Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet34/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

O’quv fan dasturi - har bir alohida fan uchun o’quv dasturi tuziladi. Dastur o’quv rejasiga asoslanadi. Fanning maqsadidan, o’quv rejasi bo’yicha ajratilgan soat va bilim hajmi uning tizimi mavjud jamiyatning g’oyaviy-siyosiy yo’nalishini o’zida aks ettiradigan davlat hujjatidir. O‘quv dasturi – muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o‘rganilishi bo‘yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o‘rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat.
O’quv dasturida bir sinfda alohida fanlar bo’yicha o’quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda fanning mazmuni, mavzu ketma-ketligi ikkinchi mavzu birinchini to’ldirishi, izchillik bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko’rsatiladi. O’quv dasturida shu fan bo’yicha o’quvchilarga berilishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar kichik mavzularda ifodalanib, mavzu maqsadi qisqacha izohlanadi.
Dasturda o‘quv materialining ta’limning har bir yili va har bir sinf, kurs bo‘yicha taqsimlanishi tuzilishi asoslab berilgan. Dasturda ko‘rsatilgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘quvchilar tomonidan to‘la o‘zlashtirilishi o‘qitish jarayoni muvaffaqiyatliligi va samaraliligi mezonlaridan biri hisoblanadi.
O‘quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik bo‘lishi mumkin.
Namunaviy o‘quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. O‘quv dasturlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
  • Ushbu fanni o‘rganish maqsadlari, o‘quvchilarning bilim va malakalariga asosiy talablar, o‘qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;


  • O‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni;


  • Kursning alohida savollarini o‘rganishga o‘qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;


  • Dunyoqarashni Shakllantiruvchi asosiy savollari ro‘yxati;


  • Fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar;


  • O‘quv uskunalari va ko‘rgazmali qo‘llanmalar ro‘yxati;


  • Tavsiya etiladigan adabiyotlar.


Namunaviy o‘quv dasturlari Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bo‘ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, akademik litsey pedagogik kengashi tomnidan ishchi o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, o‘quv jarayonini metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, o‘quvchilarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.


Mualliflik o‘quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda o‘quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bo‘lishi, u yoki bu nazariyalarni o‘rganishga mualliflik yondashuvi, o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Bunday dasturlar ushbu fan sohasida pedagog, psixolog, metodistlarning tashqi retsenziyalariga ega bo‘lishi kerak va ular mavjud bo‘lganida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining Pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mualliflik o‘quv dasturlari o‘quvchilarning erkin tanlovi bo‘yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng foydalaniladi.
O‘quv fani ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manbadir.
O‘quv fanining mazmuni har bir pedagog tomonidan ixtiyoriy belgilanmaydi, balki ijtimoiy hodisa sifatida ta’limning tarixiy rivojlanishi davomida ishlab chiqiladi.
Fanning maqsadi va vazifasidan kelib chiqqan holda boblarga bo’linadi. Boblar katta-katta mavzularga, katta mavzular esa kichik mavzularga bo’linib, shu mavzu yuzasidai o’quvchi qanaqa bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashgirishi lozim bo’lsa, uning mazmuni qisqacha ifodalanib beriladi. O’quv dasturining o’zini amal qilinishi kerak bo’lgan prinsiplari mavjud,

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling