Pedagogika kafedrasi maxsus fanlarini o’qitish metodikasi fanidan o`quv metodik majmua bilim sohasi
Download 0.54 Mb.
|
Pedagogika kafedrasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- PEDAGOGIKA KAFEDRASI MAXSUS FANLARNI O‘QITISH METODIKASI
- Kafedra mudiri: _______________ Bozorova M.Q.
- II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi Fanni o‘qitishdan maqsad
PEDAGOGIKA KAFEDRASI MAXSUS FANLARNI O‘QITISH METODIKASI FANidan ishchi o’quv DASTURI
Termiz – 2019 y Fanning ichi o’quv dasturi, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Fanning ishchi o’quv dasturi «Pedagogika» kafedrasining 2019 yil “___” ________ dagi “_____” – son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan. Kafedra mudiri: _______________ Bozorova M.Q. Fanning ishchi o’quv dasturi “Pedagogika” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019 yil “___” ________ dagi “_____” – sonli bayonnoma). Fakultet kengashi raisi: _______________ Mirzaev M.J. O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i: ____________ dots. U.Mustafoyev Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fanining ishchi dasturi magistrantlarni pedagogika fanining nazariy va amaliy asoslari, pedagogik bilimlar majmuasi bilan qurollantirishga xizmat qiladi. “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fanining dasturi yaxlit pedagogik jarayonni tashkil etishga, boshqarishga va ta’minlashga xizmat qiluvchi pedagogik fanlarni o‘qitish jarayoni, mazmuni, metod, shakl va vositalarini keng miqyosda yoritib beradi. “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani mutaxassislik fanlardan biri bo‘lib, pedagogik bilimlar va metodik usullarini yoritib beradi. Magistrlarning fanga oid muhim tushunchalarni o‘zlashtirishlari, ko‘nikma, malakalarni egallashlarini ta’minlaydi. II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi Fanni o‘qitishdan maqsad – magistrlarni maxsus fanlarni o‘qitish metodikasiga oid bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish. Fanning vazifasi – magistrantlarni maxsus fanlarni o‘qitish metodikasining nazariy asoslariga oid bilimlar bilan qurollantirish; metodik jihatdan pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur ko‘nikmalarni egallash; pedagogik fanlarning o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda zamonaviy texnologiyalarni keng doirada qo‘llay olishga yo‘naltirish; pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ijodiy va metodik savodxonlikka tayyorgarlikni shakllantirishdan iborat. “Maxsus fanlarini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: – maxsus fanlarni o‘qitish qonuniyatlari va tamoyillari; – maxsus fanlar ta’lim mazmunini tanlash mezonlari; – maxsus fanlarni o‘qitish metod va vositalari; – maxsus fanlarni o‘qitishning tashkiliy shakllari; – maxsus fanlarni o‘qitishning axborot texnologiyalari; – maxsus fanlarni o‘qitish texnologiyalari; – mutaxassislik fan o‘qituvchisining o‘quv me’yoriy hujjatlari va metodik ishlari, ularni rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlash metodikasi haqida bilimga ega bo‘lishi; –maxsus fanlarni o‘qitish jarayonining tuzilishi, qonuniyat va tamoyillari; maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida professor-o‘qituvchining vazifalari va talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish, talabalarning diqqatini jalb qilish va mashg‘ulot samaradorligini oshirish metodlari va vositalari, maxsus fanlarni o‘qitish shakllari (ma’ruza, seminar, amaliy, laboratoriya, mustaqil ta’lim, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari, o‘quv amaliyoti, malakaviy amaliyoti) ni tashkil etish va o‘tkazish metodikasini, maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish turlari, shakl va metodlarini, maxsus fanlarni o‘qitishning multimedia va interfaol ta’lim texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; – maxsus fanlarning didaktik ta’minotini ishlab chiqish, mashg‘ulot ishlanmalarini tayyorlash, maxsus fanlarning o‘quv-uslubiy majmualarini ishlab chiqish, maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida reyting tizimini qo‘llash, maxsus fanlarni o‘qitishda mashg‘ulotlarning rejasini tuzish va ma’ruza matnini tayyorlash; ochiq mashg‘ulotlarni o‘tkazish va hujjatlarini rasmiylashtirish, yil, semestr bo‘yicha o‘quv ishlarining tashkil etilishini rejalashtirish, auditoriyadan tashqari ish shakllariga rahbarlik qilish, o‘qitish jarayonida axborot texnologiyalari va interfaol texnologiyalarni qo‘llash malakalariga ega bo‘lishi kerak. III.Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling