“Pedagogik kuzatishni to‘g‘ri olib borish uchun quyidagi tamoyillardan foydalanish lozim:
● kuzatuv bola uchun tanish holatda o‘tkaziladi va bolaga yordam berishga qaratilgan bo‘ladi;
● kuzatuv 2 hafta (yoki bir oy) davomida o‘tkazilishi kerak, chunki bu bola rivojlanishi haqida xolisona tasavvur hosil qilishga olib keladi;
● bola haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni ota-onalar va maktabgacha ta’lim tashkilotining boshqa xodimlari bilan bo‘lgan suhbatlardan olish mumkin;
● bolaning moyilligi, qiziqishlari, muloqot qilish va bilim olish xususiyatlariga e’tibor qaratish lozim.
| Maktabgacha ta’lim tashkilotidan chiqishda 6-7 yoshli bolaning maktabga tayyorgarligi xaritasi to‘ldiriladi6 (faqat maktabgacha ta’lim tashkiloti bitiruvchilari uchun). Maktabga tayyorlik bolaning umumiy va rivojlantiruvchi kompetensiyalarini shakllantirishni anglatadi. Ushbu xarita maktabgacha tashkilotning har bir bitiruvchisi uchun to‘ldiriladi. Unda “Ilk qadam” dasturi va davlat talablariga muvofiq rivojlanishning beshta yo‘nalishi (bola kompetensiyalari) bo‘yicha kutilayotgan natijalar taqdim etiladi. Pedagog muayyan natijaning qay darajada aks etganligini qayd etish taklif etiladi. Rivojlanishning beshta yo‘nalishi bo‘yicha natijalar (bola kompetensiyalari) umumlashtirilib, tavsiya va takliflar shaklida ota-onalar e’tiboriga havola etiladi. O‘quv yili oxirida tarbiyachi tomonidan hisobot tayyorlash va uni pedagogik kengashga taqdim etish. Har bir guruh tarbiyachisi o‘quv yili yakunida dastur asosida bolalar o‘zlashtirishi bo‘yicha hisobot tayyorlaydilar. Ushbu hisobot yakuniy pedagogik kengashda tinglanadi va muhokama etiladi. Hisobotda bolalar tomonidan o‘quv dasturi o‘zlashtirilishining sifat darajasi to‘g‘risida ma’lumot beriladi va unda har bir bolalar tomonidan tegishli natijalarga erishilmagan bandlar hamda ular nega bajarilmaganligi sabablariga to‘xtalib o‘tadi (ba’zi metodikalar o‘zlashtirilmagani, tarqatma materiallar, adabiyotlarning yetarli bo‘lmagani, guruh texnika vositalari bilan yetarli darajada ta’minlanmagani, bolaning betob bo‘lgani va ta’limiy faoliyatlarni o‘tkazib yuborgani, ota-onalarning faol bo‘magani va h.k.). Kengash a’zolari olib borilgan ish natijalariga baho beriladi. Mutaxassislarning bola rivojlanishidagi pedagogik yordamining natijaviyligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |