Pedagogika kollejida ta’lim berishning mazmuni


Download 90 Kb.
bet1/5
Sana08.09.2023
Hajmi90 Kb.
#1674363
  1   2   3   4   5
Bog'liq
PEDAGOGIKA KOLLEJIDA TA’LIM BERISHNING MAZMUNI


PEDAGOGIKA KOLLEJIDA TA’LIM BERISHNING MAZMUNI

REJA:


1.Umumiy o‘rta ta'lim kollejlarining ijtimoiy funksiyalari.
2.Kollejdan tashqari vaqtni to‘g‘ri tashkil etishda ijtimoiy pedagogning o‘mi.
3. Tengqurlar jamoasi va bolalar submadaniyati.
4.Kollejda pedagogik jihatdan me'yordan og‘ishganlar bilan ijtimoiy pedagogning olib boradigan ishlari shakl, metod va vositalari.
5.Ijtimoiy pedagogning o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishga oid vazifalari.

Kollej yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish kollejgacha tarbiya muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Bu faoliyat o’quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlariga bog’liq kollejdagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning barcha jihatlarini bir bobda ochib berishning iloji yo’q shuning uchun biz eng muhim vaziyatlarini ochib berishga harakat qilamiz. respublikamizda kollej o’quvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish rivojlanmoqda. u qisman moziy tajribasi, qisman zamonaviy pedagogik tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib bormoqda. So’nggi yillarda pedagogik jamoalar ham paydo bo’lib, ularda kollej nafat ta’lim-tarbiya masalalarini balki o’quvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolarini ham yechmoqda.


Davlatimizdagi o’zgarishlar mavjud ta’lim tizimiga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. CHunki unda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozi aks etmasligi mumkin emas. Umumta’lim kolleji o’zining o’quv, tarbiya va ijtimoiy funksiyalarini ko’rib chiqib birinchi o’ringa quyidagi ijtimoiy funksiyalarni qo’yishi kerak edi:

    1. Ta’lim to’g’risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bajarish lozim edi., biroq ta’lim bolalar va o’smirlar manfaati asosida tashkil qilinmoqda.

    2. Kollejda tarbiya ishini ta’lim bilan teng yuritish.

    3. Kollej faoliyatini qayta yo’naltirish.

    4. Kollej ishini, bolalar faolligini oshirish, turli bolalar klublari tuzishga asoslash.

Kollejning asosiy ijtimoiy vazifasi bolaning ta’lim-tarbiya olishga bo’lgan huquqini amalga oshirish hisoblanadi. Zamonaviy kollej sharoitlarida bolalarning ijtimoiy pedagogik himoyasi quyidagicha amalga oshmoqda:

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling