Pedagogika kafedrasi maxsus fanlarini o’qitish metodikasi fanidan o`quv metodik majmua bilim sohasi


Maxsus fanlarini o’qitish tamoyillari


Download 0.54 Mb.
bet18/93
Sana03.12.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1801771
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93
Bog'liq
Pedagogika kafedrasi-fayllar.org

Maxsus fanlarini o’qitish tamoyillari. Ta’lim qonuniyatlaridan uni samarali tash-kil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni ta’lim tamoyillari deyiladi. Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning maz-muni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang‘ich qoidalardir.
Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.
Ta’limning asosiy tamoyillari tahliliga e’tibor qarataylik.
1. Ta’limning ilmiylik tamoyili – talabaning o‘quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o‘zlashtirishi uchun to‘g‘ri shart – sharoit yaratish maqsadida zarur. Bu tamoyil ta’lim mazmunini zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to‘plagan taj-ribaga mos kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil ta’lim vaqtida va o‘qishdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan ta’lim mazmuni talabalarni ob’ektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar, zamonaviy yutuqlar va rivojlanish istiq-bollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning asosiy nazariya yoki konsepsiyalari bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishini talab etadi
2. Ta’limning tizimlilik va izchillik tamoyili bayon qilinayotgan o‘quv materialini mustahkamlash va ilgari o‘tilgan materiallarni to‘ldi-rishga xizmat qilishini, talabalarning uzluksiz va tizimli suratda musta-qil ish olib borishlarini, talabalarning o‘zlashtirgan bilim va hosil bo‘lgan ko‘nikma, malakalarini hisobga olib borishni ham o‘z ichiga oladi.
Izchillik ta’lim mazmuni, uning shakli va usullari, o‘quv jarayoni ish-tirokchilari bo‘lgan sub’ektlarning o‘zaro munosabatlariga taalluqli. U alohida parsial (yunoncha partialis - qisman) va xususiy o‘quv vaziyatlari, predmet va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin o‘zlashtirish asosida ularni yagona yaxlit o‘quv jarayoniga birlash-tirishga imkon beradi.
Izchillik ta’lim jarayonining ma’lum tizim va ketma-ketlik asosida bo‘lishini nazarda tutadi, zero, murakkab masalalarni oddiy masalalarni o‘rganmay turib hal etib bo‘lmaydi.
Tizimlilik va ketma-ketlik u yoki bu o‘quv materialini o‘zlashtirish sur’ati, uning elementlari o‘rtasidagi o‘zaro mosligini tahlil qilishga im-kon beradi. Ta’limning tizimliligi va ketma-ketligi ma’lum fanlar bo‘yi-cha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, borliqni yaxlit idrok etish o‘rtasidagi qarama-qarshilikni hal etishga imkon beradi. Ushbu holat-lar birinchi navbatda dastur va darsliklarni muayyan tizimda yaratish, fan-lararo hamda fanlar ichidagi bog‘liqlikni ta’minlash evaziga namoyon bo‘-ladi.
3. Ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyili ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish va o‘qitishning xilma-xil metod va usullaridan foydalana olishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Bu tamoyil ta’lim jarayonida barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Ta’lim jarayonida tar-biyalashning samarali kechishi shaxsning intellektual rivojlanishi, bi-rinchi navbatda, talabalarning qiziqishlari, idrok etish hamda individual qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bog‘liq.
4. Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan birligi tamoyili izchil-lik bilan amalga oshirilishi oqibatidagina talabalar o‘quv materialining tub mohiyatini tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ilmiy amaliyot-lari uchun zarur bo‘lgan mahorat, ko‘nikma va malakalar hosil qiladilar.
5. Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili o‘qitish-ni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda talabalar ilmiy bilim-larni hamda ularni amalda qo‘llash usullarini ongli va faol egallab oli-shadi. Bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish quyidagi omil va shartlarga bog‘liq: ta’lim motivlari, talabalarning faollik darajasi, o‘quv-tarbiya-viy jarayonning samarali tashkil etilishi, o‘qituvchi tomonidan qo‘llanuvchi ta’lim metodlari va vositalarining samaradorligi va boshqalar. Talaba-larning faolliklari reproduktiv va ijodiy xarakterga ega bo‘lishi mum-kin. Mazkur tamoyil talabalarning tashabbuskorliklari va mustaqil fao-liyatlarini nazarda tutadi.
6. Ta’limda ko‘rsatmalilik tamoyili o‘qitish jarayonini sifatini oshiradi, talabalarning bilim olishlarini osonlashtiradi. YA.A.Komenskiy uni didaktikaning “oltin qoidasi” deb atagan. Unga binoan ta’limda inson sezgi orga-laridan foydalanish kerak. “Agarda biz talabalarda haqiqiy va aniq bilimlar paydo qilishni istasak, unda biz umuman hamma narsaga shaxsiy kuzatish va sezib ko‘rish bilan ta’limga intilishimiz kerak – deb ta’kidlaydi u – agarda qandaydir predmetni baravariga bir necha sezgi or-ganlari bilan qabul qilish mumkin bo‘lsa, mayli ular baravariga bir necha sezgilari bilan o‘rganilsin”.
Tajribalar asosida o‘rganilayotgan narsani namoyish etish va jarayon mohiyatini hikoya qilib berish o‘zlashtirish darajasini birmuncha oshiradi. Xususan, axborotlarni eshitib qabul qilish samarasi 15%, ko‘rib qabul qilish esa – 25%ni tashkil etadi. Ta’lim jarayonida, ularni bir vaqtda ishti-rok etishi natijasida ma’lumotlarni qabul qilish samaradorligi 65 % ga-cha ortadi.
Ko‘rgazmalilikdan o‘quv jarayoni barcha bosqichlarida foydalanish mum-kin: yangi materialni o‘zlashtirish, uni mustahkamlash, mashqlarni tashkil qilish hamda talabalarning dastur materiallarini o‘zlashtirishlarini tek-shirish va baholashda.
7. Ta’limning talabalarga mos bo‘lish tamoyili deganda o‘quv mate-riallarining mazmuni uning hajmi, xarakteri, u yoki bu guruh talabalari-ning jismoniy rivojiga, umumiy tayyorgarligiga – saviyasi va imkoniyatla-riga loyiq bo‘lishi tushuniladi.

Yoshiga muvofiq yondashish talabalarning psixik xususiyatlari, shaxsiy rivojlanganlik darajasi, ma’naviy-axloqiy sifatlari, ijtimoiy etukli-gini baholay olishni nazarda tutadi. Agarda qo‘yilayotgan talablar yoki ta’-limning tashkiliy tuzilishi talabalarning yoshi imkoniyatlaridan ortda qolsa yoki ilgarilab ketsa, o‘quv faoliyatining samarasi pasayadi. Indivi-dual yondashish talabalarning murakkab ichki dunyosini o‘rganish, yuzaga kel-gan munosabatlar tizimini tahlil qilish va shaxs shakllanishi sodir bo‘la-digan ko‘p turdagi sharoitlarni aniqlashni talab etadi.
8. Ta’limda bilim ko‘nikma va malakalarni puxta va mustahkam o‘zlashtirish tamoyili muhim didaktik talab va qoidalarni, ya’ni talabalar tomonidan tizimli va ongli o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkam, esda saqlab qolish hamda o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni o‘z turmush faoliyatlarida qullay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi.
Ta’limning chuqurligi va mustahkamligi talabi didaktikada an’anaviy hisoblanadi va u yuzakilikka qarama-qarshi qo‘yiladi. Chuqur, mustahkam bilimning asosiy belgisi eng fundamental g‘oyalar, qoidalar, tushuncha, kategoriyalarni tushunish, chuqur o‘zlashtirish, o‘rganilayotgan materiallar mazmu-nini puxta anglashdan iborat.
9. Ta’limning tushunarliligi tamoyili talabalarning mavjud imkoniyatlarini hisobga olish, jismoniy va psixik sog‘lig‘iga yomon ta’sir etuvchi intellektual va emotsional qiyinchiliklardan voz kechishni talab etadi. Ta’limning tushunarli bo‘lishi talabalarning yoshi, bilish imkoniyatlarini hisobga olib o‘qishning mazmunini to‘g‘ri aniqlash demakdir, ya’ni, har bir o‘quv fani bo‘yicha talabalar egallab olishi zarur bo‘lgan bi-lim, amaliy ko‘-nikma va malakalari hajmini to‘g‘ri aniqlashdir. Bu tamoyil o‘quv jarayonini talabalarda qiyinchiliklarni engish istagini hosil qiluvchi va shaxsiy muvaffaqiyatlarining natijalaridan quvonish tuyg‘usi-ni yuzaga keltirishga yo‘naltirilganligini ifodalaydi. Bu talabalarda ko‘zga tashlanuvchi qattiq hayajonlanish, shuningdek, o‘quv masalalarini echishdagi ishonchsizlikni yo‘qotishga yordam beradi.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling