Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet37/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Davlat ta’lim standarti. Ta’lim mazmunining rivojlanishida ko‘zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar o‘rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:
  1. Turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;


  2. O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.


Davlat ta’lim standarti:


  1. Ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bo‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;


  2. O‘quv fani bo‘yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;


  3. Ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o‘quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo‘yiluvchi talablarni belgilaydi.


Davlat ta’lim standartlarining ikki asosiy vazifasini alohida ta’kidlab ko’rsatish lozim. Bunday standartlar umumiy o’rta maktabda o’quvchilarga beriladigan ta’lim mazmunining majburiy minimumini hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasini belgilab beradi. Ta’lim mazmunining majburiy minimumi o’quv dasturlari va darsliklarda to’liq o’z ifodasini topishi shart. Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga ko’ra o’quvchi muayyan bosqichda egallashi shart bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning minimal miqdori belgilanadi.


VII-BOB. TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI

7.1. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari
Ba’zi didakt metodistlar ta’lim metodlarini o’quvchilarni bilmaslikdan bilishga borish yo’li, ayrim olimlar esa, ularni o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini o’zaro bog’lovchi metodlar, deb qarashadi. Ta’lim metodlarini o’quv ishlari majmui, shuningdek, ta’lim mazmuni Shaklida qarash g’oyasi ham bor. Bu qarashlarning qay biri asosida ta’lim metodlarining mohiyati, o’quv-tarbiya jarayonidagi funksiyalarini batafsilroq tasavvur etish mumkin? Didaktikada hali ham eng munozarali muammolardan biri ta’lim metodlari tasnifi masalasidir.

Ularni ta’lim manbalari, didaktik vazifalar, mantiqiy fikrlash shakllariga qarab tasnif etish moyilligi mavjud. Ta’lim metodlarini tasnif etishda shu yo’nalishlardan qay biri ma’qul? Yoki ta’lim metodlarini tasnif etishning boshqa mezonlari ham mavjudmi? Adabiyotlarda «o’qitish metodlari», «o’qish metodlari» kabi terminlar qo’llanadi. Shunday bo’lgach, «ta’lim metodlari» iborasini ishlatishga ehtiyoj bormi? Metod termini yunonchadan tarjima qilinganda ma’lum bir maqsadga erishish yo’li, faoliyat usuli ma’nolarini anglatadi. Ta’lim metodi deganda ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga yerishishga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Ularga ko’ra ta’lim mazmunini o’zlashtirishga mos faoliyat tanlanadi.



Metod so‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Bu so‘zning etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy kategoriya sifatidagi talqinida ham aks etgan. “Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat”.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling