Pedagogika kafedrasi
III BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINI TASHKIL ETISH VA OʻTKAZISH
Download 1.16 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asoslovchi tajriba bosqichi
III BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINI TASHKIL ETISH VA OʻTKAZISH
3.1. Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishiga doir tajriba-sinov ishlari Tajriba-sinov ishlarini tashkil etilishida Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishining etnopedagogik asoslariga alohida e’tibor qaratildi. Eksperiment empirik metod sifatida pedagogika va psixologiya fanlarida keng qoʻllaniladi. Pedagogikaga doir koʻplab tadqiqotlarda ilmiy tadqiqotning asosiy metodi sifatida xizmat qiladi. Ayniqsa, pedagogik tadqiqotlarning shakllantiruvchi – muammoni hal etishning yangi, samarali usullarini sinovdan oʻtkazish bosqichida keng qoʻllaniladi. Bizning tadqiqotimizda tabiiy shakllantiruvchi eksperimentdan foydalanildi. Tajriba-sinov ishlarini oʻtkazish uchun dastlab aniqlangan pedagogik shart-sharoitlar asosida jarayonni tashkil etishning zaruriy vositalari belgilab olindi. Amaliy tajriba ishlarining ma’lum maqsad va unga muvofiq belgilangan vazifalar asosida tashkil etilishi quyidagi holatlarni yuzaga keltirdi: tajriba-sinov ishlarining aniq yoʻnalishga ega boʻlishi; talabalarning komil inson boʻlib shakllanishi va rivojlanishiga doir metodik ishlanmalardan samarali foydalanish; tajriba-sinov ishlarini olib borishga sarflanayotgan vaqtdan unumli foydalanish; kutilayotgan natijani oldindan bashorat qilish; aniq natijani qoʻlga kiritish; tajriba-sinov ishlarining yuqori darajadagi samaradorligining ta’minlanishi. Tajriba-sinov ishlari quyidagi uch bosqichda amalga oshirildi: Asoslovchi tajriba bosqichida talabalarning komil inson boʻlib shakllanishida xalq oʻyinlaridan didaktika sifatida foydalanishning mavjud holatini aniqlashga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyat tashkil etildi. Koʻzda tutilgan maqsadga erishishda Fargʻona davlat universiteti boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi III-IX bosqich talabalari bilan ishlash jarayonini kuzatish, suhbat, anketa soʻrovlari kabi metodlardan foydalanildi. Bularning barchasi tadqiqotning asosiy yoʻnalishi va dasturini muayyan darajada aniqlash imkonini berdi. Tadqiqot mavzusiga oid yetakchi olimlar, pedagoglarning ilmiy ishlari tahlil qilindi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling