Pedagogika kafedrasi


Ta’limda qo‘llaniladigan texnologiyalar


Download 1.01 Mb.
bet106/142
Sana02.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#198121
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   142
Bog'liq
2 5469884917267564634

Ta’limda qo‘llaniladigan texnologiyalar: “Blits-so‘rov”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Tavsiyanoma” va “Test” texnologiyalari.

Adabiyotlar: A1; A3; A5; A6; A11; A12; Q4; Q8.
MAXSUS FANLARINI O‘QITISH METODIKASI KURSI BO'YICHA

MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI
Magistr mustaqil ishni tayyorlashda mazkur fanning muayyan o’ziga xosliklarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

1) darslik va o’quv qo’llanmalardan foydalanib, barcha mavzularni o’rganish;

2) tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruza qismlarini o’zlashtirish.

Magistrlarning mustaqil ishlari har bir ma’ruza mavzusi asosida tashkil etiladi. Fanni o’rganish jarayonida mustaqil ishlarning bir necha turlaridan foydalaniladi:



  1. adabiyotlar bilan ishlash;

  2. ijodiy ish.

Talaba mustaqil ishini nazorat qilish o’quv mashg’ulotlarini olib boradigan o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Talaba uchun fan bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari tegishli kafedra professori tomonidan o’quv mashg’ulotini bevosita olib boruvchi o’qituvchi bilan birgalikda tuziladi, hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va o’quv qo’llanmalar, metodik qo’llanma va ko’rsatmalar , ma‘lumotlar to’plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet tarmog’idagi tegishli ma‘lumotlar, berilgan mavzu bo’yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.

Mustaqil ta’lim mazmuni ma’ruza va seminar mashg’ulotlari mavzulari asosida shakllantiriladi. Biroq mustaqil ta’lim ko’proq ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida o’rganilmagan masalalarni o’z ichiga qamrab oladi. Mustaqil ta’lim asosida o’qib o’rganilgan masalalar fan bo’yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlari savollarida o’z aksini topadi.

Magistrantga mustaqil ta’limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo’yicha egallanishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko’rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko’riladi, test yoki savol-javob o’tlkaziladi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling