Pedagogika kafedrasi maxsus fanlarini o’qitish metodikasi fanidan o`quv metodik majmua bilim sohasi
Download 0.54 Mb.
|
Pedagogika kafedrasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gipermatn - elektron shaklda taqdim etilgan hamda tarmoqlangan bog‘lanishlar tizimi bilan ta’minlangan va uning bir fragmentidan boshqasiga darhol о‘tish imkoniyatlari oldindan berilgan matn.
Darslik bir vaqtning o‘zida ham barqaror, ham qulay tarkibiy tuzilma-ga ega bo‘lishi kerak. Darslik barqarorligiga ko‘ra mustahkam asosga ega, mobilligiga ko‘ra ega asosiy tuzilmaga dahl etmagan holda yangi bilimlarni tezlikda kiritish imkoniyatini namoyon etadi. Ularga qo‘yiladigan talablar turli-tuman va qarama-qarshi bo‘lib, mukammal darsliklarning etishmov-chiligi doimo his etiladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda muqobil, parallel darsliklar nashr etiladi, shu sababli o‘qituvchilar va talabalar ular orasidan eng yaxshilarini tanlab olish imkoniyatiga egalar.
Darslik talabalarning ta’lim jarayonida, ongli ravishda va faol ishtirok etishlari, o‘quv materialini to‘la o‘zlashtirishlarini ta’minlashi kerak. Ana shu masalalarni hal etish yo‘lida darsliklar quyidagi vazifa-larni bajaradi: motivatsion vazifa – bu vazifa talabalarni ushbu fanni o‘rganishga yo‘naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag‘bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat; axborot vazifasi talabalarga axborotlarni etkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradi; nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi – ta’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, talabalarda o‘zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo‘lgan ko‘nikma, malakalarni shakllantirish uchun o‘rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi. muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa vositalari (xaritalar, ko‘rgazmali materiallar, diapo-zitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi; rivojlantiruvchi–tarbiyalovchi vazifasi darslik mazmunining talabalarga ma’naviy-axloqiy ta’sir ko‘rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat; o‘qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo‘lgan konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko‘rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va ko‘nikmalarni rivojlan-tirishga yordam berishida ko‘zga tashlanadi. Ta’lim mazmuni o‘quv materiali darajasida darsliklar bilan bir qatorda turli xil o‘quv qo‘llanmalari: xrestomatiyalari, spravochniklar, masalalar to‘plamlari, mashqlar to‘plamlari va boshqalarda ochib beriladi. O‘quv qo‘llanmalari darslikning ba’zi tomonlarini kengaytiradi va aniq masalalarni hal etish maqsadiga ega bo‘ladi (axborot, mashq qilish, tekshirish). Uslubiy qо‘llanma – о‘qituvchilar va ta’lim oluvchilar uchun mо‘ljallangan bо‘lib, unda mashg‘ulot maqsadi, mazmuni, uni о‘qitish texnologiyasi, didaktik vositalar va ulardan foydalanish usullari, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar hamda qо‘shimcha topshiriqlar bayon qilinadigan, amaliyotlarni tashkil etish va о‘tkazish bо‘yicha kо‘rsatma va yо‘riqnomalar keltirilgan (ta’lim muassasalarining uslubiy kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan) nashr. Uslubiy kо‘rsatma – muayyan fanning о‘quv dasturi bо‘yicha kurs ishlari (loyihalar), laboratoriya, amaliy va mustaqil ishlarni, bitiruv malakaviy ishlarini, magistrlik dissertatsiyalarini bajarish tartibi mazmuni va metodikasi aniq, batafsil ifodalangan hamda ushbu fan bо‘yicha talabalarda zarur amaliy kо‘nikmalar hosil qilishga mо‘ljallangan (ta’lim muassasasining uslubiy kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan) kichik adadli nashr. Elektron ta’lim resurslariga fan buyicha yaratilgan elektron darslik, о‘quv qо‘llanma, kо‘rsatmalar, multimediyali vositalar, ma’lumotnomalar va lug‘atlar, gipermatnlar, elektron testlar va topshiriqlar hamda shunga о‘xshash talabaning mustaqil bilim olishini ta’minlovchi, о‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi resurslar kiradi. Elektron darslik – fanning о‘quv hajmini tо‘liq qamragan va masofaviy о‘qitish hamda mustaqil о‘rganish uchun kompyuter tsxnologiyalariga asoslangan, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid о‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarali о‘zlashtirishga mо‘ljallangan bо‘lib: о‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda; о‘quv materiallar verbal (matn) va ikki о‘lchamli grafik shaklda; multimedia (kо‘p axborotli) elementlari, ya’ni ma’lumot ikki-uch о‘lchamli grafik kо‘rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda; taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, obyektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi. Elektron о‘quv qо‘llanma – fanning о‘quv hajmini qisman yoki tо‘liq qamragan va axborotning adaptatsiya blokini о‘z ichiga olgan bо‘lib, masofaviy о‘qitish va mustaqil о‘rganish uchun mо‘ljallangan о‘quv manbai. Elektron uslubiy qо‘llanma – pedagogik tajribani umumlashtirish va uzatish hamda ta’lim faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatish shakli. Elektron uslubiy qо‘llanmada pedagogik tajriba mashg‘ulotlarning raqamlashtirilgan video-lavhalari, elektron yoki unga о‘girilgan shaklda yaratilgan talabalar ishlarini darslar bо‘yicha rejalashtirilgan shaklida kо‘rsatiladi. Virtual stendlar - haqiqiy obyektlar, jarayonlar va hodisalarlarning elektron modeli Multimediyali vositalar - turli tipdagi axborotlarni va jarayonlarni matn, rasm, sxema, jadval, diagramma va virtual muxitlarni yaratish, saqlash, ishlov berish, raqamlashtirilgan va jarayonli kо‘rinishda amalga oshirishning kompyuterli vositasi. Elektron о‘quv nashri - ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlar, kо‘nikmalar va mahoratlarni ijodiy va faol egallashlarini ta’minlaydigan ilmiy-amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan о‘quv materialga ega bо‘lgan elektron nashr. Gipermatn - elektron shaklda taqdim etilgan hamda tarmoqlangan bog‘lanishlar tizimi bilan ta’minlangan va uning bir fragmentidan boshqasiga darhol о‘tish imkoniyatlari oldindan berilgan matn. Elektron kutubxona - talaba hamda pedagoglar uchun hujjatlashtirish va xavfsizlikning xususiy tizimi bilan ta’minlangan, tо‘liq matnli elektron axborotni resurslar, telekommunikatsiya vositalari asosida jamlash va yetkazish imkoniyatini ta’minlovchi dasturli majmuadir. Elektron lug‘at - an’anaviy «qog‘ozli» lug‘atga mos keluvchi elektron axborot manbai. Kompyuter versiyada sо‘z yoki sо‘zlar guruhiga maxsus ajratilgan kо‘rsatma bilan istalgan dasturdan chaqarilishi mumkin. An’anaviy lug‘atlardan farqli ravishda elektron lug‘at matn va grafikaviy tasvirlar bilan bir qatorda video va animatsion lavhalar, tovush, musiqa va boshqalar bilan birga media-obyektlarning butun spektrlarini о‘z ichiga olishi mumkin. Elektron nazorat (testlashtirish) - elektron о‘quv adabiyotining komponenti bо‘lib, an’anaviy kompyutersiz testlashtirishning muqobilidir. Elektron testlashtirish holatida kompyuter test va uning natijalarini kо‘rsatib beradi, bu bilan bog‘liq bо‘lgan algoritmlarni joriy qiladi. (masalan, bajarilgan yoki о‘tkazib yuborilgan topshiriqlarga qaytish imkoniyatining borligi yoki yо‘qligi, bitta testga vaqtning chegaralanganligi va h.k.). Elektron testlar – saqlangan, ishlov berilgan va testlashtiruvchiga kompyuter yoki telekommunikatsion texnikasi yordamida taqdim etiladigan testlar. Testlashtiruvchi «qog‘oz» blankalarni tо‘ldirib, sо‘ngra unga kompyuterda ishlov bersa, bular kompyuterli test bо‘lib hisoblanmaydi. Elektron topshiriqlar - о‘qituvchiga ta’lim oluvchilarning individul imkoniyatlarini hisobga olgan xolda mustaqil va nazorat ishlari uchun tartibga keltiradigan topshiriqlar majmuini о‘zida aks ettiruvchi axborot manbasining muhim kо‘rinishidir. Yaratilgan topshiriqlar ta’lim oluvchilarga an’anaviy «qog‘oz» li va elektron variantlarida tavsiya etilishi mumkin. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling