Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet27/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

5.3. Ta’lim jarayoning mohiyati

Ta’lim – o‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma va malakalar yuzaga chiqadi. Ta’lim jarayoni o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga, bundan tashqari ularning fikrlash va ijodiy faoliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ekan, bu tushunchalarning mohiyatini ochishga e’tibor qaratish lozim.
Ta’lim berish g‘oyatda murakkab va mas’uliyatli ish, buning dalili sifatida shuni aytish mumkinki, pedagogning ta’lim jarayonidagi rahbarlik rolini ta’minlashga urinish va harakatlarini saqlashga intilishi o‘rtasidagi ta’limga xos dialektik ziddiyat aslida yuksalishning manbaidir.
Ta’lim maqsad, mazmun, o‘qituvchining shaxsi, talabalardagi dastlabki bilimlarning xarakteri, o‘qitishning moddiy – texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgiladani. Bunda o‘qituvchi talabalar ishining borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o‘zining ko‘rsatmalari, yo‘naltiruvchi savollari, tegishli tushuntirishlari va hakozalar bilan ularning o‘quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi. Shunga ko‘ra ta’lim birinchidan, o‘qitish, ikkinchidan, o‘qitishni, ya’ni o‘qishni va shu bilan birga uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
Ta’lim ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysinadi va umumfalsafiy metodologiyaga muvofiq bu qonunlar ta’lim jarayoni bilan ancha kengroq ijtimoiy jarayonlar o‘rtasidagi umumiy, muhim zarur, barqaror aloqalardan, shuningdek, ta’limning alohida komponentlari, ya’ni uning maqsadi, mazmuni, shakli, usullari va uslublari o‘rtasidagi ichki bog‘lanishlardan iborat. Aniqlangan didaktik qonuniyatlardan qator asosiy talablar kelib chiqadi, ularga rioya qilish o‘qituvchining sifatli va samarali amalga oshiruvini ta’minlaydi.
Ta’lim natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ta’lim jarayoni ma’lum darajada kuchli motivlashtirishdan vujudga keladi va u shaxsning qarashlari, e’tiqodi hatti – harakatlari, umumiy kamolotiga, pirovardida esa uning xulqiga ta’sir etadigan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar majmuasining shakllanishiga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.
Ta’lim jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tashkil etuvchilar (ko‘rsatkichlar) – ning o‘zaro uzviy bog‘liqligi asosida tuzilgan yagona dinamik tizimni tashkil etadi. Dinamik tizim deyishiga sabab, ta’limni va ta’lim jarayonini tashkil etuvchilari jamiyat taraqqiyotiga mos holda muntazam rivojlanishda bo‘lib, takomillashtirilib boriladi.
Bunda tashkil etuvchilar quyidagilardir: maqsad; mazmun; shakl, usul; uslub; o‘qituvchi shaxsi; talabalardagi dastlabki bilim; o‘qitishning moddiy – texnik bazasi va shu kabilar. Bu ta’lim jarayonlarini bir butunlikda, ya’ni yagona yaxlit dinamik tizim sifatida qarash lozimligini taqozo etadi va bunday qarash ta’lim jarayonini boshqarish va boshqarishning optimal variantini topishga ham imkoniyat yaratadi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling