Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


XXVIII-BOB. MUSTAQIL O’ZBEKISTON TA’LIM TIZIMI. MUSTAQILLIK YILLARIDA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI


Download 1.06 Mb.
bet166/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

XXVIII-BOB. MUSTAQIL O’ZBEKISTON TA’LIM TIZIMI. MUSTAQILLIK YILLARIDA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI

28.1. Mustaqil O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng ta’lim sohasini isloh qilish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda «rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash»1ga alohida e’tibor qaratilmoqda.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta’lim tizimi va mazmuni xalqaro standartlar talablariga javob beradigan holda tashkil qilishni talab etildi. Bu qonun hujjatlarida ta’lim-tarbiya sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish choralari belgilab berildi. Oliy o‘quv yurtini isloh qilayotganda ularning boshqa davlatlardagi oliy o‘quv yurtlari bilan aloqasini mustahkamlashga e’tibor qaratildi, horijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorliklarni yo’lga qo’yib, almashinuv dasturlari ishlab chiqildi.
Shunday ta’lim sohasidagi xalqaro aloqalar kuchayib borayotgan bir paytda bo‘lg‘usi o‘qituvchilar va umuman barcha ta’lim xodimlari ham jahon pedagogikasini, ayniqsa rivojlangan davlatlar ta’lim tizimining o‘ziga xos jihatlarini bilishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos Sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihadan etuk insonlar bo‘lib voyaga etishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoiylik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan. Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kampyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘Shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi.
O‘rta maxsus ta’lim tizimiga 2017 yilda birinchi marta 10-sinflarga o‘quvchilar qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayonlari bilan barobar olib borildi. Bunda asosan ota-onalar va o‘quvchilarning xohish va istaklari inobatga olindi.
2016-2017 o‘quv yilida 466 mingdan ortiq o‘quvchilar umumta’lim maktablarini tamomlagan bo‘lib, Shundan 170 mingdan ziyodi kasb-hunar kollejlariga o‘qishga kirgan, 288 ming, ya’ni oltmish foizidan ortig‘i 10-sinflarda o‘qishni davom ettirdi. O’zbekiston Respublikasida o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi 2019 yilga qadar amal qilindi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 11 iyul kuni “Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tugatildi.
Yoshlarning ulug‘ ajdodlarimiz merosini o‘rganishi, ularga mos etuk kadrlar bo‘lib voyaga etishiga alohida e’tibor qaratildi. Sohalar bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim berish maqsadida buyuk siymolar nomi bilan ataluvchi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyati ishga tushirildi. Xususan, ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati, “Astronomiya va aeronavtika” bog‘i tashkil etildi.
Mazkur maktablar oldiga qo‘yilgan talablardan biri – yuqori malakali, sohaning bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birgalikda, maktabda chet tilini ham chuqur o‘qitishdir.
28.2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” – Respublikamizda ta’lim-tarbiyani tashkil etish va kadrlar tayyorlashning huquqiy asosi sifatida
Har bir suveren davlatning bosh huquqiy asosi bu uning Konstitutsiyasidir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan bo‘lib, muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining qoidalari hamisha ustivor, birlamchi kuchga ega, boshqa qonunlarning barchasi u yoki bu tarzda konstitutsiyaviy me’yorlar asosida yaratiladi, uni rivojlantiradi va ro‘yobga chiqaradi. Uning asosida me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi. Mamlakatimiz Konstitutsiyasi kuchli axloqiy zaminga egadir. Unda avvalo insonparvarlik, adolat g‘oyalari mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning markazida inson, fuqaro, uning huquqlari va qonuniy manfaatlari turadi.
O‘zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun harakat qilar ekan, har tomonlama rivojlangan, erkin Shaxsni shakllantirishni o‘zining asosiy asosiy vazifalaridan biri deb belgiladi. Ta’limsohasida maqsadga yo‘naltirilgan davlat siyosatini olib borish va bu vazifani echishda asosiy vositalardan biridir.
Ta’lim olish huquqi shaxsning asosiy huquqlaridan biridir. O‘zbekston Respublikasi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida (1948 yil 10 dekabr) asoslab berilgan huquqni amalga oshirishning faoliyat ko‘rsatayotgan mexanizmini yaratdi.
Ta’lim olish huquqiga tegishli xalqaro hujjat (1960 yil 14 dekabrdagi Ta’lim sohasidagi kamsitishlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiya) Shuni e’tirof etadiki, “ta’lim” iborasi o‘qitishning barcha turlarini va bosqichlarini qamrab oladi va ta’lim olish imkoniga ega bo‘lish, ta’limning darajasi va sifati, Shuningdek, ta’lim berish sharoitlarini o‘z ichiga oladi.
Xalqaro huquq normalari boshlang‘ich ta’limning majburiy va bepul qilishni, o‘rta ta’limni uning barcha turlarida umum erishadigan qilishni va undan hammaning foydalanishini ta’minlashni, oliy ta’limni to‘la tenglik asosida va har bir kishining qobiliyatidan kelib chiqib, qonunda belgilangan o‘qishning majburiyligini ta’minlashni tavsiya etadi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zi olgan majburiyatlarga amal qilib uzluksiz ta’limning barqaror tizimini yaratdi, Shaxsning ta’lim olish huquqini amalga oshirish mexanizmini mustahkamlab qo‘ydi. Ta’limning yagona tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir” deb ko‘rsatilgan.
Mamlakatimizda mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab ta’lim sohasida eski yondashuvlardan butunlay voz kechilib, yangicha tamoyillarga, milliy qadriyat va an’analarimizga, ilg‘or jahon tajribasiga asoslanib, hayotimizni tubdan yangilash, uzoq va davomli maqsadlarimizni amalga oshirish uchun ta’lim va tarbiya sohasiga ustivor ahamiyat qaratilib, bor kuch va imkoniyatlar Shu yo‘lda safarbar etilib kelindi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonun 5 bo‘lim va 34 moddadan iborat. Ushbu qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.
Bilim olish huquqi:
1. Davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;
2. Ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;
3. Ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, Shuningdek, ta’lim muassasalarida Shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish;
4. Barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi;
5. Oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga asosan ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari belgilab berilgan.
Ushbu qonunda tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan Shaxslar pedagogik faoliyat bilan Shug‘ullanish huquqiga ega ekanligi hamda pedagogik faoliyat bilan Shug‘ullanish sud hukmiga asosan man etilgan Shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan Shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasida ta’lim muassasasining huquqiy maqomi nazarda tutilgan. Unga asosan, ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarda belgilangan tartibda tashkil etiladi. Nodavlat ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta’lim faoliyati bilan Shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. Ta’lim muasasasi qonun hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ta’lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasida Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi, deb ko‘rsatilgan. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiy hisoblanadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qoidalariga, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlarasosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faolikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarni ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi va qator chora-tadbirlar ko‘rishni: Davlat ta’lim standartlarini joriy etishni, yagni o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarni joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni, o‘quv yurtlarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.
Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o‘zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o‘quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi etarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning etishmasligi, sifatli o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida puxta o‘zaro hamkorlik va o‘zaro foydali integratsiyaning etishmasligi kadrlar tayyorlashning majud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining vazifalari:
  • Ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;


  • Kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;


  • Ta’lim oluvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;


  • Yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarining, ustivorligini ta’minlovchi me’yoriy, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;


  • Uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan iborat.


Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, Shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor sohadir.


Kadrlar tayyorlash milliy tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari:
1. Ta’limning uzluksizligini ta’minlash;
2. Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
3. Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish;
4. Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar;
5. Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar;
6. Ta’lim tizimini boshqarish;
7. Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish;
8. Ta’lim tizimini moliyalashtirish;
9. Moddiy-texnika ta’minoti;
10. Ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish;
11. Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish;
12. Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash;
13. Fan bilan ta’lim jarayoni aloqadorligini rivojlantirish;
14. Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish;
15. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling