmaydilar. ОSIYO MАMLАKАTLАRIDА TА’LIM-TАRBIYA JАRАYONINING O‘ZIGА ХОS ХUSUSIYATLАRI VА ULАRNING QIYOSIY TАHLILI. (XITOY VA HINDISTON TA’LIM TIZIMI VA TA’LIM-TARBIYA JARAYONINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI) Xitoyda ta’lim tizimiga hamma vaqt katta e’tibor qaratilgan. YUqori amallarga davlat imtihonlari tashkil qilingan bo‘lib, davlat imtihonlari jiddiy topshiriladi. Imtihonlarni topshirgandan so‘nggina ish boshlash uchun ruxsat beriladi. Imtihon topshirayotgan shaxs oilasining uch avlodi tekshiriladi. Unda aktyorlar va sirk artistlari, jallodlar, qamalganlar, fohishalar, axloqan buzilganlar bo‘lsa, ruxsat etilmaydi. Olgan bilim tizimi ham, ya’ni diplomi ham eng yuqori tan olingan universitetlar diplomi bo‘lishi shart. SHu sababdan xalq orasida bilimga nisbatan hurmatni ifodalaovchi maqollar ko‘plab uchraydi. Masalan: Oltinning narxi bor, bilim bahosizdir. Ovqat ochlikni yo‘qotadi, bilim esa jaholatni. O‘g‘ilni bilimsiz qilib tarbiyalagandan ko‘ra cho‘chqoni boq. An’anaviy, ya’ni klassik, qadimgi ta’lim ham maktablardan boshlangan. Maktablar davlat va xususiy maktablarga bo‘lingan Keyingi davrlarda esa qishloq (she-syosh), uezd (syan-syosh) va oblast (shu-yuuan)larga bo‘linib, hammasi to‘lovli bo‘lgan. Qishloq maktablari bir bosqichli, qolgan maktablar esa ikki bosqichli bo‘lgan. Bilimli insonlar o‘ta hurmat qilingan. Maktablarda faqat o‘g‘il bolalar ta’lim olgan. Qiz bolalar esa oilalarda berilgan ta’lim bilan chegaralangan. O‘g‘il bolalar 7-8 yoshdan maktablarga qabul qilingan. O‘g‘il bolalrga maktablarda yangi nom berishgan. Ismlar bilim olish, o‘zlashtirish darajasiga qarab berilgan Masalan: “Bilimda birinchi”, “Savodxonlikda zakovodli” Maktablar nizomi nihoyatda talabchan bo‘lgan. X!X asrda maktab o‘qituvchilari boshqargan ta’lim tizimi o‘quvchilarning nizomga amal qilishlarini qat’iy nazorat qilganlar. Nizom quyidagilardan iborat bo‘lgan: Hamma tarbiyalanuvchilar tong otishi bilan maktabda bo‘lishlari shart. Sinf xonasiga kirib kelishlari bilan dastlab Konfutsiy bilan, so‘ngra o‘qituvchi bilan salomlashishlari shart. Maktabdan qaytayotganlarida ham Konfutsiyga ta’zim qilib, so‘ngra o‘qituvchilar bilan xayrlashadilar. O‘quvchilarning yoshlaridan qat’iy nazar bu qoidaga amal qilishlari shart. Uyga qaytganlaridan so‘ng dastlab uy ruhlari bilan, so‘ngra bobosi, ota-onasi, bobosi, xolasi bilan salormlashishlari shart. O‘quvchilar kitoblarni sevishi va tozza saqlashlari shart. Maktabdan chiqqandan so‘ng har bir o‘quvchi o‘z yo‘lidan ketishi shart. O‘yin o‘ynashlari uchun o‘quvchilarning bir joyga to‘planishlari ta’qiqlanadi. O‘quvchilarning foydalanish uchun maktabga olib keladigan jihozlari chegaralanadi. Faqat darsliklar, kerakli yozish uchun qog‘ozlar, tush, bo‘yoq va uning kaltakchalari (kistochka) , tush saqlanuvchi bo‘yoqlargagina ruxsat beriladi. O‘quvchini diqqatini tortuvchi har qanday kitob yo‘qotiladi, tortib olinib o‘quvchi jazolanadi. Maktabga olib kelishi ruxsat etilmagan. Ortiqcha pul va o‘yinchoqlar ham ma’n etilgan O‘quvchi maktab partasiga, o‘z stuliga o‘tirganda chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi: oyoqlarini chalmashtirib (bir-birini ustiga qo‘yib) o‘tirmasligi, o‘ngga, chapga qaramasligi, to‘g‘riga qarab o‘tirishi shart. Ko‘chalarda uy tomlariga sakramasligi, irg‘imasligi, chapga va o‘ngga qayrilib ketmasligi kerak. U qomatini tikka tutib, aniq, shaxdam qadamlar bilan yurmog‘ligi shart. O‘quvchilar tong otgandan tun botgunga qadar ilm olish bilan shug‘ullanishlari kerak bo‘lgan. YAngi yil bayramidagina dam olganlar. Yil davomida ta’lim jarayoni uzluksiz davom ettirilgan. Bunday intensiv (qizg‘in) jarayon qadimgi xitoy yozuvining murakkabligi bilan bog‘lanadi. Oddiy maktablar alohida binoga ega bo‘lganlar. Ularda faqat bir sinf bo‘lib, o‘smirlar va yosh o‘g‘il bolalar bir vaqtda shug‘ullanishgan. Umumiy yagona dastur asosida ishlamaganlar. Har bir o‘quvchiga alohida vazifa berilgan. Tarixiy yozma yodgorliklar (trakt)danparchalar yod olish vazifa qilib berilgan. Umumiy o‘qish jarayoni tashkil etilmagan. Vazifalar tovush chiqarish usuli bilan mustahkamlangan Bolalar o‘rtoqlariga nisbatan baland va ifodali o‘qishga harakat qilishgan. Ularni YEVROPA tadqiqotchilari jiddiy kuzatib turishgan. Bolalar o‘qituvchiga orqasini qilib turib, ya’ni orqa o‘girgan holatda vazifalarga javob berishgan. CHunki o‘qituvchi stoli ustida ochiq turgan kitobga qaramasliklari kerak bo‘lgan. Sinf xonalari bezatilmagan. Mashg‘ulotlarda o‘quvchi fikrini chetga tortilmasligiga alohida e’tibor qaratilgan. Xitoy ta’lim tizimi ko‘rgazmalikning kamligi bilan ajralib turadi. Tarixiy ta’lim tizimi Konfutsiy kitoblariga asoslangan. Qadimgi traktlardan katta fragment (parcha) larni va ieroglif (tushunilishi qiyin bo‘lgan yozuv)larni yod olish va tovush chiqarib yod aytish usuli qo‘llangan. “Besh kitob” va “To‘rt kitob”lar amaliy mashg‘ulotlar uchun qo‘llanilgan. Dastlabki kitob “Uch so‘z” (“Sanszitszin”) bo‘lgan. Bu kitob uch ieroglafik qatordan iborat bo‘lganBu uch qatorda xitoy tarixi va Konfutsiy axloqi asoslari berilgan. Keyin esa “100 oila familiyasi” (“Bayszyasin”) teksti, matni o‘rganilgan. Unda xitoycha familiyalar va nomlar izohlangan Nomlar ritm xolatida ketmket berilgan. So‘ngra “Ming so‘zlik” (“Syanziven”) o‘rgatilgan. Kitob qaytarilmagan ming so‘zli ieroglif yozuviga asoslangan. “Ming so‘zli” kitobi bilan birga “Sza-szi” ikki ming ieroglifiga ega bo‘lgan kitob ham o‘rgatilgan. Boshlang‘ich maktabning dasturi “O‘g‘il bolaning qarzlari haqida kitob” (“Syaotszin”) bilan tugallanadi. O‘quvchilarni ierarxiya (tushunilishi qiyin bo‘lgan yozuv) ga bo‘lgan an’anaviy munosabati saqlanib qoladi. Boshlang‘ich sinfda 7-8 yil o‘qiladi. “-№ ming ioroglif o‘rganiladi. O‘quvchi “to‘rt kitob” va “Besh kitob” kitoblarini o‘rganish bilan boshlang‘ich maktabni tugallaydi. Bilimlar boshlang‘ich maktablarda o‘rganilmaydi. YAxshi xususiyatlarga ega bo‘lgan erkak fanlar bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi shart emas. Mansabdor shaxslarda aloxida mutaxassislik bo‘yicha bilimlar bo‘lmasligi mumkin. Mansabdorlar buxgalteriya ishlarini tushunmasliklari mumkin. Muhimi qadimgi traktlarni, ularda ilgari surilgan axloq meyorlarini egallashning o‘zi kifoya qiladi. 19-20 yildan so‘ng o‘quvchi dalat imtihonlarini topshirishga tayyor bo‘ladi. Uch bosqichdan iborat imtihon tizimi bo‘lgan: SHaharga yaqin bo‘lgan hududlar imtihoni, poytaxtdan uzoq bo‘lgan shaharlar imtihoni, poytaxt imtihoni. SHaxarga yaqin bo‘lgan hudud (uezd)lar imtihoni tunshen unvonini beradi. Ilmiy darajaga o‘quvchi ega bo‘lmaydi. Syusay unvonini olish imkoniyatini beradi. Bu birinchi ilmiy daraja bo‘ladi. Birinchi ilmiy darajaga muvaffaqiyatli imtihon topshirgan o‘quvchi ikkinchi ilmiy daraja-szyuyjenga tayyorgarlik imkoniyatini oladi. Bu darajalar uchun imtihonlar oblast (viloyat) markazlarida o‘tkaziladi. Ikkinchi darajali unvon uchun muvaffaqiyatli imtihon topshirgan o‘quvchi uchinchi darajani olish uchun bir yildan so‘ng poytaxtga jo‘natiladi. Oliy darajaga ega bo‘ladi. U szinshi deb ataladi. Szinga unvonini egallaganlar ko‘p bo‘lmaydi. Yil davomida 300 ta bo‘lishi mumkin. Ulardan ayrimlari saroy (fanlar) akademiyasiga qabul qilingan. Javobgarligi muxim bo‘lgan joylarda ishlashgan. Eng yuqori unvonlar olishgan. Imtihon topshiruvchi nomzodlar insho va she’r yozishlari shart bo‘lgan. Mavzular taxminan quyidagicha bo‘lgan: “Boshqalarga namuna bo‘lish uchun yaxshi ishlarni bajarish va hamisha hamfikrlarni topish kerak. Bulardan aqlli fikrlar kelib chiqadi. Boshqalar bilan hamkorlik xayrli ishlarni bajarish uchun asos bo‘ladi”, “Birinchi Xitoy imperatori Sin SHixuana saroyining tasviri”, “Uch dinastiya davridagi bronza tovusi gumbazi tasviri” va shu kabilar. Imtihon topshirolmagan o‘quvchi keyingi yilga qaytadan topshirishi mumkin SHu sababdan ba’zan uch avlod ham birgalikda imtihon topshirishi mumkin: bobosi, otasi, o‘g‘il. Imtihon topshirilishidan oldin quyidagi xarakteristika so‘raladi. Uning avlodlari sudlanmagan bo‘lishi, va boshqa yomon xususiyatga ega bo‘lgan ishlar bilan shug‘ullanmagan bo‘lishlari kerak. Ba’zan yolg‘on ma’lumotlar berilishi ham mumkin. Masalan, 1895 yili Xanyan shahrida ofitserlikka imtihon topshiruvchi yosh yigitga qo‘shnilar talab darajasida tafsifnoma berganlar. U imtihon topshirib, ilmiy daraja oladi. Keyinroq uning bobosi sartaroshlik kasbi bilan shug‘ullanganligi ma’lum bo‘ladi. Yigit ilmiy darajadan mahrum qilinadi, shahardan haydaladi. Davlat boshqaruvchilarning bu ishidan sartaroshlar norozi bo‘ladi. Va isyon ko‘tarishadi. Odamlarning sochini olishdan bosh tortishadi. Ular 3.000 ortiq sartaroshlar edi. Ularni bambuk taxtalari bilan urishadi, yo‘ldan o‘tgan odamning sochini olishga majbur qilishadi. Agar isyonni davom ettirishsa, ularning boshini olishga buyruq beriladi. Imtihonlar bir necha kun davom etadi. Izlanuvchilar alohida ajratilgan uylarda yashashgan. Ular imtihonlar tugamaguncha uylardan chiqishmagan. Bu uylarda yashash sharoiti oddiy bo‘lgan. Imtihonlar haqqoniy o‘tkazilgan. Ularni alohida shaxslar qat’iy nazorat qilishgan. Hamma imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tganlar jamoat hurmatiga sazovor bo‘lishgan. Olimlar xos kiyimlarga ega bo‘lgan. Aksesuarlardan foydalanishgan. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling