Pedagogika kafedrasi matematik tassavurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyasi


XULOSA………………………………………………………………...35-36


Download 69.04 Kb.
bet3/9
Sana09.06.2023
Hajmi69.04 Kb.
#1475784
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shuhratjonova Zebo MT kurs ishi (3)

XULOSA………………………………………………………………...35-36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI..............................37


KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. O'tkir zehnli buyuk olim Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino fanning turli sohalarida samarali tadqiqotlar olib borganligi ma'lum. U meditsina, kimyo, matematika, fizika, mexanika, astronomiya, falsafa, fiqh, odob va ahloq, notiqlik nazariyasi, musiqa va boshqa sohalarga doir 450 ga yaqin asarlar yozib qoldirganligi olimlar tomonidan aniqlangan, lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asarlari yetib kelgan, xolos. Ko'p risolalari shaharma-shahar ko'chib yurish, feodal urr.rshlari, saroy to'polonlari, turli falokatlar tufayli yo'qolib ketgan. Abu Ali ibn Sino o'z tilidan yozib olingan tat'imai holida juda yoshligidan ko'pgina bilimlami chuqur o'zlashtirganligi yozilgan. "Yoshim o'nga to'lganda men Qur'onni adab ilmlaridan ko'pini o'zlashtirib olgan edim, hatto odamlar menga ajablanadigan ham bo'ldi". 16-18 yoshlarida mantiq, tibbiyot, fiqh, falsafa va riyoziyot kabi ilmlarni puxta o'rganib olganligi to'g'risida ham fikrlar bildirgan. "Yoshim o'n sakkizga borganda bu ilmlaming hammasini egallab bo'lgan edim'' Ibn sino 21 yoshida Abulhasan al-Aruziy ismli qo'shnisining iltimosiga ko'ra "Al-majmu" ("To'plam") nomli kitob yozib beradi. Ibn Sinoning yozgan asarlari fanning turli sohalarida amalga oshirgan ishlari ko plab olimlar tomonidan o'rganildi va o'rganilmoqda. F.veyobke, M.Kantor. K.Lokach. V.A. Rozenfeld, X. M. Muhammadiyev, M.A'Ahadova' s.A.Ahmedov, Alrisov va boshqalar lbn sinoning asarlarini o'rganish davomida fizika, matematika, mexanika, astronomiya kabi fanlarni rivojlanishiga kata hissa qo'shganligini ko'rsat ishgan. Abu Ali ibn sinoning ilmiy merosi bo'yicha tadqiqotlar olib borgan olimlar uning matematikaga tegishli ishlarini ham aniqladilar. Ulardan ayrimlarini keltirib o'tamiz. Ibn Sino matematikaning arifmetika sohasi boyicha natural sonlar va ulaming asosiy xossalari, natural sonlar ustida amallar, natural sonlar haqida tushunchalar kabi masalalami qaraydi. shuningdek, proporsiya nazariyasi, nisbatlar nu.al1y25i, progressiyalar (ayniqsa ayirmasi birga reng bo'lgan arifmetik progresiyaning istalgan hadini va yig'indisini topish) Erotosfen g'alvirini tuzilishi haqida qoidani bayon etgan. Bundan tashqari amallarning to'g'ri bajarilganligini aniqlovchi vosita "Mbzon" ("To'qqiz bilan tekshirish usuli") ni kvadrat va kubga ko'tarishga tadbiq qilishni tavsiya beradi. Olim nisbatlar nazariyasi ustida ishlab, ikki son nisbati tushunchasidan kasr son tushunchasiga keladi va ikki son nisbati kasr son bilan almashtiriladi. Bu keyinchalik son tushunchasini kengayishiga kata ahamiyat kasb etadi. Evklid o'zining "Negizlar" kitobida sonli proporsiyalar va geometrik miqdorli proporsiyalar shaklida har birini alohida-alohida nazariya sifatida qaragan bo'lsa, Ibn Sino Evktid usulidan farqli har ikki ko'rinishdagi proporsiyalarni bir-biri bilan uzviy bog'lagan holda bayon etgan. Murakkab nisbatlar va sonli proporsiyalar nazariyasi haqidagi ta'limotni berib, uni geometriyaga va musiqashunoslikga tadbiq etadi. Shuningdek,-lbn Sino Evklidni beshinchi postulatini aksiomalar gruppasidan chiqarib uni teorema ko'rinishiga kiritib isbotini keltiradi.
Ibn Sinoning geometriyasidagi teoremalarini isboti Evklidni isbotiga qaraganda qisqa va soda bo'lgan. Olimlaming tadqiqotlarida lbn Sino ko'pgina asarlarida matematikaga oid bilimlarini bayon qilganligi keltirilgan. lbn Sinoning "Shifo kitobi" ("Xitob ash-shifo") asarida geometriyaga doir boblar bo'lib, unda planimetdya va streometriyaga doir mavzularda 74 tata'rif,7 ta postulat, 5 ta aksioma va 255 ta teoremalar mavjud. Demak, huddi Evklid geometriyasidek, Evklid qonuniyatiga asoslangan lekin undan farq qilgan Ibn Sino geometriyasi ham mavjud ekan. Ibn Sino geometriyasining asosiy farqlari geometrik tushunchalar - nuqta, chiziq, sirt va geometrik jismlarga ta rifberishda hamda teoremalarni isbotlashda harakatni keng miqyosda tadbiq etgan. Ibn Sino "Kitob ash-shifo" ("Shifo kitobi"), "Kitob an-najot" ("Najot kilobi"), "Donishnoma" ("Bilim kitobi") kabi yirik asarlarida matematika, geometriya, fizika va mexanikaga doir muhim masalalarni hal qilgan. Shuningdek, buyuk olim Abu Rayhon Beruniyni Ibn Sino bilan yozishmalari ham Abu Ali ibn Sinoni matematikaning arifmetika va geometriya kabi sohalarini chuqur bilimdoni ekanligini isbotlaydi.
Kurs ishining maqsadi: Yurtimizning yetuk ulamolarining va hususan hozirda biz tanishib o‘tayotgan Abu Ali ibn Sinoning matematika faniga qo‘shgan xissasining tarixiy ahamiyati va bugungi kundagi o‘rnini o‘rganib tahlil etish.

Download 69.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling