Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


XVII-BOB. TA’LIM MUASSASASI MENEJMENTI


Download 1.06 Mb.
bet107/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

XVII-BOB. TA’LIM MUASSASASI MENEJMENTI

17.1. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida tushuncha
Jamiyatimizning muvaffaqiyat bilan rivojlanishi uchun u yuksak salohiyatga ega bo‘lishi kerak. Shu sababli jamiyatimiz a’zolarining ongi, ma’naviy madaniyati, qanchalik yuqori bo‘lsa, Respublikamizda qayta qurish ishlari shunchalik muvaffaqiyat bilan amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarbiyani, ilm va ma’rifat berishni, aholiga madaniy, maishiy xizmat ko‘rsatishni ilmiy asosda boshqarish zarurati ana shundan kelib chikadi.

Ta’lim muassasasi menejmenti ta’lim muassasasida boshqaruv tizimini, boshqaruv omillari (maktab faoliyatida ishni rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish), qoidalari, prinsiplari hamda ta’lim tizimi sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan izchillikda olib boriladigan murakkab jarayon.


Jamiyatning ma’naviy hayotini boshqarish oldiga qo‘yilgan maqsad esa ilm-ma’rifatni, madaniyatni, har tomonlama kamol topgan yuksak intellektual, yuksak darajadagi pok va axloqli kishini tarbiyalab etishtirishdan iboratdir.
Har qanday miqiyosidagi bevosita ijtimoiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat-idora qiluvchiga ma’lum darajada muxtojdir. Bu ibora qiluvchi indivudual ishlarni bir-biriga muvofiqlashtiradi va ishlab chiqarish organizmining mustaqil organlari harakatidan farq qilib, butun organizm harakatidan kelib chikadigan umumiy vazifalarni bajaradi. Yakka skripkachi o‘zini-o‘zi idora qiladi. Lekin, orkestr esa - dirijyorga muxtojdir. Demak, to‘g‘ri boshqaruvning muhim sharti - boshqaruvchi - rahbarning bo‘lishidir.
Ijtimoiy-siyosiy hayotni boshqarish oldiga qo‘yilgan maqsad ijtimoiy tafovutlarni bartaraf etish, jamiyatning ijtimoiy o‘z-o‘zini idora qilishga aylantirishdir.
Ijtimoiy tarbiyani, ilm va ma’rifat berishni, aholida maishiy-madaniy xizmat ko‘rsatishni ilmiy asosda boshqarish zarurati ana shundan kelib chiqadi. Eng yangi ilmiy texnika inkilobi asarida ma’naviy ishlab chiqarishning fan kabi sohasini boshqarish g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatning va uning har bir ayrim a’zosining ma’naviy rivojlanishini boshqarish - umumiy ta’lim maktablari, maktabgacha, maktabdan tashqari bolalar muassasalari, xalq ta’limi organlari, hunar-texnika bilim yurtlari, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari, pedagogik qadrlar malakasini oshirish institutlarini boshqarishni, fan adabiyot, san’at, madaniyat, sog‘likni saqlash kabi sohalarni boshqarishni o‘z ichiga oladi. Shunga ko‘ra xalq ta’limi tizimini boshqarish, jumladan, umumiy ta’lim maktabini boshqarish ijtimoiy boshqaruvning ajralmas qismidir.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling