Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


V.P.Nalivkinning ta’lim rivojidagi xizmati


Download 1.06 Mb.
bet156/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

26.4. V.P.Nalivkinning ta’lim rivojidagi xizmati
Vladimir Petrovich Nalivkin 1852 yilda tug‘ilgan. U Turkiston ta’lim tizimiga katta xissa qo‘Shgan Markaziy Osiyo etnografi va tadqiqotchisi, birinchi ruscha-o‘zbekcha lug‘at muallifi Shu bilan birga harbiy xizmatchi bo‘lgan. Nalivkin 1884 yilda toshkentdagi rus-tuzem maktabida birinchi o‘qituvchi sifatida ish boshladi. Toshkentda Turkiston o‘qituvchilar seminarida o‘zbek va tojik tillarida o‘qituvchilik qildi va rus-tuzem maktablari uchun o‘qituvchilar tayyorlashda ishtirok etdi. U 1890-1895 yillarda Turkiston o‘lkasining Sirdaryo, Farg‘ona va Samarqand xalq ta’limi bo‘limlarida inspektor bo‘lib faoliyat olib bordi. Bu vaqt ichida Nalivkin o‘quv-uslubiy qo‘llanma, lug‘at va ilmiy maqolalar chop ettirdi, o‘zbekcha-ruscha, ruscha-o‘zbekcha lug‘at tayyorladi, o‘zbek tili grammatikasi ustida ishladi. “Qo‘qon xonligining qisqacha tarixi” “Kratkoy istorii Kokandskogo xanstva” (1886) asari muallifi, ushbu asar 1889 yilda Parijda fransuz tiliga tarjima qilingan.
Nalikov Turkiston o‘lkasi tarixi yuzasidan tarixiy-etnografik xarakterdagi ocherklar yozib bordi. 1908 yilda “Mening dunyoqarashim” (Moyo mirovozzrenie) nomli qo‘lyozmasida o‘zining sotsializm haqidagi qarashlarini yozib qoldirgan.
26.5. Turkistonda rus maktablarining ochilishi
Musulmon aholisi yashaydigan joylarda qadimdan maktab-madrasa va hokazolar mavjud bo’lib, bularga qarshi chor hukumati Rossiyadagi ko’p sonli xalqlar uchun maxsus hukumat maktablari barpo qilar edi. Bu maktablarning ko’pchiligida o’qitish rus tilida olib borilar edi. Ularning biri – to’rt yillik, ikkinchisi – ikki yillik edi. Ba’zi bir to’rt yillik maktablarda internatlar ham bo’lib, ularda ko’proq feodallarning va mahalliy aholining boy qatlami bolalari ta’lim olardi. Turkistonning 1880 yilda Rossiya tasarrufiga o’tganidan keyin Markaziy Osiyodagi rus-tuzem maktablari ancha mashhur bo’ldi. Ammo mehnatkashlarning bolalari uchun yaxshi yo’lga qo’yilmagan ikki yillik savod chiqarish maktablari ochilgan edi. O’qish muddati ikki yil bo’lgan milliy maktablardan, masalan, qozoqlarda ovul maktablari, deb atalgan maktablar tipik maktab sanalar edi.
Dastlabki ovul maktablari 1892 yilda To’rg’ay oblastining ovullarida tashkil topgan bo’lib, aholini ko’chmanchilik turmushiga moslashtirilgan edi. Ovul maktablarida rus tili, arifmetika qozoq alifbosi va islom dini o’qitilar edi. Bu maktablarda o’qitish o’quvchilarning ona tilida olib borilardi, lekin ularning saviyasi juda past edi. 1916 yilda 169 ta ovul maktabi bo’lib, ularda 5 ming o’quvchi o’qirdi, bu maktab yoshidagi barcha qozoq bolalarining faqat bir foizga yaqininigina tashkil etardi, xolos.
Markaziy Osiyo va shimoliy Kavkazning musulmon aholisi uchun ularni ruslashtirish maqsadini ko’zda tutgan rus-tuzem maktablari XIX asrning 80 – yillaridan boshlab ochila boshladi. Bu maktablar o’z dasturlariga ko’ra rus ministerlik maktablaridan islom dinining o’qitilishi bilangina farq qilar edi. Rus-tuzem maktablarida o’qitish rus tilida, diniy ta’limot esa o’quvchilarning ona tilida olib borilardi.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling