Pеdаgоgikа instituti pedagogika va psixologiya fakulteti pеdаgоgikа va psiхоlоgiya yo’nаlishi 204-guruh isroiljonova xulkaroyning
Download 76.93 Kb.
|
ILK O’SPIRINLIK DAVRIDA SHAXSIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- REFLEKSIYANING SHAKLLANISHI” MAVZUSIDAGI KURS ISHI Ilmiy rahbar: A.Isaqova Qo’qоn 2020 REJA: KIRISH
O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI OLIY TА`LIM VАZIRLIGI MUQIMIY NОMIDАGI QO’QОN DАVLАT PЕDАGОGIKА INSTITUTI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI PЕDАGОGIKА VA PSIХОLОGIYA YO’NАLISHI 204-GURUH ISROILJONOVA XULKAROYNING “ILK O’SPIRINLIK DAVRIDA SHAXSIY REFLEKSIYANING SHAKLLANISHI” MAVZUSIDAGI KURS ISHI Ilmiy rahbar: A.Isaqova Qo’qоn 2020 REJA: KIRISH l.BOB.ILK O’SPIRINLIK DAVRIDA SHAXSIY REFLEKSIYANING OLIMLAR TOMONIDAN O’RGANILGANLIGI l.1 Ilk o’spirinlik davriga refleksiya haqida olimlarning ilmiy qarashlari l.2 Ilk o’spirinlik davrini psixologik xususiyatlari l bob bo’yicha xulosa ll.BOB.ILK O’SPIRINLIK DAVRIDA O’Z-O’ZIGA BAHO BERISH DIAGNOSTIKASI VA O’Z-O’ZNI ANGLASH RIVOJLANTIRISH USULLARI ll.1 O’z-oziga baho berish diagnostikasi ll.2 O’z-o’zini anglashning rivojlantirish usullari ll bob bo’yicha xulosa XULOSA VA TAVSIYALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR MUNDARIJA KIRISH 4 l.BOB.ILK O’SPIRINLIK DAVRIDA SHAXSIY REFLEKSIYANING OLIMLAR TOMONIDAN O’RGANILGANLIGI l.1 Ilk o’spirinlik davriga refleksiya haqida olimlarning ilmiy qarashlari 7 l.2 Ilk o’spirinlik davrini psixologik xususiyatlari 13 l bob bo’yicha xulosa 24 ll.BOB.ILK O’SPIRINLIK DAVRIDA O’Z-O’ZIGA BAHO BERISH DIAGNOSTIKASI VA O’Z-O’ZNI ANGLASH RIVOJLANTIRISH USULLARI ll.1 O’z-oziga baho berish diagnostikasi 25 ll.2 O’z-o’zini anglashning rivojlantirish usullari 29 ll bob bo’yicha xulosa 32 XULOSA VA TAVSIYALAR 33 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 35 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng ta’lim tizimida o’ziga xos o’zgarishlar paydo bo’lyaptiki, unda har shaxsning ma’naviy, madaniy va intellektual salohiyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimizning ko’plab rivojlangan davlatlar safidan o’rin egallash uchun dadil odimlab borayotgan ekan yurtimizni har tomonlama rivojlantiruvchi ziyolilarning bilim, salohiyat darajasiga qo’yiladigan qat’iy talablarga ahamiyat berilishi, kelajak ravnaqi uchun poydevor hozirlaydi. Bu borada yoshlar muammolarini tahlil qilish va yechimlarini topish yuzasidan dolzarb masalalar bo’yicha psixolog va boshqa olimlar oldiga vazifalar qo’yildiki, uning asosida yoshlar muammolarini o’rganish, ularning jamiyatdagi o’rni va faolligini oshirishning psixologik jihatdan taxlil qilish imkoniyatlari yaratildi. Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil “Oliy majlis so’rovnomasi”da yoshlar avlodni har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor berish va bu borada “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Bu borada O’zbekiston respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev yoshlar tarbiyasiga bog’liq ijtimoiy ta’sirlarni rolini e’tirof etgan holda shunday fikirni bildirgan: “Hozirgi davrda yoshlar tarbiyasi biz uchun o’z dorzalbligi va ahamiyati hech qachon yo’qotmaydigan masala bo’lib bormoqda. Bunday keskin tahlikali sharoitda biz ota onalar, ustoz murabbiylar, jamoatchikik, mahalla-kuy,bu masalada xushyorlik va ogohlokni yanada oshirishimiz kerak” Darhaqiqat har qanday jamiyatning kelajagi,yosh avlodning qanday ta’lim-tarbiya olishiga va qay tarzda tarbiyalanishiga bog’liq. Voyaga yetmagan o‘spirinlarning psixologik jihatlarini qarab chiqadigan bo‘lsak, ularning hayotida ko‘plab noxushliklar bo‘lishiga amin bo‘lamiz. Bunday noxushliklar sababi nimada aslida? Ularning hayotidagi muammolargan sabab nima? Nima uchun bunday muammolarning oldini olinsada o‘spirin hayotida ba‘zi hollarda iz qoldiradi? Bunday savollarni ko‘plab berish mumkin. Eng yomoni o‘spirinning tarbiyasidagi og‘ishlar natijasida jinoiy ishlarga aralashib qolishi, hatto jinoiy ishga qo‘l urishidir. Bunday muammolarni yechish chinakamiga katta mehnatni talab qiladi.Bu boradagi tarbiyaviy ishlarda keng qamrovli hamkorlik ishlarini amalga oshirish lozim bo‘ladi. Inson taraqqiy etgani bu muammo psixologik muammo ekanligini ilmiy tadqiq etish ishlari ortib bormoqda. Bunday tadqiqotlar respublikamizda voyaga yetmaganlar bilan ishlashning ko‘pgina jihatlarini tadqiq etish bo`yicha o`ziga xos jixatlarning yuzaga kelishiga asos bo`lib xizmat qiladi. Shularga asosan xozirgi kunda voyaga yetmagan yoshlar xulq-atvorini shakllantirishning psixologik jihatlarini o`rganishga oid ko`palab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu muammoni o`rganishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirilayotganiga qaramay voyaga yetmagan o‘smirlar xulq-atvorida salbiy o‘zgarishlarga qaratilgan muammolar ko`plab uchramoqda. Ilk o’spirinlik davrining psixologik xususiyatlari muammosi psixologlar tomonidan har tomonlama tadqiq qilinishiga qaramay, unga har xil pozitsiyadan turib yondashilgan, turli aspektlarda yoritilgan. Shuning uchun bu to’g’risida umumiy nuqtai nazar, umumiy mezon yuzasidan mulohaza yuritish mumkin emas. Shuningdek, aqliy tarraqqiyot komponentlari bo’yicha ham xuddi shu fikrlarni bildirish o’rinlidir. Ilk o’spirinlik davrida ular o’zlariga salbiy baxo berish xolatlarini bartaraf etish hozirgi kunda psixolog- pedagoglar va ota-onalar oldida turgan dolzarb muammodir. Download 76.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling