Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Ma’naviy-axloqiy tarbiya shakl va metodlari


Download 1.06 Mb.
bet93/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

15.2. Ma’naviy-axloqiy tarbiya shakl va metodlari
Ma’naviy-axloqiy tarbiya talaba-yoshlarning barkamol bo’lib shakllanishida mustahkam asosdir. Ta’lim oluvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasida o’ziga xos metodlar, Shakllar va vositalar mavjud bo’lib, ular ushbu sohadagi faoliyat olib borishning samarasini belgilashda metodik asos ham bo’ladi. Talaba-yoshlar orasida olib boriladigan ma’naviy-axloqiy tarbiyaning quyidagicha metodi qo’llaniladi:
1. Ma’naviy-axloqiy mavzudagi suhbatlar;
2. Hikoya;
3. Tushuntirish;
4. Ma’ruza va seminar tashkil etish va uyushtirish;
5. Namuna ko’rsatish;
6. Kishi ijobiy xislat va fazilatlari insonning olijanobligi ekanligiga ishontirish;
7. Bahs-munozaralar uyushtirish;
8. Uchrashashuvlar;
9. Matbuot konferensiyasi.
10. Tanlovlar o’tkazish;
11. Sahnaviy darslar o’tkazish;
12. Matbuot materiallaridan foydalanish;
13. O’quv va yordamchi adabiyotlar bilan ishlash;
14. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid multimediali tarbiya texnologiyalarini qo’llash.
O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash shakllari quyidagicha tasniflanadi:

I. Suhbatlar. Dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ma’naviy-axloqiy mavzudagi suhbatlar tashkil etish talabalarning erkin, mustaqil fikrlashini yuksaltiradi, tafakkurini boyitadi, o‘qituvchi bilan hamkorligini mustahkamlaydi. Tarbiyaviy ishlarning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha suhbatlar tashkil etish mumkin.
Suhbatlar qiziqarli va jonli o‘tishi uchun uni tashkil qilishdan bir necha kun oldin mavzu talabalarga e’lon qilinadi. Suhbatlar davomida mavzuni yorituvchi multimedia vositalaridan foydalaniladi. Mazmun-mohiyati va maqsad-vazifalaridan kelib chiqib ularni quyidagicha tasniflash mumkin:


1. Vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish borasida:
“Talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish – dolzarb vazifa”, “Vatan tuyg‘usi – muqaddas tuyg‘u”, “Mustaqillik nashidalari”, “Vatan qahramonlari va ularning jasoratlari”, “Mustaqil O‘zbekiston jahon nigohida”, “O‘zbekistonning tashqi siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari”, “Fidokor yoshlar qanday bo‘lishi kerak?” va boshqalar.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling