Pedagogika nazariyasi


Download 136.18 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi136.18 Kb.
#1609578
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
asli YOSH DAVRLARI PEDAGOGIKASINING ILMIY KONSEPTUAL ASOSLARI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA NAZARIYASI
VA TARIXI (Faoliyat turi bo‘yicha)
MUTAXASISSLIGI
1-BOSQICH MAGISTRANTI
ABDULLAYEV RO‘ZIMUXAMMADNING
PEDAGOGIKANING PRAGMATIK ASPEKTLARI
FANIDAN
« YOSH DAVRLARI PEDAGOGIKASINING ILMIY KONSEPTUAL ASOSLARI» MAVZUSIDA
YOZGAN REFERATI.

QABUL QILDI: “Pedagogika. kafedrasi


dotsenti , p.f.n. N.O'rinova

FARG'ONA-2023 YIL



YOSH DAVRLARI PEDAGOGIKASINING ILMIY KONSEPTUAL
ASOSLARI.

REJA :
1 . Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining predmeti haqida tushuncha .
2. Fanning asosiy rivojlanish bosqichlari .
3. yosh va pedagogik psixologiyaning asosiy tadqiqot metodlari .
4. Ta’lim va tarbiya jarayonida bola psixik rivojlanishining asosiy yo‘llari .

Ontogenez – organizmning vujudga kelgandan boshlab to umrining ohirigacha bo‘lgan individual rivojlanish yo‘li . Pedologiya – XIX asr oxiri 20 asr boshlarida psixologiyaning amaliy tarmoqlari va eksperimental pedagogika asosida vujudga kelgan fan bo‘lib, uning prerdmeti bolaning psixologik, anatomo –fiziologik, biologik taraqqiyotidir. Fanning predmeti. Yosh davrlar psixologiyasining predmeti insonning ontogenezida psixik rivojlanish jarayonini shakllanishida hamda o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini o‘rganishdir .


Pedagogik psixologiyaning predmeti esa ta’lim va tarbiya jarayonining psixologik mexanizmlari va qonuniyarlarini o‘rganishdir. Fanning rivojlanish bosqichlari. O‘tgan ajdodlarimizning ham qomusiy asarlarida bola taraqqiyoti va tarbiyasi masalalari katta o‘rin egallaydi . Abu Nasr Farobiyning “Masalalar mohiyati” , Abu Rayhon Beruniyning “O‘tmish yodgorliklari”, Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarlari, A. Navoioyning “Mahbub ul-qulub” va boshqa juda ko‘p asarlar shular jumlasidandir. Umuman sharq va g‘arb madaniyatida ham psixologik – pedagogik mazmundagi asarlar XVII – XVIII asrlarda diniy – axloqiy negizida yozilgan. XVIII – asrga kelibgina ma’lum uslubga ega bo‘lgan ilmiy fikrlar vujudga kela boshladi. Rus social – demokratlari A.N.Gersen, N.G.Cherkishevskiy, N.A.Dobrodyubov, V.G.Belenskiylarning inson kamoloti to‘g‘risidagi qarashlari psixologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi . P.P.Blonskiy , L.S.Vigotskiy va boshqa olimlar yosh psixologiyasi bo‘yicha qimmatli tadqiqotlarni amalga oshirdilar . XX- asrga kelib yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada psixik taraqqiyot omillarini talqin etuvchi 2- ta yo‘nalish : bigenetik va sosiogenetik yo‘nalish vakillari yuzaga keldi. Biogenetik yo‘nalish vakillari uchun psixik rivojlanishni belgilovchi irsiy biogenetikva ijtimoiy omillar yonma- yon turadi, lekin yetakchi ro‘lni biologik ya’ni irsiy omillar bajaradi. Bunday qarashning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri amerikalik psixolog S. Xolle (1844-1924) bo‘lib, u Gekelning biogenetik qonunini psixologiyada bevosita ko‘chiradi. Bu nazariyaga ko‘ra bola o‘z psixik taraqqiyotida insonning tarixiy rivojlanish bosqichlarini qisqargan holda boshdan kechiradi. Sociogenetik yo‘nalish vakillari esa ijtimoiy omillarni yetakchi deb hissoblaydilar.
G‘arbda keng tarqalgan nazariyalar jumlasiga rollar nazariyasi K.Levinning “Fazoviy zarurat maydoni ” nazariyasi va boshqalar kiradi. XX asrning 20-30 yillaridan boshlab Rossiyada yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya intensiv rivojlandi. Shu davrda L.V.Vigotskiyning oliy psixik funksiyalarini rivojlanish nazariyasi yaratildi. Jumladan L.S.Vigotskiy psixik taraqqiyotni 2 zonaga : real va yaqin zonaga bo‘lib o‘rgandi. Barcha boshqa psixologiyaning tarmoqlari singri yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya ham o‘z tadqiqot metodlariga ega. Yosh va pedagogik psixologiyaning asosiy empirik metodlari quyidagilar:

  1. Kuzatish. U tashqi kuzatish va o‘z—o‘zini kuzatish ko‘rinishlarida bo‘lishi mumkin.

Lekin bu metod har doim ham psixik jarayonlarning xususiyatlari haqida to‘liq ma’lumot bera olmaydi.

  1. tajriba metodi.

U 2 xil tabiiy va labaratoriya sharoitida o‘tkazilishi mumkin. Bulardan tashqari psixologiyada xususiy metodlar ham psixik rivojlanish haqida qimmatli materiallarni to‘plash imkoniyatini beradi.

  • suhbat metodi yakka shaxs yoki guruhlarda o‘tkaziladigan erkin muloqot;

  • test metodi shaxsning aqliy taraqqiyoti qobiliyatlari va boshqa sifatlarini o‘lchash imkonini beradigan qisqa standart savol va topshiriqlardir. Hozirgi davrda nodir tastlar qatoriga Rorshax, Rozencveyg, Kettel, Veksler, Anastazi, Roven va boshqalarning testlari kiradi.

  • Biografiya metodi insonning hayoti, faoliyati, ijodi haqidagi og‘zaki va yozma ma’lumotlarni to‘plashidir;

  • Anketa metodi vositasida esa turli yoshdagi odamlarning psixologik xusuyiyatlari narsa va hodisalarga munosabat o‘rganiladi.

  • Faoliyat mahsulotlarni tahlil qilish metodikasi kuzatish metodining bir ko‘rinishi sifatida bolalarning chizgan rasmlari, yasagan o‘yinchoqlari kabi faoliyat mahsulotlariga asoslanib uning psixik rivojlanishi haqida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi;

  • Sociometrik metod kichik guruh a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar va shaxsning guruxdagi statusini aniqlash metodidir.

Yosh davrlari psixologiyasi – psixologiya fanining inson rivojlanishining yosh davrlari xususiyarlarini o‘rganuvchi sohasidir.
Uning tadqiqot predmeti ­– inson psixologiyasining yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar, psixik jarayonlar ontogenezi (organizmning individual rivojlanishi ) va rivojlanayotgan odam shaxsining psixologik sifatlari. Yosh psixologiyasi psixik jarayonlardagi yosh xususiyatlari, bilimlarni egallashda yosh imkoniyatlari, shaxs kamolotining asosiy omillari va boshqalarni o‘rganadi. Yosh psixologiyasi pedagogik psixologiya bilan uzviy bog‘liqdir.
Pedagogik psixologiya fani predmeti – ta’lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat. Yosh va pedagogik psixologiya umumiyligi bola, o‘smir, o‘spirin kabi umumiy o‘rganish ob’ektari bilan izohlanadi. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya ta’lim va tarbiya jarayonida bolani o‘rganish bilan o‘zaro uzviy birlikni tashkil etadi. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya tarixidan. Tarbiya va ta’limning yosh xususiyatlariga bog‘liq jihatlari qadimgi davrlardan buyon o‘rganiladi. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Bu psixologiya faniga genetik g‘oyalarning kirib kelishi bilan bog‘liqdir. Rivojlanayotgan psixologik- pedagogik fikrga mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy va birinchi navbatda uning “Chelovek kak predmet vospitaniya” (“Inson –tarbiya predmeti sifatida ”) degan asari katta hisa qo‘shgan edi. Yosh psixologiyasi fanining rivojlanishiga ingliz olimi Charliz Darvinning evolyussion g‘oyalari jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Psixologiya tomonidan o‘rganiladigan omillarning reflektor mohiyatini tushunish uchun psixik faoliyat ahamiyatini mashhur fiziolog olim I.M.Sechenov ham ta’kidlab o’tgan. Yosh va pedagogkik psixologiyada Veber va Fexnening psixofizik kashfiyoti, Ebingauzning xoriraga oid tadqiqoti, G.Gelmgolsning sezgi organlarining psixofiziologiyasiga oid ishi, Vund tomonidan fiziologik psixologiya hissiyoti va harakatlarning o‘rganilishi va boshqalar asosiy ahamiyatga ega.
XX asr boshida yosh va pedagogik psixologiya sohasida ikki asosiy;
biologik va ijtimoiy yo‘nalish ajratilgan. Biologik, biogenetik yo‘nalishga xos narsa –tug‘ma xususiyatlar , “irsiyat”ga yo‘naltirilish, bola xulqi va rivojlanishini soda –mexanik tushunishga intilishdir. Bola rivojlanishidagi irsiy omillarni ortiqcha baholash va biogenetik qonuniyatlarni psixologiyaga to’g’ridan-to‘g‘ri ko‘chirish mazkur yo‘nalishning o‘ziga xos kamchiligi bo‘lib hisoblanadi. Psiologiyadagi biogenetik qonuniyat- Gekkel tomonidan XIX asrda shakllantirilgan mashhur evolyussiya qonunlarini yosh psixologiyasi sohasiga ko‘chirishga urinishdir. Homila ona qornidaligida bir hujayrali mavjudotdan inson bo‘lguniga qadar barcha rivojlanish davrlarini bosib o‘tgani kabi, bola ham insoniyat tarixidagi asosiy bosqichlarni qayta bosib o‘tadi. Shunday qilib, bola bosib o‘tadiga besh bosqich ajratilgan: yovvoyilik davri, ov davri, chorvachilik davri, dehqonchilik davri va sanoat davri. Mazkur davrlashtirishga ko‘ra, bola yovvoyi holda tug‘iladi, barcha bosqichlarni birin ketin bosib o‘tib, ohirida unda pul, savdo, almashinishiga qiziqish paydo bo‘ladi, ya’ni kapitalistik tuzum idealiga javob beradi. Biogenetik qonuniyat asosida bolaning psixik rivojlanishi sirtqi ta’sir emas, ichki sabab natijasida yuzaga keladi degan g‘oya yotadi.Tarbiyaga qaramay , u tashqi omil sifatida namoyon bo‘ladi, ba’zi tabiiy, irsiy-shartli psixik sifatlarning namoyon bo‘lish jarayonini sekinlashtiradi yoki tezlashtiradi. Biogenetizm o‘qituvchi, tarbiyachilarsiz – “erkin tarbiya” pedagogik nazariyasining psixologik asosi bo‘lib qoldi. Pedagogik psixologiyadagi biogenetik yonalishning g‘ayri-ilmiy mexanik xususiyatini pedagog va psixologlar XX asrning 30- yillarida anglab yetishdi. Pedagogik psixologiyadagi ijtimoiy genetik yo‘nalish ham xatolardan xoli emas edi. Turlicha bo‘lib tuyulgan bu nazariyalar ko‘p hollarda bir-biriga yaqin, Bu yo‘nalish tarafdorlarinining fikricha, muhit bola rivojlanishida faqat (taqdir) omil sifatida namoyon bo‘ladi va shuning ham insonni o‘rgnish uchun uning muhitini tahlil qilishning o‘zi kifoya: o‘rab turgan muhit qanday bo‘lsa, inson shahsi batamom o‘shanday bo‘ladi. Biogenetizm xulq rivojlanishini genetik rivojlanishining amalga oshishiga taqab, shaxsiyat faolligini inkor qilgani kabi, ijtimoiy genetika bolaning psixik rivojlanish manbalari va mehanizmlari haqida to‘g‘ri va to‘la tasavvur bera olmasdi. Bu vazifani pedologiya nomini olgan maxsus soha ham uddalay olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Pedologiya tanqidi


“PEDOLOGIYA” – (“paydos”-go‘dak va “logos”- fan ) –bolalar haqidagi fan demakdir.
pedologiya mazmunan bola rivojlanishining psixologik, fiziologik va biologik konsepsiyalarining mexanik umumiyligini tashkil etadi. XX asr oxiri va XX asr boshida paydo bo‘lgan (S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer – G’arbda, V.M.Bexterev, A.P.Nechaev, G.I.Rossalimo - Rossiyada ) evolyusion g‘oyalarning psixologiyaga kirib kelishi bilan pedologiya XX asrning 30 – yillarida bolalar haqidagi yagona fan mavqeiga da’vogarlik qila boshladi. U bolalar yoshi pedagogikasi va fiziologiyasini siqwib chiqarib, bolalarni o’rganish huquqini monopolizasiya qilib oldi. Pedologiyaning g’oyaviy va mexanik yo‘riqlari, uning antipsixologizmi, o‘quvchilarning “aqliy qobiliyati koifisentini asoslanmagan testlar bilan aniqlashga urinishi psixologiya va pedagogika rivojlanishiga salbiy ta’sir qildi va maktabga ko‘p zarar yetkazdi. Biroq butun pedogologiyani yalpisiga tanqid qilish bu soha olimlari erishgan ijobiy Yutuqlarni ham inkor qilishga olib keldi va butun yosh rivojlanishi muammosiga nisbatan ko‘p holda salbiy munosabat uyg‘otdi. 20-30-yillarda pedagogik psixologiya sohasida boy tadqiqot materiallarini o‘z ichiga oluvchi ko‘p ilmiy ishlar amalga oshirildi. Bu tadqiqotlar: N.K.Krupskaya (tanlangan asarlar), A.S.Makarenko-ning bola shaxsi va bolalar jamoasi bo‘yicha qarashlari tizimi (u qarovsiz qolgan bolalar uchun mo‘ljallangan bolalar kommunasi rahbari bo‘lgan), L.S.Vigotskiy va uning oliy psixik funksiyalar rivojlanishi nazariyasi. SHuningdek, psixolog olimlarning XX asr ikkinchi yarmidagi ishlari – B.G.Anan’ev, L.I.Bojovich, P.YA.Gal’pe-rin, V.V.Davidov, A.V.Zaporojes, L.V.Zankov, G.S.KostYuk, N.A.Men-chinskaya, N.F.Talizina, D.V.El’konin va ko‘plab boshqa olimlarning yosh va pedagogika psixologiyasi sohasida amalga oshirgan ishlari ham shu jumladan. Bu masala shuningdek, O‘zbekiston psixolog olimlari tomonidan ham tadqiq etilmoqda.

Download 136.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling