Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Dasturning aniq bir g’oyaga asoslanganligi


Download 1.06 Mb.
bet35/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

1. Dasturning aniq bir g’oyaga asoslanganligi.
Mustaqil jamiyatimiz taraqiyotining tamoyillariga asoslangan holda isloh qilingan har bir sohadagi fan, texnika, ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlarda erishilgan yutuqlar darajasini ilmiy asosda aks ettirshi lozim.


2. Dastur ilmiylik prinsipiga asoslanadi.
Har bir ta’lim va tarbiya g’oyalari, ilmiy jihatdan tekshirilgan, ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar asosida kiritiladi.


3. O’quv dasturi- aniq mazmun va mantiqiy g’oyalarni o’zida aks ettirishi lozim.
Dasturda fanning maqsad va vazifalari undagi bilim asoslari misollar va masalalar orqali o’rgatiladi. Aks holda o’rgatilayotgan bilim asoslarini nazariy jihatdan tushunish qiyin bo’ladi.


4. Nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi. O’quvchilar olgan nazariy bilimlarini, amalda qo’llay olishi ko’nikmasini shakllantirish nazarda tutiladi.

5. O’quv dasturini tuzishda fanning tarixiy saboqlari inobatga olinadi.
Vaqt o’tishi bilan fan olamida yangi-yangi kashfiyotlar, ma’lum bir ilmiy qonun-qoidalar paydo bo’lib, fan takomillashib boradi. Dastur fanning kelajakdagi istiqbolini o’zida qisqacha ifodalaydi.


6. O’quv dasturi davlat tomonidan tasdiklangan reja asosida bakalavr, magistr, litsey, gimnaziya, kollejlarga alohida-alohida tuziladi.

Darslik. Darslik o’quv jarayonining asosi. Darslik o’quvchining uydagi muallimi, har bir fanning mazmuni, maqsadi, vazifasi darslikda yoritiladi, darslik, ya’ni fan obyektiv borliq o’rtasidagi muhim qonuniyatli bog’lanishlarini aks ettiradi, darslikdagi bilimlar tizimi o’zaro ichki, mantiqiy bog’lanishlarga ega bo’lib, ular didaktika talabiga muvofiq ravishda bayon qilingan. Darslik quyidagi talablarga amal qilgan holda yaratiladi:
1. Har bir o’quv fani uchun yaratiladigan darslikda ilmiy bilimlar tizimi va uning hajmi dastur talablariga sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos kelishi kerak.
2. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asoslari, g’oyaviy yo’nalishlari tizimli va izchil bo’lishi talab qilinadi. Ular hayotdan olingan, ishonarli bo’lishi lozim. Keltirilgan fakt va dalillarning ishonchli bo’lishi, ular to’g’ri taxlil, aniq ta’rif etilishi tegishli xulosalar chiqarilishi lozim. Shu holdagina o’quvchilardagi ilmiy dunyoqarash, eng yaxshi insoniy fazilatlar tarkib toptiriladi.
3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’langan bo’lishi kerak.
4. Darslikda mavzu sodda, ravon tilda yozilishi, hamda tegishli qoida va ta’riflari berilishi kerak. Darslik ichidagi va muqovasidagi chizilgan rasmlar va bezatilishi o’quvchining yoshiga mos, fanning harakteriga monand bo’lmog’i zarur.
5. Mavzulardagi fikrlar aniq va qisqa bo’lishi, ilmiylikka asoslanishi kerak.

Mamlakatimizda pedagogika ilmi ham, amaliyoti ham yangilanib bormoqda. Ma’lumki, har qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi.

Pedagogika o’quvchilarning ruhiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o’ziga xosliklarini to’liq hisobga olgandagina yuqori samaradorlikka erishishi mumkin.

Hozirgi davrda yaratilayotgan darsliklarning asosiy kamchiligi millatimiz bolalarining psixologik o’ziga xosliklarini, fikrlash tarzini to’liq hisobga olishga erisha olinmayotganida, deb bilamiz. Bizning mutaxassislarimiz didaktik vositalar orqali o’quvchilarga hamma gapni aytib berishga odatlanib qolishgan. Holbuki, o’quvchini o’qitish kerak emas, uni o’zini o’qiydigan holatga olib kelish lozim. Toki bolaning o’zi izlanmas ekan, ta’limda yutuqa erishish mumkin emas. Demak, yaratilayotgan didaktik vositalar jumboqli harakterga ega bo’lishi, o’quvchilarni o’ylanishga, izlanishga, sinab ko’rishga da’vat qiladigan tarzda tuzilishi lozim.


Ta’lim mazmuni va o‘quv dasturlari o‘quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari kiradi.
O‘quv adabiyotlari orasida darslik alohida o‘rin tutadi. Darslik muayyan o‘quv fani bo‘yicha ta’lim maqsadi, o‘quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beruvchi manba bo‘lib, u mazmuni va tuzilishiga ko‘ra fan bo‘yicha yaratilgan o‘quv dasturiga mos keladi. Namunaviy o‘quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar maqsadga muvofiq holda Respublika Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan barcha maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etiladi. G‘oyaviy va metodik jihatdan mukammal bo‘lgan darslik ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan barcha talablarga javob bera olishi, o‘quvchilar uchun qiziqarli, iloji boricha qisqa, tushunarli, ko‘rgazmalilik nuqati nazaridan estetik xususiyatga ega bo‘lishi kerak.
Darslik bir vaqtning o‘zida ham barqaror, ham qulay tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishi kerak. Darslik barqarorligiga ko‘ra mustahkam asosga ega, mobilligiga ko‘ra ega asosiy tuzilmaga dahl etmagan holda yangi bilimlarni tezlikda kiritish imkoniyatini namoyon etadi. Ularga qo‘yiladigan talablar turli-tuman va qarama-qarshi bo‘lib, mukammal darsliklarning etishmovchiligi doimo his etiladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda muqobil, parallel darsliklar nashr etiladi, Shu sababli o‘qituvchilar va o‘quvchilar ular orasidan eng yaxshilarini tanlab olish imkoniyatiga egalar.

Darslik o‘quvchilarning ta’lim jarayonida, ongli ravishda va faol ishtirok etishlari, o‘quv materialini to‘la o‘zlashtirishlarini ta’minlashi kerak. Ana shu masalalarni hal etish yo‘lida darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi:


  1. Motivatsion vazifa - bu vazifa o‘quvchilarni ushbu fanni o‘rganishga yo‘naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini Shakllantiruvchi rag‘bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat;


  2. Axborot vazifasi o‘quvchilarga axborotlarni etkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradi;


  3. Nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi – ta’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, o‘quvchilarda o‘zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo‘lgan ko‘nikma, malakalarni shakllantirish uchun o‘rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi.


  4. Muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa vositalari (xaritalar, ko‘rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi;


  5. Rivojlantiruvchi –tarbiyalovchi vazifasi darslik mazmunining o‘quvchilarga ma’naviy-axloqiy ta’sir ko‘rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat;


  6. O‘qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo‘lgan konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko‘rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko‘zga tashlanadi.


Ta’lim mazmuni o‘quv materiali darajasida darsliklar bilan bir qatorda turli xil o‘quv qo‘llanmalari: adabiyot va tarix xrestomatiyalari, spravochniklar, matematika, fizika, ximiya bo‘yicha masalalar to‘plamlari, georafiya, biologiya bo‘yicha atlaslar, til bo‘yicha mashqlar to‘plamlari va boshqalarda ochib beriladi. O‘quv qo‘llanmalari darslikning ba’zi tomonlarini kengaytiradi va aniq masalalarni hal etish maqsadiga ega bo‘ladi (axborot, mashq qilish, tekshirish).



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling