Pedagogika kafedrasi
-MAVZU: MAXSUS FANLARINI O’QITISHDA ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLIGIYALARDAN FOYDALANISH
Download 1.01 Mb.
|
2 5469884917267564634
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoli o‘qitish.
9-MAVZU: MAXSUS FANLARINI O’QITISHDA ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLIGIYALARDAN FOYDALANISH
Режа: Muammoli o‘qitish. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. Hamkorlik pedagogikasi. Modulli ta’lim. Tayanch so’zlar: texnologiya, muammoli ta’lim, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim, hamkorlik pedagogikasi, subyekt-subyekt munosabatlari, insonparvarlik, hamkorlik pedagogikasi, modulli ta’lim. Muammoli o‘qitish. Ma’lumki, ta’lim turlari jamiyat rivojlanishi bilan bog‘liqlikda rivojlanib borgan. O‘rta asrlardagi dogmatik va sxolastik ta’lim o‘rniga XVIII asrdan boshlab, og‘zaki-ko‘rsatmali ta’lim turi paydo bo‘ldi. Garchi dogmatik yodlash hali ham ancha saqlanib qolgan bo‘lsada, endi o‘qituvchining tushuntirishi va talabalar tomonidan bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish, bilimlarni amalda qo‘llanish asosiy o‘rin tutadi. Muammoli o‘qitish mutlaq yangi pedagogik hodisa emas. Muammoli o‘qitish unsurlarini Suqrotning evristik suhbatlarda, J.J.Russo Emill uchun ishlab chiqilgan darslarda ko‘rib chiqish mumkin. Ayniqsa, bu g‘oyaga K.D.Ushinskiy aniqlik kiritgan. Masalan, u shunday yozadi: “Mexanik kombinatsiyalarni aqliy harakatlarga o‘tkazishning barcha yosh davrlari, ayniqsa, bolalikda eng yaxshi usuli Suqrot nomi bilan qo‘llanadigan va uning nomi bilan ataluvchi Suqrot metodidir. Suqrot o‘zining fikrlarini tinglovchilarga majburan singdirmadi, biroq qanday fikrlar bir-biriga qarama-qarshi turishi, ularning miyada kam aks etadiganlarini bilar edi. Shuning uchun bu fikrlarni savollar yordamida hosil qilishga harakat qilar edi”. Pedagogik adabiyotlarda muammoli ta’limga bir qancha tavsiflar berilgan. Muammoli ta’lim deganda V.Okon «muammoli vaziyatlarni tashkil etish, muammoni shakllantirish, muammoni hal etishda talabalarga zarur yordam ko‘rsatish, mazkur echimlarni nazorat qilish va nihoyat, egallangan bilimlarni mustahkamlash va tizimlashtirishga rahbarlik qilish sifatidagi harakatlar yig‘indisi»ni tushunadi. D.V.Vilkeev muammoli ta’lim deganda, ta’lim oluvchiga ilmiy bilishning ba’zi jihatlarini bera oladigan ta’lim turini tushunadi. I.Ya.Lerner muammoli ta’limning mohiyatini “ta’lim muassasasi-ning maqsadi bilan bog‘liqlikda aniq tizimda o‘qituvchi ishtirokchilarni bilish va amaliy muammoni hal etishga chorlashi”da deb biladi. T.V. Kudryavsev va Yu.K. Babanskiyar muammoli ta’limning mohiyatini talabalarning oldida didaktik muammolarning qo‘yilishi, ularni echilishi hamda talabalarning muammoli vazifa tamoyillari va umumlashgan bilimlarni egallashlarida ko‘radi. Nazariy tadqiqotlar natijalarni tahlil etish va amaliy umumlashtirish asosida M.I.Maxmutov «muammoli ta’lim»ga quyidagicha ta’rif beradi: “Muammoli ta’lim – bu talabalarning o‘qituvchi muammoli vaziyat sharoitida tushuntirganlarini idrok etish yo‘li bilan bilim va faoliyat usullarini o‘zlashtirishga doir muammoli vaziyatlarni mustaqil (yoki o‘qituvchi yordamida) tahlil qilish, muammolarni ta’riflash va ularni takliflar, farazlar vositasida (mantiqiy va intuitiv) ravishda asoslash va isbotlash, shuningdek echimlarning to‘g‘riligini tekshirish yo‘li bilan hal qilishga oid o‘quv-bilish faoliyatidir”. N.N.Azizxo‘javaning fikricha, muammoli o‘qitishning mohiyatini o‘qituvchi tomonidan talabalarning o‘quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. N. F.Saxratov esa, muammoli ta’lim deganda, “muammoli vaziyatlarni yaratish va muammolarni hal etishni izlab topishni boshqarishni hisobga olish uchun real ijodiy jarayonni modellashtirish asosi sifatida yuzaga chiqadigan ta’lim metod va vositalari tizimi” ni tushunadi. Muammoli ta’limning bosh maqsadi:
Talabalarning ijodiy ko‘nikmalari va fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. Faol izlanish va muammoni mustaqil hal etish davomida talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini egallashi. Natijada bu bilim, ko‘nikmalar an’anaviy ta’limga qaraganda, mustahkam. Standart bo‘lmagan muammolarni ko‘rish, qo‘ya olish va hal etishga qodir faol ijodkor shaxsni tarbiyalash. Yuqori darajadagi muammoli fikrlashni shakllantirish. Muammoli ta’limning asosiy tushunchalari: - muammo; - faraz; - muammoli vaziyat; - muammoli savol; - muammoli vazifa; - mustaqil ish. Muammo – (yunonchadan - vazifa) hal etishni talab etadigan vazifa, murakkab savol; o‘rganish, hal qilish talab etiladi-gan murakkab nazariy va amaliy savol. Muammo javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va echish usuli no’malum bo‘lgan masala. Shuning uchun ham muammoni quyish va hal qilish maajud bilimlar doirasidan chetga chiqishni, yangicha echish usuli, metod-larini qidirishni talab etadi. Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma’lum (berilgan vazifa asosida), nomalum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). O‘quv muammosining muhim belgilari quyidagilar: • yangi bilimlarni shakllanpshrishga olib keladigan noma’lumning bo‘lishi;
Faraz – (yun. hupothesis – asos)- o‘rganlayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin tarzidagi bilim shakli. Qoidaga ko‘ra faraz murakkab qo‘shma gap ko‘rinishida shart mayli bilan shakllantiriladi: “Agar ….., -sa…..”, “bo‘lishi mumkin”, “o‘ylaymiz”, “mumkin, agarda…..”. Masalan, o‘ylaymizki, agar aql sohasi (noosfera) faqat ijobiy ishlarga sarf etilganda, atrof-muhit shunchalik xavf-xatarga qol-magan bo‘larmidi? Faraz bilan ishlash qoidasi: - farazning qo‘yilishi; - uni nazariy asoslash; - farazni tajribada sinab ko‘rish. Mummoli vaziyat – bu insonning yuz bergan hodisani, faktni, voqelik jarayonini qanday tushuntirishini bilmaydigan, unga ma’lum bo‘lgan hara-kat usullari bilan maqsadga erisha olmaydigan paytda vujudga keladigan intellektual qiynalishidir. Bu insonni yangi tushuntirish yo‘llari yoki harakat usullarini bilishga undaydi. Mummoli vaziyat ijodiy bilish faoliyatining qonuniyatidir. U fikrlashning boshlanishini shart qilib qo‘yadi, faol fikrlash muammolarni qo‘yish va hal qilish jarayonida namoyon bo‘ladi. Muammoli savol. Talabalarda intellektual qiyinchiliklar tug‘diradigan savollargina muammoli sanaladi., chunki ularning javobi talaba-larning ilgarigi bilimlarida ham, o‘qituvchi tomonidan berilgan axborotlarda ham bo‘lmaydi. SHunday xususiyatlarga ega bo‘lgan savollarni pedagoglar ilgari ham uchratganlar va ularni “mushkul savollar” deb ataganlar. Savol quyidagi holatda muammoli bo‘ladi: u ilgari o‘zlashtirilgan tushuncha va tasavvurlar bilan, ma’lum o‘kuv vaziyatida o‘zlashtirish zarur bo‘lgan tushuncha va tasavvurlar bilan mantiqiy bog‘langan bo‘lishi; o‘zida bilish qiyinchiligi hamda ma’lum va noma’lumning aniq chegarasi mavjud bo‘lishi; yangini ilgari ma’lum bo‘lgan bilimlar bilan taqqoslaganda mavjud zahira bilimga, ko‘nikma va malakaga qanoatlanmaslik hissini uyg‘otish. Ijodiy vazifa – bu muammoni hal etishning yangi qoidasini topishni shart qilib qo‘yadigan vazifa. Ijodiy vazifa: - o‘quv materialini egallash, umumlashtirish va takrorlash; - talabalarning ijodiy qobiliyat, bilishga qiziqish, mavhum va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirish; - mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish; - fanlararo aloqadorlikni hosil qilish.
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling