Portfolio – qabul qilingan paytdan boshlab guruhda o‘qishni tugatguniga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan bolaning yutuqlari va ishlarining individual to‘plami Tarbiyalanuvchi portfoliosining asosiy vazifalari: ● diagnostik – ma’lum vaqt davomida bola rivojlanishida kuzatilgan o‘zgarishlarni qayd etib boradi; ● maqsadga yo‘nalganlik – o‘quv maqsadlarni qo‘llab-quvvatlaydi (bolani nimaga va nima uchun o‘rgatyapmiz); ● motivatsion – bola erishgan natijalarni rag‘batlantiradi; ● mazmuniy – barcha bajariladigan ishlar ko‘lamini ochib beradi; ● rivojlantiruvchi – bolaning MTTga qabul qilingan kunidan to maktabga chiqqunigacha ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi MTTda portfolio MTTda portfolio pedagogning ijodiyoti, MTTda mavjud imkoniyatlar va ota-onalar ishtirokiga qarab shakllanadi. Portfolioda bola haqida umumiy ma’lumot ham bo‘lishi mumkin, masalan: • shaxsiy ma’lumotlar; • jismoniy parametrlar; • ko‘nikmalar; . Tarbiyalanuvchi portfoliosining tuzilmasi Bola ism va familiyasi ko‘rsatilgan titul varaq -Tarjimai holda bola necha yoshda yura boshlagani, uning birinchi aytgan so‘zi nima bo‘lgani, aka-uka yoki opa-singillari borligi, qaysi MTTga borganini ko‘rsatsa bo‘ladi. Oxirida bolaning yaxshi ko‘rgan mashg‘ulotlari (MTTdagi o‘yinlar ham) qisqacha sanab o‘tiladi. “Mening oilam va bizning bayramlarimiz -Ota-onalar va boshqa oila a’zolarning ismlari, ularning tug‘ilgan kunlari va boshqa oilaviy bayramlar yoziladi. Ota-onalarning to‘y kuni sanasi, oila a’zolarining qiziqishlarini yozish, shajara daraxtini chizish ham maqsadga muvofiq “Mening yutuqlarim” -Pedagoglar alohida sahifada bola erishgan natijalarga olib kelgan rivojlanish jarayonini tasvirlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |