Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalaniladigan vositalar


Download 1.06 Mb.
bet96/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalaniladigan vositalar

15.3. O’quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash
Ijtimoiy jamiyat hayotining tartibli ketishini ta’minlash maqsadida axloqiy hamda huquqiy me’yorlar qabul qilingan. Ijtimoiy-axloqiy me’yorlar omma tomonidan yaratilgan bo’lib, unda muayyan millat (elat, qabilalar yoki etnik guruhlar) kishilarining turmush tarzi, hayotiy yondashuvlari, o’y-fikrlari, dunyoqarashlari aks etadi. Ijtimoiy-axloqiy me’yorlar omma fikri asosida tartibga solinadi.
Jamiyat ijtimoiy hayotida muhim o’rin tutuvchi ijtimoiy-huquqiy me’yorlar esa davlat tomonidan qabul qilinib, tegishli qonun aktlari asosida tartibga solinadi. Ijtimoiy-axloqiy me’yorlar amal qilishda ixtiyoriylik tamoyilining ustunligi ko’zga tashlansa, ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga amal qilish majburiylik xususiyatiga egadir.
Intizom - ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me’yorlariga nisbatan ongli yondashuv, ularga to’la amal qilish demakdir. Boshqacha talqin etiladigan bo’lsa, intizom – shaxs faoliyatining ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me’yorlari talablari asosida tashkil etilish ko’rsatkichi sanaladi. Ongli intizom tushunchasi esa shaxs faoliyatining ijtimoiy-axloqiy hamda ijtimoiy- huquqiy me’yorlar talablari asosida aqliy quvvatga tayangan holda tashkil etilish ko’rsatkichidir. Ongli intizom tarbiyasi talabalar tomonidan intizomning mohiyati, uning ijtimoiy jamiyat hamda shaxs hayotida tutgan o’rnini to’g’ri baholash, shuningdek, ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy- huquqiy me’yorlar talablariga ongli munosabatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir.
Talaba-yoshlar o’rtasida ongli intizom tarbiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
  1. Ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy- huquqiy me’yorlar mohiyatini talabalar onggiga singdirish, ongli intizom tushunchasini qaror toptirish.


  2. Talabalar tomonidan ijtimoiy burch mohiyatini o’zlashtirishga erishish.


  3. Talabalarda ijtimoiy burchni ado etish jarayonida ongli va ixtiyoriy faoliyatini tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni shakllantirish.


  4. Talabalarda kundalik hayotiy rejim asosida faoliyatni tashkil etish ko’nikmasini hosil qilish.


  5. Talabalarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish (mehnat va dam olish faoliyati, aqliy va jismoniy mehnat faoliyati o’rtasida o’zaro mutanosiblikning qaror topishiga erishish) ko’nikma va malakalarini hosil qilishga erishish.


  6. Talabalarda ta’lim muassasasi ichki tartib-qoidalariga bo’ysinish hissini shakllantirish.


  7. Intizomsizlikning oldini olgan holda intizomsizlikka qarshi kurashishga yo’naltirilgan faoliyatini yo’lga qo’yish va boshqalar.


O’quv yurtida qaror topgan ongli intizom talabalar faolligi va tashabbuskorligining o’sishiga yordam beradi. Shuningdek, ongli intizom talabalarning o’qish va mehnat faoliyatiga ongli munosabatda bo’lish, o’quv yurti ichki tartib-intmzomiga bo’ysinish jamoa tomonidan topshirilgan topshiriqni bajarishga vijdonan yondashgan holda xulq-atvor me’yorlariga qat’iy rioya etish zarurligini tushunib olishlari va ularga o’z ixtiyoriy itoat etish ko’nikmalarining hosil bo’lishiga Sharoit yaratadi.


Ta’lim muassasalari talabalarda intizomlilik xislatining hosil bo’lishi uchun ta’lim-tarbiya ishlarining sifatini yaxshilash, ularning samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Intizom o’quv ishlariga g’oyat katta ta’sir ko’rsatadi. Talabalarning topshiriqlarni, jamoa qarorlarini bajarish, mashg’ulotlarga kechikmasdan yetib kelish hamda sababsiz bironta ham darsni qoldirmaslik, darsda tartib caqlash, uy vazifalarini o’z vaqtida bajarish kabi holatlar ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini, Shuningdek, talabalarning chuqur bilim olishlari uchun imkon yaratadi. Shunday ekan, qaysiki o’quv yurtida o’qutuvchi va talabalar jamoasi intizom qoidalariga qattiq rioya qilsa, o’sha o’quv yurtida o’zlashtirish yuqori darajada bo’ladi, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda yuksak natijalar qo’lga kiritiladi.
Ongli intizom tuyg’usini talabalarda shakllantirish quyidagi mazmundagi faoliyatni tashkil etish asosida kechadi:

  • Maqsadga muvofiq talablarning qo’yilishi hamda ularning talabalar tomonidan bajarilishini uzluksiz, doimiy nazorat;


  • Ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mohiyatini tushuntirish;


  • Ongli intizom mezonlaridan biri bo’lgan intizomli xulq, xarakter va iroda sifatlarini hosil qilish maqsadida mashq qildirish va o’rgatish,


  • Rag’batlantirish va jazolash.


Ongli intizom tarbiyasi yaxlit pedagogik jarayon bo’lib, unda talabalarning ijtimoiy-axloqiy hamda ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga ongli munosabati shakllantiriladi.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling