Pedagogika psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi oila psixologiyasi


Bilimlarni tekshirish uchun savollar


Download 0.84 Mb.
bet6/62
Sana22.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1646954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
OILA PSIXOL MA\'RUZALAR (1)

Bilimlarni tekshirish uchun savollar
1. Оilа psiхоlоgiyasi fаnining prеdmеti nimа?
2. Оilа psiхоlоgiyasining mаqsаd vаzifаlаri nimаlаrdаn ibоrаt?
3. Оilа psiхоlоgiyasining mеtоdlаrini kеltiring.
4. Оilа psiхоlоgiyasi qаysi fаnlаr bilаn o’zаrо bоg’liq?
5. YOshlаrni оilаgа tаyyorlаsh nimа uchun zаrur?
6. Dаvlаt vа jаmiyat miqyosidа оilаgа оid хujjаtlаrni аyting.
7. Оilа kоdеksini shаrhlаb bеring.
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro’yхаti
1. “O’zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasi” Tоshkеnt “O’zbеkistоn”-1998 yil
2.“O’zbеkistоn Rеspublikаsining Оilа kоdеksi” Tоshkеnt “Аdоlаt”-1998 yil
3.Kаrimоvа V. “Оilа mа’rifаti” Tоshkеnt-2009 yil
4.SHоumаrоv G’.B. “Оilа psiхоlоgiyasi” Tоshkеnt “SHаrq” -2008 yil
5.Kаrimоvа V. “Оilаviy hаyot psiхоlоgiyasi” O’quv qo’llаnmа Tоshkеnt-2006 yil
2- MAVZU: OILA VA OILAVIY MUNOSABATLAR BORASIDAGI QARASHLAR
REJA
1.Sharq mutafakkirlarining oila haqidagi qarashlari
2. «Avesto»da oila haqida bayon etilgan fikrlar
3. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf xos Hojib, Alisher Navoiy, YUsuf Toslaviy va boshqa mutafakkirlarning oila xususidagi qarashlari
4.Islomda oilaviy munosabatlar masalalari
Аsоsiy tаyanch tushunchаlаr:
«Avesto» —Zardushtiylikning qadimiy kitobi
Qur'on - Islom dinining muqaddas kitobi
Oila boshqa turdagi kichik guruhlardan qanday xususiyatlari bilan ajralib turadi?
Ma'lumki, nikohga va yaqin qarindoshlikka asoslangan axloqiy mas'uliyat, o'zaro hurmat, tushunish va mehr-muhab- bat umumiyligi bilan bog'langan kichik ijtimoiy guruhni oila deyiladi. Oila boshqa turdagi kichik guruhlardan o'zining bir qator jihatlari bilan ajralib turadi:
birinchidan, oila ko'p muddatga, Yani bir necha o'n yillar va ko'p yillarga mavjud bo'ladi;
ikkinchidan, oilada shaxslararo munosabatlarning bir necha turlari amalga oshadi, Yani milliy mafkuramizga oid ilk tushunchalar, avvalo oila muhitida singadi va bu jarayon bobolar o'giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Bunda oilaviy munosabatlarda tarbiyaviy, psixologik, hissiy, moliyaviy, jinsiy va boshqa vazifalarning amalga oshirilishi kuzatiladi;
uchinchidan, oiladagi barcha munosabatlar zaminida salbiy yoki ijobiy holatlar yuzaga keladi, Yani oila a'zolaridan kimningdir kimgadir ta'siri oqibatida shaxs yoki yaxshi shakllanishi va komil inson darajasiga yetishi yoki tarbiyasi og'ir, xulqi buzuq odam bo'lib tarbiyalanishi mumkin. Demak, jamiyat uchun nihoyatda ahamiyatli hisoblangan ota-ona va bola, er va xotin, oila a'zolarining o'zaro munosabatlari bilan bog'liq bo'lgan muammolar aynan oila negizida yuzaga keladi. Shuning uchun ham qadim zamonlardan boshlab oila, undagi munosabatlar masalalari har bir davrning donishmand, olim, mutafakkirlari tomonidan o'rganilib kelinganligini va ularning qarashlarida bu masalalarning yoritilganligini kuzatamiz. Bu qarashlarni, fikrlarni sizning hukmingizga havola etish orqali oila, o'zaro munosabatlar muammolari bizning hayotimizda doimo muhim masalalar sirasiga kirishini qayd etamiz.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling