Pedagogika kollejlari pedagoglari uchun
Maktabgacha ta’limda baholashning ikki turi bor – formativ (joriy) va summativ (yakuniy)
Download 14.22 Kb.
|
Bolalarni individual rivojlanishini hujjatlashtirish va kuzatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlanish jarayoni
- ● uchinchidan, jismoniy va psixomotor
Maktabgacha ta’limda baholashning ikki turi bor – formativ (joriy) va summativ (yakuniy).Formativ baholash keyinchalik ta’lim yondashuvlari va usullarini bolaning ehtiyojlariga moslashtirish uchun ishlatiladigan ma’lumotlarni to‘plashga qaratilgan. Shuning uchun shakllantiruvchi baholash ko‘pincha ta’lim uchun baholash deb yuritiladi. Shakllantiruvchi baholash davom etayotgan, uzluksiz jarayon. Buning uchun pedagog bolani muntazam kuzatib boradi (masalan, hafta davomida qanday o‘ynashini). Summativ baholash bolaning rivojlanishi va ta’limini o‘z vaqtida ma’lum bir nuqtada jamlashga/umumlashtirishga qaratilgan. Shu sababli bu baho ko‘pincha ta’limni baholash deb yuritiladi.Summativ baholash muayyan vaqt mobaynida shakliy baholash orqali to‘plangan faktlar, dalillardir. Ushbu baholash bolaning rivojlanishini davlat talablari kabi muayyan kutilgan natijalarga nisbatan baholash uchun mo‘ljallangan. Misol uchun, agar pedagog “Qurilish, konstruksiya qilish, matematika” markazida qurilish o‘yinini shakllantiruvchi baholashni amalga oshirsa, unda summativ baho quyidagicha bo‘ladi: bolaning rivojlanishida o‘sish bor; agar kuzatuv davri boshida bola faqat qurilish bloklarini hech qanday tizimsiz bog‘lay olgan bo‘lsa, kuzatuv davri oxirida u ularni aniq maqsadda birlashtiradi va devorni yoki hatto binoni yasay oladi. Ta’riflanganlar bolaning rivojlanishidan dalolat beradi.Rivojlanish jarayoniRivojlanish ikki jarayondan iborat: ta’lim olish va ulg‘ayish. Rivojlanishda uchta (ayrim mualliflar ko‘proq deb hisoblaydi) tarkibiy qism mavjud:● birinchidan, aqliy, ma’naviy, kognitiv rivojlanish,● ikkinchidan, ijtimoiy va hissiy rivojlanish,● uchinchidan, jismoniy va psixomotor rivojlanishKuzatuv zarurligiga olib keladigan sabablar
Download 14.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling