Pedagogika nazaryasi
Download 72.97 Kb.
|
Chet el talim tizimida o`kuv dasturlarini moxiyati.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Chet el talim tizimida o`kuv dasturlarini moxiyati. Reja: Xorij davlatlarini talim tizimi (AQSH, Yaponiya, Germaniya misolida).
- Foydalangan adabiyotlar. Xorij davlatlarini talim tizimi (AQSH, Yaponiya, Germaniya misolida)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANGREN UNIVERSITETI “Pedagogika nazaryasi” fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: Chet el talim tizimida o`kuv dasturlarini moxiyati. Guruh: PPS 23-5 Bajardi: Ergasheva L. Qabul qildi: Ishanqulov M. Angren- 2023 Mavzu: Chet el talim tizimida o`kuv dasturlarini moxiyati. Reja: Xorij davlatlarini ta'lim tizimi (AQSH, Yaponiya, Germaniya misolida). Yuqorida bayon qilinganlardan ko'zda tutilgan maqsadlari . AQSH talim tizimi Xulosa. Foydalangan adabiyotlar. Xorij davlatlarini ta'lim tizimi (AQSH, Yaponiya, Germaniya misolida) Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta'lim-tarbiya ishlarining yo'lga qo'yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o'rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta'lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta'lim-tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o'z dolzarbligini yuqotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq halos bo'lish, uni munosib tarzda yangilashda qo'shimcha boy manbalarga xam ega bo'lamiz. Zotan, xozirgi zamon talimida davlat va jamiyat talabi hamda manfaatlari aks etib turishi kerak. Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqqiyatli faoliyat ko'rsata oladigan jamiyat azolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo'naltirish hamda o'rta ta'limning ko'p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta'lim-tarbiya berishda eng ilg'or pedagogik vositalarni qo'llash, ta'limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo'l ochish, uning eng maqbul tizimlari ni yaratish kabi jahon tajribalarini o'rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko'lamdagi isloxotlarni uz boshidan kechirayotgan bizning ta'limimiz uchun bu katta ahamiyatga ega. Keyingi yillarda jahon ta'limi bo'yicha ko'pgina maqolalar, broshyuralar, qo'llanmalar chop etildi, unga bag'ishlab seminarlar, anjumanlar, o'qishlar, uchrashuvlar o'tkazildi. Bu bizning ta lim tizimimizda, chet ellarda o'quv-tarbiya ishlarining yo'lga qo'yilishiga e'tibor va qiziqishning tez sur'atlar bilan o'sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta'limi tizimlarida jahon ta'lim tizimini o'rganish bilan shug'illanuvchi muassasalar xam tashkil topmoqda. Jahon ta'limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif qilishda BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AQSHning Tinchlik Korpusi mutaxassislari, Germaniya xalqaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer jamg'armasi, Fransiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko'plab tashkilotlar yaqindan yordam bermoqdalar. Darhaqiqat, rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'limning, mamlakat ichki siyosatiga faol tasir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e'tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarida maktab ehtiyojini iqtisodiy taminlashga ajratilayotgan mablag' miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko'p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Fransiya, AQSh, Yaponiya talim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug'ullanmoqdalar. Ular faoliyatini esa xalqaro talim markazlari, masalan, AQSHda xalqaro talim instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko'pchiligining faoliyati o'quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan. 80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham o'rganilishi majburiy bo'lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o'kuv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo'ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish talim oluvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir. "Yangi dunyo"ning pedagogik g'oyalari Fransiya va Germaniya ta limiga xam sezilarli tasir etdi. Germaniya to'liqsiz o'rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan kimyo, fizika, chet tillari kiritilgan o'quv Dasturlari ham amalga oshirildi. Bu o'kuv dasturi tobora to'liqsiz o'rta maktab doirasidan chiqib, o'rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda. Fransiya boshlang'ich maktablarida talim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, axolishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat talimi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo'linadi. Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinroq Amerika talimi yo'lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o'kuv dasturida bir qator farqlar ko'zga tashlanadi. Yaponiyada o'quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy talim maktablarining yangi musiqa talimi o'quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o'rganish ham kiritilgan. Shuni takidlash lozimki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 80- yillarda tabiiy ilmiy talim dasturi tarkibiga fizika, kimyo, biologiya, bazi hollarda astranomiya, geologaya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSh va Fransiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o'qitiladi. O'quv predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo'la boshladi. Fransiyada 70-80-yillarda to'liqsiz o'rta maktablar o'quv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iqtisodiy gumanitar kurslar kiritiladi. Xozirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar o'kuv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to'la amalga oshirishdi. Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar talim ishini tabaqalashtirish muammolarini keltirib chiqardi. Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda talimni tabaqalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan. Talim oluvchilarni tabaqalashtirib o'qitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlang'ich talim kursidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, fransuz pedagoglari talim jarayonida sinf talim oluvchilarini uch tabaqaga ajratib o'qitishni afzal ko'radilar. Bular quyidagilar : 1. Gomogenlar — matematika va gumanitar yo'nalishda ish olib borsa bo'ladigan talim oluvchilar. 2. Yarim gomogen — tabiiy turkumdagi fanlarni o'zlashtira olishga moyil talim oluvchilar. 3. Gegeron — barcha predmetlarni har xil saviyada o'zlashtiradigan talim oluvchilar va hokazo. Germaniya maktablarida sinfda talim oluvchilar sonini qisqartirish sari yo'l tutilgan. Bunday talim oluvchilarni - har biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Topshiriqlarni talim oluvchi mustaqil bajaradi, lozim bo'lganda u pedagogdan konsultatsiya oladi. Download 72.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling