Pedagogika kafedrasi maxsus fanlarini o’qitish metodikasi fanidan o`quv metodik majmua bilim sohasi
Kurs ishini bajarish va himoya qilish tartiblari
Download 0.54 Mb.
|
Pedagogika kafedrasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash va himoya qilish tartibi.
Kurs ishini bajarish va himoya qilish tartiblari. Kurs ishini yozishdan maqsad talabalarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini chuqurlashtirish, boyitish hamda ularda tahlil etish, izlanishga doir ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirishga erishishdir.
Kurs ishini yozishda quyidagi tartibga asoslaniladi: 1) kafedra mudirining taqsimoti asosida mavzuni va ilmiy rahbarni aniqlash; 2) ilmiy rahbar bilan uchrashish va mavzu yuzasidan maslahat olish; 3) ilmiy rahbar ko‘rsatmasiga asosan adabiyotlarni o‘rganib chiqish va tahlil etish; 4) o‘rganilgan adabiyotlar asosida kurs ishi rejasini tuzish va ilmiy rahbar tasdig‘idan o‘tkazish; 5) rejaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o‘rganilish darajasi, ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalar, amaliy ahamiyati, ishning tuzilishi ko‘rsatib beriladi; 6) reja masalalarini ketma-ketlikda bayon etiladi va har bir masaladan so‘ng qisqa xulosa beriladi; 7) reja masalalarini bayon etayotganda adabiyotlardan foydalanishda belgilangan tartibda snoska keltiriladi; 8) rejadagi barcha masalalar bayon etib bo‘lingach, umumiy xulosa qilinadi; 9) agar ilova qilinadigan illyustratsiyalar mavjud bo‘lsa, xulosadan so‘ng beriladi; 10) kurs ishining umumiy hajmi 30 betni tashkil etishi kerak (kompyuterda yozilgan xolatda); 11) kurs ishining adabiyotlar ro‘yxati belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi shart; 12) kurs ishi to‘liq tugatilgandan so‘ng, kurs ishi topshiruvchi va ilmiy rahbari titul varag‘iga imzolarni qo‘yib, kafedraga taqdim etishadi; 13) kurs ishi himoyasi belgilangan tartibda o‘tkaziladi va himoya o‘tkazilishidan bir hafta oldin e’lon qilinadi; 14) kurs ishi yozilayotgan o‘quv fanidan YaN olingunga qadar topshirilishi kerak. Bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash va himoya qilish tartibi. Bitiruv malakaviy ish – ta’limning yakuniy bosqichida oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tayinlangan ilmiy rahbarning topshirig‘i va ko‘rsatmasi asosida talaba tomonidan mustaqil bajariladigan ilmiy-nazariy va metodik loyihadir. Bitiruv malakaviy ish himoyasi bakalavriat yo‘nalishi talabasining yakuniy davlat attestasiyasi sinovi ko‘rinishlaridan biridir. SHuningdek, bitiruv malakaviy ish talabaning o‘z ixtisosligi bo‘yicha egallagan nazariy hamda amaliy bilim, ko‘nikma va malakalari ko‘lami va darajasini, bitiruvchining saviyasi va salohiyatini belgilovchi, mustaqil ilmiy, ijodiy tadqiqot ishidir (O’z.R. OO’MTVning 2010 yil 9 iyundagi 225-sonli buyrug’i). Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayoni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 1. Tayyorgarlik bosqichi: - tanlangan mavzu buyicha bitiruv malakaviy ishni bajarish uchun ruxsat olish (mavzuni tasdiqlash); - malakaviy ishni bajarish bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqish. - mavzu tanlash; 2. Bitiruv malakaviy ish mavzusi quyidagi talablarga javob berishi kerak: - mavzuning talaba ta’lim yo‘nalishi, ihtisosligiga mosligi; - dolzarb pedagogik muammoga bag‘ishlanganligi; - fanning amaldagi holati va uni rivojlantirish istiqbollariga mosligi; - iste’molchilarda qiziqish uyg‘otishi va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi. 3. Bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlashda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muqofiqdir: - tadqiq etilayotgan muammoning adabiyotlarda yoritilishi va ishlanganlik darajasi; - oliy ta’limda ta’lim olish davrida talabaning kurs ishlari hamda boshqa ilmiy ishlarni bajarish borasida egallagan ko‘nikmalari; - bitiruv ishini bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni topish imkoniyati; - iste’molchi tashkilotning bitiruv malakaviy ish materiallariga qiziqishi va ehtiyoji; - talabaning imkoniyatlari va nazariy-amaliy tayyorgarlik darajasi. 4. Bitiruv malakaviy ish tarkibiga quyidagilar kiradi: Titul varag‘i Mundarija Kirish
a) tanlangan mavzuning dolzarbligi;
Asosiy qism. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Ilovalar. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling