Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet142/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Xo‘ja Ahmad yassaviy hayoti, vafot etgan yillari haqida turlicha ma’lumotlar mavjud. Jumladan, mavlono Xusomidin Sig‘noqiy «Xo‘ja Ahmad yassaviy 130 yil umr ko‘rgan», deb yozadi ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u zoti sharif payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga e’tiqod yuzasidan 63 yoshga kirganda er tubida, g‘orda yashab hayot kechirganlar. Lekin u erda necha yil yashaganlari Aniq ma’lum emas. Ammo o‘zlarining hikmatlarida yozilishicha, 125 yoshga kirganligi haqida ma’lumot berilgan. Shu yoshda ham tetik bo‘lib, hikmat misralarini bitgan.
Xo‘ja Ahmad yassaviy taxminan 125-130 yoshlar orasida, ya’ni (1041 yilda tug‘ilgan) 1166(67) yilda yassida olamdan o‘tgan. Ulug‘ bobomiz Jahongir Amir Temur 1395-1397 yillarda uning kichik qabri ustiga ulug‘vor bino qurdirgan bo‘lib, u hamon o‘zining salobati, ko‘rkamligi bilan ziyoratchilarni o‘ziga maftun qilib kelmoqda. Shoirning yassaviy taxallusi bilan qoldirgan adabiy merosi asosan to‘rtliklardan iborat. Shuningdek, uning adabiy merosida ayrim g‘azal va masnaviylar ham mavjud. Shoir ijodining g‘oyaviy yo‘nalishi tasavvufona bo‘lib, kishilarni bu dunyoda pok, halol, beozor, etim-g‘ariblarga mehr-Shafqatli bo‘lib yashashga da’vat qilishdan iborat. Bu yo‘lda insonlar o‘zlarini turli nojo‘ya yo‘llarga boshlovchi nafsni jilovlashga chaqiradilar.
Ahmad yassaviy yusuf Hamadoniyga Shogird to‘Shadi va uning ta’limotini rivojlantirib «yassaviya» tariqatini yaratadi. «yassaviya» tariqatining barcha aqidalari Ahmad yassaviyning asosiy asari bo‘lmish «Hikmat»da mufassal bayon etilgan. «Hikmat»da o‘z ql kuchi, peshona ter iva halol mehnati bilan kun kechirish, Alloh taolo visoliga etishish yo‘lida insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg‘or umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan. Mol-dunyoga, boylikka va davlat orttirishga mukkasidan ketgan, xasis va ochofat kishilarni yassaviy beayov tanqid qiladi.
23.3. Movarounnahrda Amir Temur tomonidan markazlashgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat, ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi
XIV asrning 50-yillarida Amir Temur siyosat maydoniga chiqdi. Markazlashgan yirik feodal davlat barpo etildi. Madaniyat, maorifqaytadan yuksala boshladi. Shuning uchun XIV asrning 2-yarmi va XV asr tarixida sharq uyg‘onish davrining 2-bosqichi deb ataladi.
Temur Movorounnahrga boshqa o‘lkalardan hunarmandlarni olib keltirdi. Samarqand va Xirotda madrasalar, kutubxonalar, rasadxonalar qurildi. Tibbiyot, riyoziyot, falakkiyot, geografiya, tarix, adabiyot, falsafa, tabiatshunoslikka oid ajoyib asarlar yaratildi. Temurdan so‘ng temuriylar davrida mamlakat Movorounnahr va Xuroson davlatiga ajralgan holda boshqarildi. Samarqand va Xirot madaniyati, ilm-fan markaziga aylandi. Shohizinda, Go‘riamir, Bibixonim masjidi, Registon maydoni, qator bog‘lar va boshqalar barpo etildi.
Ulug‘bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya fanlari rivojlandi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va diniy bilimlarga e’tibor berildi. Buxoro, Samarqand, G‘ijdivonda madrasalar qurildi. Bu davlatda adabiyot sohasida Atoiy, Sakkokiy, Haydar Horazmiy, Durbek, Lutfiylarning qimmatli asarlari yaratildi.
Samarqandda Qozizoda Rumiy, Mansur koshiy, Xirotda Navoiy, Jomiy, Behzod, tarixchi Xondamir, xattot Sulton Ali mashhadiy va boshqalar ijodi gulladi. Ali qushchi astronomiyaga oid «Risola dar falakkiyot» asarini yozib, unda geometrik bilim asoslari, tibbiyot fanlari va boshqa sohalarga oid boshlang‘ich bilimlarni bayon etdi.
XV asrda tarix fani rivoj topdi, Xofizu Abru «Zabdan tovara» (Tarixning qaymog‘i) kitobini yozib, unda 1427 yilgacha bo‘lgan voqealarni bayon etdi. Abdurazzoq Samarqandiy buni davom ettirib «Ikki saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki dengizning qo‘shilish joyi» asarida 1471 yilgacha voqealarni bayon etdi. «Ravzatus safo» asarini yozgan Mirxond, «Habibus siyar» asarini yozgan Xondamir asarining bir qismi Sulton Husayn hukmronlik qilgan davrga bag‘ishlandi. Shu asarlarda qator ilm maskanlari: shayboniyxon madrasasi, Abdurahim Sadr madrasasi, Mirarab madrasasi, masjidi kalon va boshqalar qurildi.
Xususiy maktablar yuzaga keldi, uyda muallim yo‘llab o‘qitish odat tusiga kirdi. Shahar qishloq, ovullarda ochilgan maktablarda o‘qitish 6 yoshdan boshlandi. Bolalar maktabda alifbe o‘rganib, ayrim harflarni chizishni mashq qilar edilar. O‘quvchilar maktablarda savod chiqargach madrasaga kirib diniy va dunyoviy ta’limlardan bilim olardilar. «Temur tuzuklari»da o‘zi amal qilgan o‘n bir sifatni yoshlarimiz ongi va qalbiga singdirsak, Shuning o‘zi ta’lim-tarbiya sohasidagi g‘oyalarni yoshlarimizni tarbiyalashda tadbirkor bo‘lishdan odamlar bilan maslahatlashib, nozik va tarbiya ko‘rgan aqlli kishilar bilan birga kelishib, e’tiqodli, iymonli qilib tarbiyalashda e’tiborni kuchaytirsak foydadan xoli bo‘lmaydi.
Temur din arboblari, olimlarni, ilmni va ilm ahlini xurmatlovchi Shaxs bo‘lgan. Temur tuzuklarida Shunday yoziladi: «Har bir Shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqalar qurishni buyurdim. Musulmonlarga diniy masalalarda ta’lim berib, Shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tavsir, hadis, fiqhdan dars bersinlar deb, har bir Shaharga olimlar va madarrislar tayin qildim»2.
Amir Temur odob, axloq iymon-e’tiqod, tarbiya sohasida o‘zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan insonlardan bo‘lgan. Bunga ishonch hosil qilish uchun sohibqiron haqidagi asarlar, uning o‘zi yaratgan tuzuklar va o‘gitlarni ko‘rish kifoya. Temur o‘gutlarini mohiyat va mazmuniga qarab uyiga guruhlarga ajratish mumkin: a) din va Shariat, b) davlat va uni idora etish, v) kengash o‘tkazish, g) podsho va vazirlar. Uning odob-axloqqa oid o‘gitlarini quyidagicha guruhlashtirish mumkin.
  • adolat va adolatsizlik;


  • do‘st va dushmanlik;


  • muomala va shirinsuhanlik;


  • so‘z va ishning birligi;


  • botirlik va qo‘rqoqlik.


Amir Temurning o‘gitlari odob-axloq borasida dastur to‘la oladi. Buning katta tarbiyaviy kuchga ega bo‘lgan pedagogika deyish mumkin.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling