Pеdаgоgikа instituti pedagogika va psixologiya fakulteti pеdаgоgikа va psiхоlоgiya yo’nаlishi 204-guruh isroiljonova xulkaroyning
Download 76.93 Kb.
|
ILK O’SPIRINLIK DAVRIDA SHAXSIY
XULOSA VA TAVSIYALAR
Tadqiqotdan olingan ma’lumotlar psixologiyada shaxs, uning shakllanishi,o’z o’zini anglash , o’z o’ziga baho berish muammosini yangi ma’lumotlar bilan to’ldirdi. Shaxs o’z-o’zini anglaganligi tufayli emas , balki o’zida o’z-o’zini anglashga nisbatan ichki extiyoj, turtki, motiv kabilar mavjudligi uchun ham u insondir. Ijtimoiylik huddi shu tariqa insonda o’z-o’zini anglashga nisbatan zarur talab va extiyojni o’zida ifodalaydi. Holbuki, shunday ekan, inson tomonidan o’zining ijtimoiylik, ya’ni insoniylik mohiyati va darajasida anglash psixologik nuqtai nazardan ana shu muhtojliklar, qiziqishlar, intilishlar mohiyatining anglashi hamda shu asnoda o’zining hayoti, faoliyati yuzasidan shaxsiy maqsadini yaratish jarayonidir. Yuqoridagi fikr – mulohazalardan kelib chiqqan holda ahloqiy o’z-o’zini anglashga biz ikki xil ta’rif berishimiz mumkin: O’z-o’zini u yoki bu ahloqiy ma’naviy me’yor va qoidalarasoslanganholda anglash deb ta’riflansa; Bizningcha, ahloqiy o’z-o’zini anglash bu o’z-o’zini inson sifatida tasdiqlash va ana shu tariqa o’zligida insoniylikni shakllantirishga nisbatan intilishdir. Agarda shaxs o’z-o’zini inson sifatida e’tirof etmas ekan, unda insoniylik fazilatlari vujudga kelishi mumkin emas. O’z-o’zini anglash esa inson uchun ana shu e’tirofni amalga oshiruvchi muhim vosita sifatida namoyon bo’lish jarayoni yoki holatidir.Inson ,avvalo, o’z-o’zini anglashda ijtimoiy jamiyatda va atrof muhitda muloqot jarayonini olib boradi. Shuningdek , tadqiqot natijalari amaliy jihatdan ham axamiyatli hisoblanadi. Tadqiqot natijasida qo’lga kiritilgan ma’lumotlar , xulosa va tavsiyalar o’spirinlar ta’lim tarbiya jarayonini tashkil qilishda , ularda muayyan shaxs hislatlarini shakllantirish , rivojlantirish va korreksiya ishlarida amaliy jihatdan qo’llanishi mumkin. Hamda o’spirinlarda o’z o’zini namoyon qilishning ijtimoiy psixologik omillarini o’rganish orqali ilk o’spirinlik yoshidagilarni o’zini namoyon qilishi jarayonida xatoga yo’l qo’ymaslikka undash, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni oldini olishga qratilgan ko’nikma va malakalarni hosil qilishiga nazariy hamda amaliy hissa bo’lib qo’shiladi.o’spirinlik yoshida bolalar o’zlarini katta deb hisoblaganlari tufayli ular ko’plab hatolarga duch kelishlar mumkin. Mana shu hollarda ota-onalar farzandlarini to’g’ri yolga boshlay olishlari kerak. Bunday vaqtda o’quvchi yoshlarimizni xuddi nihol kabi qaysi tomonga qaratib tarbiyalasak, u shu tomonga qarab o’sa boshlaydi.To’g’ri tarbiya, oilaviy muhit, tog’ri tanlangan do’st, vaqtdan unumli foydalanish bu insonniulug’likka chorlaydi va hayotida hech ham adashmaydi. Uni muhit, siz va biz shu tarzda tarbiyalaymiz. Psixologiyadan, uning usullaridan foydalana olgan pegagoglar va ota-onalar ta’lim–tarbiya jarayonida salbiy holatlarni vujudga keltirmaydi. Shaxs qanchalik o’z-o’zini anglab yetsa shunchalik tez kamolotga erishadi. Shaxsdagi turli psixik holatlar, jarayonlar, xususiyatlar jamoaga va undagi psixologik muhitga bog’liq bo’ladi, ayniqsa bu o’spirinlik yoshidagi bolarda kasb tanlashda yorqinroq namoyon bo’ladi Download 76.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling