Pedagogika instituti fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi qiyosiy pedagogika
Xitoyda Hozirgi zamon ta’lim tizimi
Download 1.62 Mb.
|
ҚИЁСИЙ O\'UM 2022-2023 ZIYAYEV
Xitoyda Hozirgi zamon ta’lim tizimi.
Xitoy falsafasi-Konfutsiy ta’limoti Xitoy jamiyatining shakllanish asosi hisoblanadi. Konfutsiy ta’limotiga asoslangan Xitoy davlati qadimgi an’analarining ko‘pini saqlab qolgan. Xitoyning o‘quv yurtlaridagi o‘qitish tizimi o‘ziga quyidagilarni singdiradi: Maktabgacha ta’lim Boshlang‘ich maktab Tugallanmagan o‘rta ta’lim To‘liq o‘rta ta’lim Universitet Aspirantura Xitoydagi boshlang‘ich ta’limga bolalar bog‘chalari kiradi. Ularga 3-6 yosh bolalar qabul qilinadi. Hozirgi kunda 150 ming atrofida bolalar bog‘chalari bor. Xitoyda bolalar bog‘chalari 2 ga bo‘linadi: davlat ta’minotidagi va xususiy bog‘chalar. Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan xususiy bog‘chalar ko‘paygan. Xitoydagi boshlang‘ich ta’lim 6 yoshdan boshlanib 6 yil davom etadi. Asosiy fanlar quyidagilardan iborat: -Xitoy tili - Matematika - Tabiatshunoslik - CHet tili - Axloqiy tarbiya - Muzika - Jismoniy tarbiya Boshlang‘ich ta’lim asosan davlat ta’minotidadir. Xitoyda o‘rta ta’lim uch bosqichdan iborat Birinchi bo‘lim bepul ta’lim. O‘quvchilar daftar va darsliklar uchun pul to‘lashadi. O‘quvchilar 3 yil o‘qishadi va quyidagi fanlardan bilim oladilar. Matematika Xitoy tili CHet tili Fizika Ximiya Axloqiy ta’lim Informatika Ikkinchi bosqich o‘rta ta’lim tizimida bolalar yana 3 yil o‘qishadi. Keyingi 2 yil tugallovchi jarayon xisoblanadi. Mazkur jarayonda o‘quvchi mutaxassislashgan, kasbga yo‘naltirilgan maktabda ta’lim oladi. To‘liq o‘rta ta’lim ma’lumotini olish uchun 12 yil o‘qiydi. Oliy ta’lim. Xitoy qonunlariga asoslangan 3 xil turdagi oliy ta’lim mavjud: Maxsus o‘quv dasturi asosidagi kurslar Ta’lim muddati 2-3 yil. Bakalavr. 4-5 yil. Magistratura. 2-3 yil. Oliy ta’limni tugallagan o‘quvchi uch o‘quv drvjvsini oladi: bakalavr, magistr, doktor. So‘nggi davrlarda Xitoy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlik munosabatlari kuchaygan. CHet ellarda ta’lim olish uchun yuborilayotgan kadrlar bo‘yicha Xitoy birinchi o‘rinda turadi. SHuningdek, Xitoyga ham boshqa davlatlardan kelayotgan talabalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Masalan, 2007 yil Xitoy oliy ta’limida 86.000 talaba 170 mamlakatdan kelib ta’lim olgan. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling