«pedagogika» kafedrasi pedagogik mahorat fanidan 2-kurs talabalari uchun


-Mavzu: O‘QITUVCHINING TARBIYA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA FAOLIYAT OLIB BORISHI


Download 0.72 Mb.
bet48/129
Sana17.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1550541
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   129
Bog'liq
OMK UZB

11-Mavzu: O‘QITUVCHINING TARBIYA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA FAOLIYAT OLIB BORISHI




Reja:
1. Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash muammolari
2. Tarbiya texnologiyalarini modellashtirish
3. Tarbiyaviy jarayon va tarbiya mazmunini modellashtirish
4. Tarbiya qonuniyatlari va tarbiya mazmuni tamoyillarini modellashtirish
5. Tarbiya texnologiyalarini qo‘llashda pedagogic vositalardan foydalanish
6. Tarbiya ko‘rganlikni aniqlash (diagnostika)


Tayanch tushunchalar:
Tarbiyaviy texnologiya; komil inson tarbiyasi; barkamol avlod tarbiyasi; tarbiyaning yaxlitligi; tarbiyaning davriyligi; didaktika; umuminsoniylik me’yorlari; tarbiyaning texnologiyaviyligi; dolzarb rivojlanish hududi; modellashtirish; tarbiyaviy reja; biologik omillar; norasmiy yetakchi; tarbiyaviy jarayonni modellashtirish; tarbiya mazmuni; g‘oyaviy – siyosiy tarbiya; tarbiya qonuniyatlari; tarbiyaning uzluksizligi; tarbiyada to‘g‘ri va teskari aloqa; o‘z-o‘zini anglash; iroda erkinligi; pedagogik talab; o‘rgatish; tarbiyalanadigan holatlar.

11.1. Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash muammolari


Komil inson, o‘qituvchining mashaqqatli mehnati namunasidir. Sharq allomalari ilmiy meroslarida ham komil inson tarbiyasi doimo munozarali mavzu bo‘lib kelgan. Jumladan, Aziziddin Nasafiy o‘zining “Komil inson” nomli kitobida shunday yozadi: “Bilgilki, komil inson quyidagi to‘rt narsaga mukammal shaklda ega bo‘lgan insondir. Ularning birinchisi, yaxshi so‘z, ikkinchisi, ezgu faoliyat, uchinchisi, go‘zal axloq, to‘rtinchisi, ilm”. Ushbu mukammal shakllarga ega bo‘lgan inson buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asoslarini quradi. Komil insonni tarbiyalash va voyaga yetkazish jarayoni – pedagogik faoliyatning uzluksiz jarayoni bo‘lib, pedagogik texnologiyaning so‘nggi namunalari doirasida amalga oshiriladigan hamda tarbiyalanuvchilarning ijobiy fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadlariga qaratilgan tashkiliy faoliyatdan iborat. Bu faoliyatda o‘qituvchi tarbiyaviy jarayonning quyidagi asosiy xususiyatlarini bilishi kerak:

  • tarbiyaning yaxlitligi;

  • tarbiyaning tizimliligi;

  • tarbiyaning davriyligi;

  • tarbiyaning texnologiyaviyligi.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling