Pedagogika kafedrasi


Egiluvchanlikni tarbiyalash


Download 1.16 Mb.
bet18/31
Sana28.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1070218
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
5.Egiluvchanlikni tarbiyalash. 7-8 yoshli bolalarda egiluvchanlikni tarbiyalash maqsadida ayrim mushak guruhlari va boʻgʻinlariga ta’sir koʻrsatuvchi oʻyinlar tanlab olinadi. Bu oʻyinlar asosan maxsus sport jihozlari yordamida oʻtkaziladi. Ogʻirliklar oʻrnida shugʻullanuvchilarning oʻzlari ham qatnashishlari mumkin. Faol egiluchvchanlik mushaklarning kuchiga bogʻliq. Mushaklarning choʻziluvchanlik xususiyatlari esa markaziy nerv tizimining ta’sirida oʻzgaradi. Shuning uchun bu oʻyinlarga oʻquvchilar zavq-shavq bilan qatnashganda egiluvchanlik yuqori boʻladi. Egiluvchanlikni talab qiladiagn oʻyinlardan oldin tegishli mashqlar bajarilishi lozim.
Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun “tizza ostida roʻmolcha”, “tayoqni davraga irgʻitish”, “toʻsiqdan sakrab oʻtish”, “tosh oʻyin” kabi oʻyinlar tavsiya etiladi. Masalan, biz 7-8 yoshli oʻquvchilar uchun qiziqarli va egiluvchanlik sifatini samarali ravishda oshiradigan “toshoʻyin” ni oʻqituvchilarga tavsiya etamiz. Oʻyinda ishtirok etuvchilar doira boʻylab turadilar. Ularning har biri, bir oʻyinchidan tashqari, qoʻllariga beshtadan toshcha ushlab oladi.
Oʻyinning qoidasi: oʻqituvchining birinchi signaliga binoan oʻynovchilar oʻz toshlarini oldilariga tashlaydilar va doira markaziga orqa oʻgirib oʻtiradilar. Ikkinchi signalga muvofiq keskin ravishda dastlabki holatga buriladilar va har bir oʻyinchi oʻz toshini olishga harakat qiladi. Toshni olib ulgurmagan oʻyinchi yutqazgan hisoblanadi va oʻyin boshqatdan boshlanadi. Eng epchil, chaqqon va tez harakat qiladigan, oʻz toshini vaqtida oladigan oʻyinchi gʻolib sanaladi.
Oʻyinchilarning toshini bekitishga yoki ularni bosib olishlariga ruxsat etilmaydi. Oʻyinning boshlanishida sanash yoʻli bilan tosh berilmaydigan oʻquvchi aniqlanadi. Oʻyin boshlangandan keyin toshni olishga ulgurmaydigan va toshsiz qoladigan oʻyinchi paydo boʻladi. Oʻyin bolalarda egiluvchanlik sifatini rivojlantiribgina qolmay, ularni uyushib harakat qilishga da’vat etadi, demakki, uyushqoqlik, bahamjixatlik ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi.
Chirkash” oʻyini
Bu oʻyin yoshlarni epchil, chaqqon boʻlishida muhim ahamiyatga ega. Uni oʻynash uchun bolalar olti-sakkiztadan ikki guruhga boʻlinadi. Kelishilgan holda bir guruh qochadi, ikkinchisi esa ularning ortidan quvlaydi. Bunda har bir bola bittadan raqib guruhdagi bolani quvib yetishi, biror joyiga oyoq tekkizishi kerak. Kamida besh-oltita bolaga yetib oyogʻini tekkizgandagina quvlayotgan guruh raqib guruh ustidan gʻalaba qozongan hisoblanadi. Agar qochayotgan bolalardan biri chaqqonlik qilib quvlab kelayotgan bolalar oʻrtasidan kesib oʻtsa, orqa tomondan kelayotgan bolalar asir tushgan sanalib, oʻyindan chiqadi. Oʻyin shu tartibda boshqa ishtirokchilar bilan davom etaveradi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling