Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Alisher Navoiyning maktab va madrasalarni rivojiga qo‘shgan hissasi


Download 1.06 Mb.
bet145/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

24.2. Alisher Navoiyning maktab va madrasalarni rivojiga qo‘shgan hissasi
Alisher Navoiy bilim olishda barcha fanlarni o‘rganishni targ‘ib etadi. Bunda u olimu fozillarni yig‘ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi. Masalan, Navoiy o‘zining «Ixlosiya» madrasasi yonida maktab oib, o‘z vaqfidan mablag‘ ajratgan. Madrasada ta’lim olayotgan har bir talabadan ilmda qattiq intizomga rioya qilish talab etilgan. Shuningdek, u ilm-fanni mustaqil holda o‘rganish, etuk ilm sohiblaridan dars olishga ham undaydi. U bilimlarni tinmay uzluksiz o‘rganish zarur, deydi. Bunda har qanday qiinchilikni engib o‘tish muhimligi, qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish, izchillik bilan ish ko‘rish, uni oxrigacha etkazish, chidam va sabot bilan o‘rganishni ta’kidlaydi. Demak, buyuk alloma ilm olish tamoyillarini o‘z davrida to‘g‘ri ifodalab, hattoki ta’lim tizimini ham belgilab beradi, ya’ni alisher Navoiy ta’lim tizimini o‘z davrida maktab, madrasalarda o‘qish, olim, hunarmand, san’atkorlarga shogird tushi byoki mustaqil holda ilm olish imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etadi.

24.3. Navoiyning o‘qituvchi (mudarris) to‘g‘risidagi fikrlari
Alisher Navoiy yoshlarga chuqur bilim berishda muallimlar, mudarrislar hamda ustoz-murabbiylarning o‘zlari ham bilimli va tarbiyali bo‘lishi zarurligini uqtiradi. U nodon, mutaassib, johil domlalarni tanqid etadi va o‘qituvchi ma’lumotli, o‘qitish yo‘llarini biladigan muallim bo‘lishi zarur, deydi. Masalan, u «Mahbub ul qulub» asarida shunday fikr bildiradi: «Uning ishi odam qo‘lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to‘da bolaga ilm va adab o‘rgatadi, ko‘rkim bunga nima etsin. Shunisi ham borki, u to‘dada fahm-farosati ozlar bo‘ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo‘ladi. Har qanday bo‘lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko‘pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi.
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila»1
Alisher Navoiy o‘qituvchining hurmatini qanchalik joyiga qo‘ysa, unga bo‘lgan talabni ham shunchalik oshiradi. Ayniqsa, madrasa mudarrislarining bilimli, fozil va dono, kamtar, ma’naviy pok bo‘lishlarini talab etadi: «mudarris kerakki, g‘arazi mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchung dars berishga havas krgazmasa va olg‘irlik uchun gap-so‘z va g‘avg‘o yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo‘lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o‘rin bo‘lmasa… Yaramasliklardan qo‘rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o‘zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa; qilmas ishlarni qilmoq undan sodir bo‘lsa va qilar ishlarni qilmaslikunga qoida va odat bo‘lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir»2
Navoiy o‘zi barpo etgan «Ixlosiya» madrasasida o‘z zamonasining etuk mudarrislarini yig‘di va ilm izlagan talabalar ana Shu madrasalarda ilm peshvolaridan tahsil oldilar.
Demak, Navoiy har bir yoshning aqliy kamolotga etishida ilmu fanning hamiyatini ko‘rsatib o‘tish bilan birga jamiyat taraqqiyotining asosi sanalgan ilm ahli, ilmni tarqatuvchi olimu fozillarni hurmat qilishga va ularning turmush darajasini yaxshilash masalalarig ham e’tiborni qartdi. Xulosa qilib aytganda, alisher Navoiyning komil insonni shakllantirishga oid fikrlari, uning ta’limiy-axloqiy qarashlari pedagogik fikr taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Allomaning qarashlari o‘zidan oldin o‘tgan salaflarining bu boradagi ilg‘or ta’limotiga, shuningdek, komil insonni tarbiyalashga oid an’anaviy sharq xalqlari ta’lim-tarbiya yo‘riqlariga asoslanadi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling