Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet26/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Xususiy didaktika – muayyan o’quv fanlarini o’qitish qonuniyatlari, usullari, vositalari, shakllari va yo’llarini o’rgatuvchi metodika fanlari ham pedagogika fanlari turkumining asosiy sohalaridan biri bo’lib hisoblanadi. U umumiy didaktika yutuqlari asosida rivojlanadi va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan holdagina takomillashib boradi. Muayyan bir fanga tadbiq etilgan didaktik qonuniyatlar, o’sha predmetning umumiy jihatlarini qonunlashtiradi va ularda o’qitishning universal jihatlari namoyon bo’ladi.

Didaktikaning asosiy kategoriyalari. Dialektikaning asosiy kategoriyalariga ta’lim, ta’lim jarayoni, ta’lim prinsiplari, ta’lim metodlari, ta’lim Shakllari, ta’lim vositalari, bilim, ko‘nikma, malaka, o‘qitish, o‘qish kiradi.

Ta’lim – tevarak – atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va o‘qituvchi rahbarlik qiladigan alohida turi.

Ta’lim jarayoni – o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, ikki tomonlama xarakterga egadir.

Ta’lim prinsiplari – ta’lim metodikasi va tashkil etilishi mazmuniga qo‘yiladigan talablarni aniqlaydigan eng muhim qoidalar.

Ta’lim metodlari - o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘kuv vazifalarini hal etishga qaratilgan, o‘zaro bog‘langan faoliyati yo‘llari va usullari.

Ta’lim vositalari – o‘quv jarayonining tashkil etilishi va o‘tib borishini ta’minlaydigan xilma-xil o‘quv jixozlari, o‘quv qo‘llanmalari va boshqalar.

Bilim – bu o‘quvchilar ongida muayyan tartibda mustahkamlangan, ularning shaxsiy mulkini tashkil etadigan va bundan ular zaruratga ko‘ra foydalana oladigan faktlar, ma’lumotlar, ilmiy nazariyalar, qonunlar, tushunchalardir. Bilim shakllari xilma-xil “Dastlabki olimpiada o‘yinlari miloddan avvalgi 776 yilda Yunoniston o‘tkazilganligini men bilaman” bu o‘rinda faktni bilish qayd etiladi. Gimnastika mashqlarining organizmiga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan qator ilmiy faktlar asosida biz tushuncha shaklida ifodalangan fikrga duch kelamiz. Masalan, “Gimnastika – organizmga va kishining funksiyalariga ta’sir ko‘rsatuvchi maxsus tanlangan mashqlar tizimi”. Bilimlarning amalda bir necha bor qo‘llanishi ko‘nikmalarning hosil bo‘lishiga olib keladi.

Ko‘nikma – bu o‘zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda ifodalanadigan ongli faoliyatdir. Ko‘nikma – egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish usullari.

Malaka avtomatlashgan, o‘rganib qolingan, muayyan usul bilan bexato bajariladigan harakatdir. Malakalar har xil bo‘ladi: o‘quv malakalari – o‘qish, yozish, og‘zaki hisoblash va boshqa; mehnat malakalari – arra yoki bolg‘ani ishlata olish, materiallar va mashinalar bilan muomalada bo‘lish va hokazo; harakat malakalari – yurish, yugurish, uloqtirish va hokazolar.

Qobiliyatlar nomi ostida ta’lim jarayonida rivojlanadigan shaxsning psixik xususiyatlari tushuniladi. Bunda shaxsning bir tomondan faol o‘quv-bilish faoliyati natijasi sifatida yuzaga chiqsa, boshqa tomondan bu faoliyatni o‘muvaffaqiyatli bajara olishning yuqori darajasini ifodalaydi. Qobiliyat – bu mehnat yoki bilish faoliyatining u yoki bu sohasida shaxs muvaffaqiyati garovi.

O‘qitish – o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda ularning bilish faoliyati natijasida bu bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olishga doir maxsus tashkil etilgan va biror maqsadga qaratilgan faoliyatdir.

O‘qish – bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olishning murakkab jarayoni bo‘lib, o‘quvchining intellektual, irodaviy va jismoniy kuch – g‘ayratini talab etadi hamda ularning rivojlanishini rag‘batlantiradi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling