Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Estitek tarbiyaning maqsad va vazifalari


Download 1.06 Mb.
bet105/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

16.5. Estitek tarbiyaning maqsad va vazifalari

Estetik tarbiya - o‘quvchilarni voqelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go‘zallikni idrok qilish hamda to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va xayotiga go‘zallikni olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Taprbiya nazariyasida ikki xil tushuncha mavjud: estetika va badiiy tarbiya tushunchalari.

Estetik tarbiya ancha keng ma’noga ega bo‘lib, tabiat va jamiyat, mehnatdagi go‘zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga, Shuningdek estetik faoliyatga, voqelikni go‘zallik qonun-qoidalari asosida o‘zgartirishga qodir Shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir.
Estetik tarbiya o’quvchilarda estitek bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishni hamda, estetik xis tuyg’u, qiziqish, baho berish kabi xislatlarni tarbiyalash masalasini o’z ichiga oladi, estetik tarbiyaning moxiyati asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi.

  • Voqiylikdagi go’zalliklarni idrok etish va zavqlanish;


  • Asarlarni to’g’ri tushina bilish va baholash;


  • Qobiliyat va istidodlarni namoyon etishga intilish;


  • Tabiatda, insoniy munosabatlarda, turmushda go’zallik uchun mustaqil kurashish;


  • Tatibsizlikka murosasiz bo’lish.


Go’zallik xaqidagi bilimlar hayot voqiyligi, rang-barangligi, turlarini hamda san’at o’zlashtirish jarayonida tarkib topadi. O’quvchilar hayot, tabiat manzalari va xil janrdagi san’at rang, tasvir, haykaltaroshlik, amaliy san’at, asarlari bilantanishib boradilar va Shu barobarinda bilim oladilar.


Asosiy estetik kategoriya – go’zallik to’g’risidagi o’rab turgan tevarak atrofdagi turmush chechak, o’yinchoqlar, oila a’zolarining o’zaro munosabatlari, saranjom xovli, san’at, ashula, chiroyli sur’at vositasida egallaydilar. Bilim va tushunchalardan o’quvchilar o’z ishlar faoliyatini va tabiat xodisalarini kuzatadilar.

Pedagogikada estetik tarbiya vazifalarini belgilashda umumiy tarbiya maqsadlari va o‘quvchilarning yosh hususiyatlari alohida hisobga olinadi. Estetik tarbiya vazifalarini yo‘nalishiga ko‘ra shartli ravishda to‘rt guruhga birlashtiriladi:

1 .O‘quvchilarda estetik moyillik: estetik hayajon, estetik munosabat va qiziqishni tarkib toptirish, ularda estetik moyillik atrof-voqelik va san’at asarlarining estetik obrazlari yig‘indisining to‘plashni, ularga xissiy hozirjavob bo‘lishni rivojlantirish; estetik xis-tuyg‘ular, ehtiyoj, did va munosabatlarni rivojlantirish kiradi.

2. Estetik ongni shakllantirish esa estetik ong qirralari(tasavvur va bilimlar hajmi, estetik mulohaza va baholash)ni tarkib toptirishdan iboratdir.

Estetik ong tarkib topishi orqali o‘quvchilar voqelik va san’atdagi go‘zallik yoki xunuklik, kulguli yoki fojialilikni to‘g‘ri aniqlashning xilma-xil mezonlarini aniqlash, ya’ni buyumlarning hususiyati va sifatlarini: shakli, rangi, tovushlari; hissiy aniqlash: shodlik, qayg‘u, xafalik, ajablanish, alam; san’atshunoslik mezoni ya’ni ayrim musavvir, bastakorlarning ismlari va hayoti, faoliyatini bilish; estetik mezon-chiroyli, xunuk, kulguli, qahramonlik kabilarni ajrata bilishni o‘rganadilar. Ularda tevarak-atrofga nisbatan to‘g‘ri munosabat va go‘zallikni tushunish shakllanadi.

3.Estetik faoliyatga o‘rgatish bu guruh vazifalarini amalga oshirilishi jarayonida pedagog o‘quvchilarni faol estetik va badiiy faoliyatga jalb qiladi, ularda estetik va badiiy idrokni rivojlantiradi, badiiy ijrochilik faoliyatining ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi, go‘zallikni turmushga, tabiatga, o‘z qiyofasiga kiritish ko‘nikma va malakalarini tarbiyalaydi.

4.Estetik va badiiy- ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish vazifasini bajarish natijasida o‘qituvchi har bir bolada umumiy va maxsus badiiy- ijodiy qobiliyatlarining rivojlanishini, hissiy hozirjavoblik qobiliyatini hamda ijodiy hayolni rivojlantiradi.

Estetik tarbiya vazifalarini to‘la-to‘kis bajarilishi o‘quvchilarda qator ijobiy sifatlarni: tashabbuskorlik, ijodkorlik, oldindan ko‘ra bilish, intiluvchanlik, orzu qila bilishlik kabilarni shakllantiradi.

O‘quvchilarda estetik tarbiyaning mazmuni, ularda estetik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni hamda, estetik his-tuyg‘u, qiziqish, ehtiyoj, baho berish va didlarini tarbiyalashni o‘z ichiga oladi.

O‘quvchilarda go‘zallik haqidagi bilimlar atrof hayot voqeligi, buyumlar, ularning rang-barangligi, turlarini, hamda san’at asarlarini estetik o‘zlashtirishi jarayonida tarkib topadi. O‘quvchilar tevarak-atrof, hayot, tabiat va har xil janrdagi san’at asarlari: grafika, rang-tasvir haykaltaroshlik, amaliy san’at, musiqa bilan tanishib boradilar va ular haqidagi bilimlarni o‘zlashtirib oladilar.

O‘quvchilar asosiy estetik tushuncha go‘zallik to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zlarining o‘rab turgan tevarak-atrofdagi turmush ashyolari: kiyim-kechak, o‘yinchoqlar, oila a’zolarining o‘zaro madaniy samimiy munosabatlari, saranjom hovli, chiroyli gulzor, san’at asarlari; musiqa, ashula, chiroyli surat orqali egallaydilar. Go‘zallik to‘g‘risidagi bilim va tushunchalaridan o‘quvchilar xatti-harakatlarini, kishilar faoliyatini va tabiat hodisalarini baholashda foydalanadilar.

O‘quvchilar ijodiy mehnatning turlariga ko‘ra go‘zalligini, mehnat Sharoiti, mehnat maxsulini go‘zalligini, mehnatdagi jasorat romantikasi orqali ko‘tarinkilik kabi murakkab estetik san’at asarlari: she’r, ashula, musiqa asarlarining go‘zalligini bilib oladilar. Pedagog o‘quvchilarga san’at turlari haqidagi bilimlarni berish bilan birga ularning estetik hissiyotini bir joyga to‘playdi, hamda mazmunli estetik mulohaza yuritishga o‘rgatadi. O‘quvchilar estetik tarbiya jarayonida estetik malaka va ko‘nikmalar ham egallashlari lozim. Musiqa faoliyatiga doir ijrochilik, qo‘Shiq, musiqaviy harakat qilish, musiqa asboblarini chalish kabilarni egallab olishlari ko‘zda tutiladi. Tasviriy san’at asarlarini diqqat bilan kuzata bilish, ularning mazmuni va ifoda vositalarini, tahlil qilish janrlarni bir- biridan farqlash malakalarini egallaydilar. Musiqa va rasm darslarida pedagog o‘qituvchilarda mustaqil izlanish, ijod qilishga doir ko‘nikmalarni rivojlantiradi.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling