Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet38/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi.


Ta’lim usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni, Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha xuddi shu metod turli o‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.

Qoida – tanlab olingan metod bilan bog‘liqlikda faoliyat usullarini amalga oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi me’yoriy ko‘rsatmalardir.

Ta’lim metodlari o’quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, ularsiz ta’lim maqsadi, vazifalarini amalga oshirish, o’quv materiallari mazmunini o’zlashtirish mumkin emas. Ta’lim metodlari ham o’quv materiali mazmuniga, binobarin, bolalarning ma’lumoti, taraqiyoti, tarbiyasiga, shuningdek, o’qitish, o’qish faoliyatlarining bir-biriga kirishuvi va shu asosda o’zaro ta’sirning yuzaga chiqishiga yo’nalgan. Ta’lim metodi vositasida o’qituvchi va o’quvchining faoliyati o’zaro muvofiqlashadi. Ta’lim metodi-o’qituvchi va o’quvchilarning ma’lumot mazmuniga yo’nalgan faoliyatini tartibga solish yo’lidir. Ta’lim metodlari tarkiban o’qitish metodlari va o’qish metodlaridan iborat.


7.2. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar
1. An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari (E.I.Golant, N.M.Verzilin).
2. O‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (I.YA.Lerner va M.N.Skatkin).
3. Asosiy didaktik maqsadlariga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (M.A.Danilov va B.P.Esipov).
4. Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov).
5. Yaxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari tasnifi (YU.K.Babanskiy).

6. Ta’limning interfaol metodlari.




Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling