Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


III. Bahs-munozaralar uyushtirish


Download 1.06 Mb.
bet95/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

III. Bahs-munozaralar uyushtirish. O‘quvchi-yoshlar ma’naviy-axloqiy kamolotini ta’minlashda munozaralar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy-axloqiy mavzulardagi munozaralar o‘quvchilarda muayyan holat, hodisalarga nisbatan to‘g‘ri baho berishga, bu borada fikr yuritishga o‘rgatish hamda e’tiqodini mustahkamlashga xizmat qiladi. Munozara o‘y-fikrlarni tartibga soladi, mustaqil fikrlashga, bahs yuritishga, suhbatdoshini tinglashga, o‘z fikrini ilgari surish va uni obrazli tarzda hikoya qilishga, ayni chog‘da, o‘z xatolarini tan olishga o‘rgatadi. O‘quvchilar o‘rtasida “Ma’naviy-axloqiy tarbiyada ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli”, “Mustaqillik va ta’lim-tarbiya”, “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi”, “Yoshlarning kitobxonlikka munosabati”, “Zamonaviy urf-odatlarda madaniyat va ma’naviyat”, “Tabiat va inson”, “Sharq mutafakkirlari axloqiy qarashlarining bugungi kundagi ahamiyati” mavzularida bahs-munozaralar olib boriladi.

IV. Tarbiyaviy tadbirlar. Ma’naviy-axloqiy tarbiyada tarbiyaviy tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish katta ahamiyatga ega. Bunda tarixiy shaxslarning tavallud kunlari, bayramlar va muhim sanalarga bag‘ishlab “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, “Ona tili – millat ruhi”, “Biz OITSga qarshimiz!”, “Navro‘z – yasharish bayrami”, “Nazm gulshanidagi yog‘du”, “Ona – ulug‘ zot”, “Xotira muqaddas”, “Mustaqil yurtimning millat otasi”, “Mehnati elda aziz ustozim”, “Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim”, “Fidoying bo‘lgaymiz seni – O‘zbekiston!” mavzularida tarbiyaviy tadbirlar tashkil etiladi. Ushbu tadbirlarda o‘quvchilar ishtirokchi sifatida qatnashib, o‘zlariga to‘g‘ri xulosa chiqardilar. Bu orqali ularning ma’naviyatini yuksaltirish hamda ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish ko‘zda tutiladi.

Ma’naviy-axloqiy tarbiyada vositalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ko‘rgazmali qurollar, tasviriy san’at asarlari, san’at turlari, badiiy adabiyot, ibrat-namuna, mehnat, pedagogik qarashlar, xalq og‘zaki ijodi, tabiat, ommaviy axborot vositalari, oilaviy an’analar, so‘z-nutq, multimedia vositalalaridan unumli foydalanish ijobiy samara beradi.





Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling