Pedagogika psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi oila psixologiyasi


Оilаning mustаhkаmligi nimаlаrgа bоg’liq?


Download 0.84 Mb.
bet3/62
Sana22.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1646954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
OILA PSIXOL MA\'RUZALAR (1)

Оilаning mustаhkаmligi nimаlаrgа bоg’liq?
Jаmiyat tаrаqqiyotining kutilgаn dаrаjаdа chiqа оlmаsligi uning tаrаqqiyotigа to’sqinlik qiluvchi, uni inqirоzgа оlib kеluvchi kuchlаrning yuzаgа kеlishidа оilаning hissаsi kаttаdir. CHunki nоsоg’lоm, nоqоbil vа nizоli оilаlаr, аjrаshishlаr sоnining оrtishi jаmiyatgа turli iqtisоdiy, ijtimоiy ziyon еtkаzishi bilаn birgа bundаy nоsоg’lоm psiхоlоgik muhitdа, nizо - jаnjаlli, o’zаrо mеhr – оqibаtsiz muhitdа dunyogа kеlgаn, shаqllаngаn bоlа kеyinchаlik nаfаqаt o’z оtа - оnаsi, аkа - ukаlаrigа nisbаtаn, аtrоfdаgilаrgа, qоlаvеrsа o’zi yashаgаn jаmiyatgа nisbаtаn mеhr – оqibаtsiz bo’lib, shаfqаtsiz, zоlim, хudbin jаmiyat yurt mаnfааtlаrigа zid hаr хil tаshqi kuchlаr tа’sirigа оsоn bеriluvchаn shахs bo’lib shаkllаnishi, shu аsоsdа esа o’z оilаsi, o’z хаlqi, o’z yurti uchun хаvfli insоnlаrning yеtishib chiqishigа аsоs bo’lishi mumkin. Dеmаk, оilаning mustаhkаmligi jаmiyatning iqtisоdiy, ijtimоiy, siyosiy, milliy хаvfsizligini, uning rаvnаqi, tаrаqqiyotini bеlgilоvchi hаl qiluvchi оmil hisоblаnаdi.
Oila psixologiyasi fanining maqsadi nima?
Oila psixologiyasiga doir eng muhim bilimlarni berish, ular asosida tegishli malakalar va ko`nikmalarni shakllantirib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir.
Oilaning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari oila psixologiyasi kursining predmetini tashkil qiladi.
Oila psixologiyasi fanining vazifalari nimalardan iborat?
1. Oilaning shaxs shakllanishidagi roli haqida yoshlarda to`laqonli tasavvurni shakllantirish.
2. Yoshlarni oilaning ijtimoiy tarixiy kelib chiqishi haqidagi va yuzaga kelgandan so`ng oilaviy hayot davomida bo`ladigan o`zgarishlar haqidagi ilmiy asoslangan bilimlar bilan tanishtirish.
3. Yoshlarda oilaviy hayotda muqarrar sodir bo`ladigan o`zgarishlar, muammolar, qonuniyatlar haqida ilmiy asoslangan to`laqonli tasavvurni shakllantirish va ularni bu jarayonlarga tayyorlash.
4. Yoshlarni oilaviy hayotda yuzaga keladigan muammolarga qonstruktiv tus berishga, destruktiv yo`nalishdagilaridan esa saqlanishga o`rgatish.
5. Yoshlarda oilaviy hayotning o`ziga xos xususiyatlarini ilmiy asoslangan tarzda talqin etib, muammoli vaziyatlardan psixologik oqilona (oilaga va uning mustahkamligiga salbiy ta`sir etmagan holda) chiqish imkonini beruvchi malakalarni shakllantirish.
6. Yoshlarda o`z umr yo`ldoshini to`g`ri tanlash malakalarini shakllantirish.
7. Yoshlarni oilaviy muloqotga tayyorlash.
8. Yoshlarni oilani rejalashtirishga o`rgatish.
9. Yoshlarni jinsiy hayotga ilmiy asosda tayyorlash.
10. Yoshlarda oilaning mustahkamligini ta`minlovchi bilim va malakalarni shakllantirish.


11. O`quvchilarda oilani o`rganuvchi psixologik tashhis metodikalari bilan ishlash va ular yordamida olinadigan natijalarni to`g`ri talqin etish malakalarini shakllantirish.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling