Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet162/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Abdulqodir Shakuriy 1875 yilda Samarqandning Rajabamin qishlog’ida bog’bon oilasida tug’ildi. Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlaganidan keyin Samarqand Shahridagi madrasaga o’qishga kirdi. Shakuriy o’zbek va tojik tillarida yozgan tarjimai hollarida rus gimnaziyasiga borib, uning ichki tartib qoidalari va o’qitish usullari bilan tanishligini qayd qiladi. Shundan keyin yosh muallimda o’z xalqining bolalari uchun ham Shu tartibdagi yangi maktab tashkil qilish orzusi paydo bo’ladi.
Shakuriy maktabida tojik va o’zbek bolalari birga o’qitilar edi. Bu erda tojik tili asosiy til hisoblanar, bolaning savodi chiqqach, o’zbek va tojik tillarida yozilgan kitoblar o’qitilar edi. Shu bilan bir qatorda, o’quvchilarni ozarbayjon va tatar adabiyoti namunalari bilan tanishtirish maqsadida Shu tillarda yozilgan ayrim parchalar ham o’qitilar edi. Shakuriyning tarjimai holida aytilishicha, bu maktabning to’liq dasturi bo’lgan.
U vaqtlarda maktablarda Qur’oni Karim o’qitilar va yodlatilar edi. Shuning uchun yangi usul maktablarida ham diniy kitoblar o’qitilar edi, chunki hech bir ota-ona Qur’on yoki biror diniy kitob o’qitilmagan maktabga bolalarini bermas edi. Shuning uchun maktablarda «Haftiyak» ham asosiy o’qish kitoblaridan biri hisoblanar edi.
Shakuriy o’z o’quvchilar uchun bir yilda bir marta imtihon uyushtirar edi. Imtihonda u ota-onalar oldida o’quvchilar bilimining natijalarini namoyish qildirar edi, ota-onalar esa o’z bolalarining qisqa muddat ichida xat-savodli, hisob, geografiya va tibbiyotdan ma’lumotga ega bo’lganini ko’rib hayratlanardilar. Shakuriy maktabining Shuhrati keng tarqala boshladi, o’rta Osiyodagi boshqa ma’rifatparvar kishilarning diqqatini jalb etdi.
Shakuriy o’z maktabi uchun darsliklar yozib, ularni o’z mablag’lari hisobiga nashr qildirgan. Chunki, tojik va o’zbek bolalarini tatar tilida yozilgan darsliklar bilan o’qitish katta qiyinchiliklar tug’dirar, bu darsliklar bolalar uchun uncha tushunarli emas edi. Shuning uchun, u o’quvchilarga ularning ona tilida darsliklar yaratish zarur, deb hisoblardi.
Shakuriy tomonidan 1907 yilda yozilgan ikkinchi kitob «Jome’ ul hikoyat» («Hikoyalar to’plami»)dir. U qayta tuzatilib, to’ldirilib, 1911 yilda ikkinchi marta nashr qilingan. Kitob boshlang’ich maktabning ikkinchi sinfi uchun xrestomatiyadir. Yetmish ikki betli bu kitobning matni nafis qog’ozda aniq, chiroyli xat bilan yozilgan. Birinchi qismiga tarbiyaviy ahamiyatga molik 48 ta kichik-kichik hikoyalar kiritilgan. Ikkinchi qismida mumtoz yozuvchilarning asarlari va tarjimalaridan olingan 15 ta She’riy parcha berilgan. Kitobning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati Shundan ibortaki, undagi o’quv materiallarining hammasi bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Shakuriy tomonidan tuzilgan va nashr qilingan yana bir kitob «Zubdat ul ash’or» to’plami bo’lib, unda ko’p Shoirlarning She’rlari berilgan. Kitobdagi yangi usul maktabiga atab yozilgan tojik tilidagi She’rda Shunday deyiladi:
— Ey muallim, maktabing taraqqiyot topib, sernur bo’lsin, yaxshi noming to abad dunyoda mashhur bo’lsin. G’ayrat qil, toki biz olimu dono bo’laylik, - axir, bir savtiya usulining sevguchilarimiz, tarbiyat qil, har kishining xotirini Shod qil. Har fandan bizga o’rgat, biz bahramand bo’lib nodonlikni nari quvaylik. Garchi nodon kishilar senga ta’na-haqorat etsalar ham g’am ema. Albatta, dushmanlar Sharmsor bo’lurlar!
Shakuriy dastlab qizlar uchun ham yangi usuldagi maktab tashkil qilib, unda o’z rahbarligida xotini muallimalik qilar edi. Keyinchalik o’g’il va qiz bolalar guruhini birlashtirib o’qita boshlaydi.
Demak, u Samarqandda yangi usuldagi maktabning targ’ibotchi va tashkilotchilaridan biri edi. Bu ishda u hech qanday moddiy manfaatni ko’zda tutmas va ayni choqda hech kim unga moddiy yordam bermas edi. Samarqand maktablariga shakuriy birinchi bo’lib mehnat va musiqa darslarini kiritdi. U bolalarni qishloq xo’jalik va bog’dorchilik ishlari bilan tanishtirishdan tashqari, ularga muqovasozlik, duradgorlik va boshqa hunarlarni ham o’rgatar edi, bu mashg’ulotlar uchun alohida soatlar ajratgan edi.
1925 yilda A.Shakuriyning tashabbusi bilan qishloq aholisi o’z mablag’lari hisobiga to’rt sinfli yangi maktab qurib ishga tushiradi.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling