Pedagogika psixologiya fakulteti


Bob.Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar tafakkurining o`ziga xos xusussiyatlari


Download 77.63 Kb.
bet6/8
Sana05.01.2022
Hajmi77.63 Kb.
#217420
1   2   3   4   5   6   7   8
2.Bob.Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar tafakkurining o`ziga xos xusussiyatlari.

2.1.Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalarning bilish faoliyatida tafakkurning o`rni.

Nutq tafakkur bilan chambarchas bog`langandir .Odam nutq bo`lmasa ,til vositalari bo`lmasa,til vositasi bo`lmasa fikr qila olmaydi.Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalarning bilish faoliyatida taffakurning o`rni yetakchidir. Nutq fikrlash qobiliyatidir.Tafakkur bo`lmasa nutq til bo`lishi mumkin emas.Taffakur va nutq turli hodisalardir,lekin ayni vaqtda bu ikki hodisa bir-biri bilan chambarchas bog`langan.Nutqi to`liq rivojlanmagananligi muammosini ilk bor nazariy jihatdan R.Y.Levina asoslab bergan.Nutqning to`liq rivojlanmaganligi deb,intelekti normada bo`lgan nutqning fonetik va fonematik ,leksik va Grammatik tomondan rivojlanmaganligiga aytiladi.Nutq to`liq rivojlanmagan bolalarda tovushlar talafffuzi va ularni eshitib farqlash u yoki bu darajada buzilgan bo`ladi.Morfemalar sistemasini o`zlashtirish ko`nikmalari yaxshi egallanmaydi.Lug`at boyligi yosh normasida ham miqdor ham sifat ko`rsatgichlari bo`yicha orqada qoladi,bog`lanishli nutq yetrli darajada rivojlanmaydi.Bunday bolalar bilish faoliyatida tafakkurning roli juda ham kata.Nutqning toiiq rivojlanmaganligini R.Ye. Levina (1961) uch daraja bilan belgilaydi: nutqiy aloqa vositalarining umuman yo‘q bolishidan to fonetik-fonematik va leksik-grammatik jihatdan rivojlanmaganlik elementlariga ega boigan mukammal nutq buzilishigacha.Nutq to'liq rivijlanmaganligining 1-darajasi nutqning boimasligi bilan xarakterlanadi. Bunday bolalar nutqsiz bolalardir. 4—6 yoshdagi bunday



bolalarning lug‘at boyligi kambag‘al, noaniq boiadi. Nutqiy tovushga

taqlid qilish, tovushlar kompleksi bilan chegaralangan boiadi. Narsa va borishi xarakterli xususiyat hisoblanadi: "tu-tuM-mashina, parovoz, samolyot, qayiq; "taq"-yiqildi, tushurib yubordi, sindirdi, buzdi. Bu nutqni tushunish pasaygan boiadi, ular ko‘p so‘zlarning ma’nosini bir-biri bilan almashtiriladi, fonematik o‘quv buzilgan boiadi. Nutq toiiq rivojlanmaganligining bu darajasiga ega boigan bolalar uchun tovushlar analizi bo‘yicha berilgan topshiriqlar tushunarsiz boiadi.Nutq to'liq rivojlanmaganligining 2-darajasi dastlabki keng qollanadigan odatdagi nutqning boiishi bilan xarakterlanadi. Bolalar oddiy jumlalardan foydalana biladilar, ma’lum lug‘at boyligiga ega boladilar. Ular narsalar, hodisalar, alohida belgilar nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqing qo‘pol darajada rivojlanmaganligi yaqqol ifodalangan boiadi. Ular ikki-uch so‘zdan iborat gaplardan foydalanadilar. Lug‘at boyligi shu yoshga mos keladigan normadan kam boiadi. Umumlashtiruvchi so‘zlarni (mebel, kiyim, sabzavotlar, mevalar va boshqalar) bilmaslik kuzatiladi. Nutq to'liq rivojlanmaganligining 3-darajasi — nutqda leksik- grammatik va fonetik-fonematik jihatdan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi. Bolalar nutqqa ega boMgan holda kishilar bilan aloqa bog`lay oladilar, lekin buni ota-ona (tarbiyachi) ishtirokida, ulaming muayyan tushuntirishlari yordamida bajaradilar. Bunday bolalar uchun erkin holda aloqada boMish juda qiyin. Tovushlami talaffuz qilishda ulami bir-biridan ajrata olmaslik, tovushlar guruhini artikulatsiya jihatidan osonroq bo`lgan tovushlarga almashtirish ba’zi hollarda tovushlami buzib talaffuz qilish bu bolalar uchun xarakterlidir. Lug‘at ham normadan orqada qolgan bo`ladi, lug'at boyligi analizida leksik holatlarning o'ziga xosligi ko'rinadi. Tekshirishda gaplarni, gaplarda so'zlarni oxirigacha gapirmaslik kabi turg'un grammatik xatolar kuzatiladi. Ko'pchilik hollarda ular qo'shimcha qo'shilish bilan so'z ma’nosining o'zgarishini tushunib yetmaydilar.Nutq to'liq rivojlanmaganligining differensial tashxisi.rivojlanish tempining sekinlashuvi (nutqiy rivojlanishning orqada qolishi)Nutq to'liq rivojlanmaganligini, odatda, nutqiy rivojlanishning sekinlashuvi sifatida talqin qilinuvchi vaqtinchalik e’tibomi holatlardan chegaralash masalasi turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha hal etilgan. Bir qancha olimlar nutq to'liq rivojlanmaganligida barcha til sistemalari tuzilishidagi kamchiliklari bo'lishini tushungan holda, bu tushunchaga yanada e’tiborga loyiq bo'lgan holatlami kiritadilar. Biroq, bolalardagi nutqiy buzilishlar muammosiga dialektik jihatdan yondashuv, eng avvalo nutq buzilishlarining namoyon bo'lish dinamikasi va bartaraf etishishiga bog'liq ravishda, nutqiy rivojlanishdagi turli xil buzilishlarni chegaralash muhimligini ko'rsatadi.Kuzatishlaming ko'rsatishiga muayyan yosh bosqichida nutq barcha tomonlarining shakllanmaganligiga ega bolalarning bir qismi sistemali olib borilgan logopedik mashg'ulotlardan so'ng o'z nutq kamchiliklarini to'liq bartaraf eta oladilar va keyinchalik esa ommaviy maktablarda muvaffaqiyatli o'qish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Maktabgacha yoshda o'xshash nutq kamchiliklariga ega yana bir qism bolalarda esa sistemali logopedik mashg'ulotlar o'tkazilgandan so'ng ham bir qator hollarda, ular o'z nutqiy kamchiliklarini to'liq bartaraf eta olmaydilar, keyinchalik esa nutq kamchiligiga ega bolalar uchun tashkil qilingan maxsus maktablarda ta’lim-tarbiya ola turib ham uzoq yillar mobaynida yaqqol ifodalangan nutq kamchiliklariga ega bo‘lib qolaveradilar. Ehtimol, kichik maktabgacha yoshda tashqi ko‘rinishidan o‘xshash nutq nuqsonlariga ega bolalarda nutq kamchiligining paydo boMish mexanizmlari va tuzilishi bir xilda emasdir, lekin nutq tuzilishining dinamikasi turlicha boMadi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, ham amaliy, ham nazariy munosabatdan olib qaralganda nutq buzilishlari holatlariga ko‘ra alohida guruhlarga ajratiladi.Eng avvalo nutq to ‘liq rivojlanmaganligini nutq shakllanishi tempining sekinlashuvidan farqlash lozim. Bunday zaruriyat asosan kichik maktabgacha yoshda, qachonki nutq rivojlanshining kechikishi va uning rivojlanish tempini sekinlashuvi aniqlanganda yuzaga keladi. Bu hollar birmuncha to'g'ri farqlash ta ’limiy logopedik ta ’sir jarayonida amalga oshiriladi. Muhim diagnostik mezonlardan birif bola tomonidan ona tilidagi grammatik normalami o‘zlashtirish imkoniyati hisoblanadi. Nutqiy rivojlanish tempining sekinlashuvida bola о '.ziga qaratilgan nutqni, shu jumladan so ‘zlaming grammatik о ‘zgarishlari ahamiyatini ко 'pincha yetarli darajada yaxshi tushunadi; ular o'xshash jaranglovchi so'zlar ahamiyatini tushunishda xato qilmaydilar. Nutqiy rivojlanish tempining sekinlashuvida nutq tiklanishi jarayonida so'z tarkibi buzilishlari va agrammatizm uchramaydi. Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar uchun bu Shunday qilib, nutqiy rivojlanish sekinlashuvida bola nutqining rivojlanishi normal nutq rivojlanishidan faqat o‘zining templari bilan farq qiladi. Impressiv va ekspressiv nutqdagi leksik-grammatik tarkib shakllanishining qonuniyatlari normal ontogenezdan farq qilmaydi. Nutqiy rivojlanishi sekinlashgan bolalarning grammatik tizimini qo‘llashi xarakteri normal bolaning (kichikioq yoshli) nutqiy rivojlanish darajasiga mos keladi. Nutqiy rivojlanishi sekinlashgan bolalar til umumlashmalarini esa egallay olmaydilar.Tafakkur haqida tushuncha, inson tafakkurining imkoniyatlari, tafakkur operatsiyalari, mantiqiy shakllari, turlari, sifatlari, tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar, tafakkurning individual tafovutlari, tushunish masalasi, muammoli vaziyatlar va masala yechish jarayoni­da tafakkurning ishtiroki, tafakkur jarayonida ko‘chish holatining fikr yuritish samaradorligi va tezligiga ta’siri masalalariga ushbu mavzu bayonida alohida e’tibor qaratilgan.Bundan tashqari til va tafakkur o‘rtasidagi bog‘liqlik, tilning fikr ta’sirlami fikr bayonida, ma’lumotlar almashish jarayonida, o‘zaro tushunish hamda o‘zaro ta’sir jarayonidagi roli atroflicha yoritib berilgan.Inson o‘z tafakkuri, ongi bilan hayvonot olamidan ajralib chiqqan hamda jahonning hukumdoriga aylangan. Tafakkur inson bilish faoli­yatining yuksakbosqichi hisoblanib, uning yordami bilan atrof-muhitga aloqador qonuniyatlar ochiladi, bunyodkorlik ishlari ro‘yobga chiqa- riladi, jamiyatning istiqbol rejalari yaratiladi, tabiatga nisbatan muno- sabat o‘matiladi. Ma’lumki, olamdagi barcha narsalarning yaratilishi, loyihasi, tuzilishi, yaqqol ijrosi, g‘oyalar ishlab chiqilishining barchasi tafakkur mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Taraqqiyot (progress), madaniyat, jamiyat, shaxs kamoloti negizida salohiyat majmuasi tarzida yuzaga keluvchi, rivojlanishning harakatlantiruvchisi - tafakkur yotadi. Inson o‘z tafakkuri, nutqi, ongi mavjudligi tufayli dunyodagi, borliqdagi mavjudotlardan ham mazmun, ham miqdor jihatidan yuksak kamolot darajasiga ko‘tarilgan. Xuddi shu bois inson tafakkurini rivojlantirish, takomillashtirish, ichki imkoniyatlari, mexanizmlarini ro‘yobga chiqarish taraqqiyotni belgilovchi omil sifatida gavdalanadi.B ugungi kunda biz insonlar butun yer yuzidagi o‘ta murakkab J -J telefon tarmoqlariga qaraganda ancha murakkab tuzilishdaniborat bo‘lgan atigi uch funtli inson miyasini tadqiq eta oldik: yangi tug‘ilgan chaqaloq- laming qobiliyatlaridan taajjubga tushdik; inson ongining vizual obrazlarini bir vaqt­ning o‘zida, parallel ishlov berish uchun rangli obrazlami yaratuvchi millionlab nerv impulslariga taqsimlovchi sensor tizimini munosib baholay oldik; inson xotirasining umumiy ko‘rinishi bilan hajmining cheksizligini va biz tevarak-atrofdan olayotgan axborotlarga ongli hamda anglamagan holda osonlik va zudlik bilan ishlov berishi- mizga ishonch hosil qildik. Shuning uchun insoniyat vakillari orasida fotoapparat, avtomobil va kompyutemi ixtiro qilgan, atomni parchalagan va genetik kodni kashf etgan, kosmik fazoni zabt etgan va okean tubiga sho‘ng‘iy olgan daholaming mavjudligi ajablanarli hoi emas.Psixologiya fani paydo bo‘lgandan buy on soha doirasida ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lsa-da tafakkur muammosi eng kam o‘rganilgan kategoriya sanaladi. Mavzuni o‘qib-o‘zlashtirish jarayonida bu muammoning mohiyatini o‘zlashtirish juda ham murakkab- ligini tushunasiz. Biz tafakkurning ba’zi aspektlarini va qismlarini tadqiq qila olamiz va hamma savollarga javob bera olmasak ham ulami aniqlashtirishga harakat qilamiz.Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a’zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo`lmaydigan narsa va hodisalami ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o‘rtasida ko‘z bilan ko‘rib, quloq bilan eshitib bo‘lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog‘lanish hamda qonuniyatlami biz tafak­kur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb, narsa va hodisalar o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlar va munosabatlaming ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.Aynan tafakkur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalaming mohiyatini bilish imkoniga ega bo‘lamiz. Shu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasavvur va bavosita tafakkur muhim rol o‘ynaydi.Psixologiya fani nimadan bahs etadi, degan an’anaviy savol mavjuddir, biroq hozirgi davrda tafakkur psixologiyasining predmeti nima degan savol tug‘ilmoqda. MaTumki, psixologiya fani tafakkumi o‘rganadigan yagona fan emas, chunki uning ayrim jihatlarini logika, filosofiya, hatto kibemetika tadqiq qilmoqda. Shuning uchun tafakkur psixologiyasi predmetini aniqlash juda muhim masalalardan biriga aylanib qolmoqda.

Tafakkur - bizning olamimizni tashkil etuvchi, ongimizni shakl- lantiruvchi va rivojlantiruvchi, muammolami hal qilish va samarali yechim topishni ta’minlovchi deganidir.

Tafakkur yoki bilim - bu ma’lumotlarga ishlov berish, qayta ish­lash, ularni tushunish va uzatish bilan bog‘liq aqliy faoliyatdir. Tafakkur psixologiyasi sohasini o‘rganish bilan kognitiv psixologlar shug‘ullanadilar, ular obrazlar yaratish, muammolami hal qilish, qaror qabul qilish va mulohazalami shakllantirishning mantiqiy, ba’zida esa nomantiqiy yo‘llarini tadqiq etadilar.uning uchun ma’lum ma’no va mohiyatga ega bo‘ladi. Aks holda u eslab qolmaydi ham, keyingi safar analogik obyekt bilan to‘qnash laveradi. Ya’ni, biz ko‘rgan, eshitgan, his qilgan narsalarimizning barchasi та’noli, kerak bo‘Isa, ma’nili bo‘lishini xohlaymiz.Shunisi xarakterliki, ana shunday narsa va hodisalarga biz tomondan beriladigan та ’no har bir alohida shaxs tomonidan turlicha Masalan, olim uchun har qanday kitob - hayotining ma’nosi bo‘lsa, dehqon uchun yer va undan olinadigan hosil - ahamiyatli ma’no va mazmun kasb etadi. 0 ‘sha kitob misolini oladigan bo‘lsak, kitob industriyasi bilan shug‘ullanuvchi muhandis uchun - ishlab sulot, o‘quvchi uchun - ilm manbayi, muallif-olim uchun - ijodining mevasi, eng qimmatli narsadir.qadr-qimmatiga bevosita ta’sir etadi, u goh ijobiy, goh salbiy bo‘lishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan ham biz narsa va hodisalarga tan- lab munosabatda bo‘lamiz. Tilshunoslikni kasb etib tanlagan talaba uchun kibemetik modellashtirishga bag‘ishlangan ma’ruza qanchalikzerikarliday tuyulsa, iqtisodchilik kasbini egallamoqchi bo‘lganlar uchun pul, foyda va daromad olish yo‘llari haqidagi ma’lumotlar shunchalik ahamiyatli, oddiy so‘zning morfologik tahlili - shunchalik befarqlik holatini keltirib chiqaradi. Demak, bizning dunyoni, uning sir-asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa va hodisalaming biz uchun shaxsiy aloqasi, ahamiyatliligi darajasi yotadi. Ana shunday dunyoni tushunishimiz, anglashimiz va unga ongli munosabatimizni fakkur, fikrlash deb ataladi. Tafakkur - atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bevosita, umumlashgan holda aks ettirivchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog'lanishlarni anglashga, yangilik ochisnga va bashorat jqilishgayo ‘naltirilgan aqliy faoliyatdir.Nutq va tafakkur bir-biri bilan uzviy bog`liqdir.Psixologik nuqtai nazardan insonning bilish jarayonlariga diqqat, sezgi, idrok ,xotira,tafakkur, xayol kabi jarayonlar kirib insonning bolalikdan rivojlanishi mobaynida ushbu jarayonlar ham turli faoliyatda rivojlanib boradi.Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlaydigan, yo`naltirilgan tusdaligidan iborat.Tevarak atrofdagi olamning ko`plab ta`sirlari orasidan kishi hamisha nimanidir tafakkur qiladi.Tafakkur bolaning bog`cha yoshidagi davridan juda tez rivojlana boshlaydi.Buning sababi

Birinchidan ,bog`cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining anchagina ko`payishi;

Ikkinchidan,bu davrda bolalar nutqining nisbatan yaxshi o`sgan bo`lishi;

Uchinchidan,bog`chada harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo`lishdir.

Ayniqsa, nutqi to`liq rivojlanmagan bog`cha yoshidagi bolalar o`zlarining mustaqil harakatlari davomida atrofdagi turli narsalar bilan bevosita taqqoslash,analiz qilish va nihoyat umumlashtirish kabi fikr qilish jarayonlarini vujudaga keltiradi va umumlashtiradi.Bog`cha yoshidagi bolalarda har xil sohalarga oid savollarning tug`ilishi ular tafakkurining shakllanayotganligidan darak beradi.Shuning uchun, bolalarning savollariga doimo ahamiyat bilan qarash kerak.Bola o`z savollariga javob topa olmasa yoki kata odamlar savoliga e`tabor bermasalar,undagi qiziquvchanlik sinchkovlik susaya boshlaydi.Lekin bog`cha yoshidagi bolalarning hamma savoliga javob berish qiyin,chunki ular o`zlari mutlaqo tushunmaydigan narsalar hodisalar haqida savol beraveradilar.

Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron narsaga tushuna olmasdan, biron narsadan taajublanish ,hayron qolish natijasida hosil bo`ladi.Juda ko`p ota –onalar va ayrim tarbiyachilarga ortiqcharoq savol bersalar,ularni jerkib berishadi.

Bolalar beradigan savollarning juda qiziq bo`lishiga bir necha sabablar bor:

Birinchidan-bog`cha yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni qanday bo`lsa,shundayligicha ya`ni yaxlit holda huddi rasmdagidek aks ettiradilar.

Ikkinchidan- ularda kata odamlardek idrok qiladigan narsa va hodisalarni chuqur analiz va sintez xususiyatlari xali o`smagan bo`ladi.

Uchinchidan-ularda turli tabiat-jamiat hodisalarga oid ilmiy tushunchalar xali tarkib topmagan bo`ladi.

To`rtinchidan-ularning turmush tajribalari juda oz bo`ladi.Bog` cha yoshidagi bolalarning beradigan savollaridan ular tafakkurining konkret obrazli xarakterga ega ekanligi ham ko`rinib turadi.

Nutq buzilish va psixik rivojlanishning boshqa tomonlari o`rtasidagi bog`liqlik tafakkurning o`ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqaradi.Bolalar o`z yoshiga mos fikrlash operatsiyalarinin egallab olishni umumiy to`la shart-sharoitlarga ega bo`lib turib,ularda so`z mantiqiy tafakkur rivojlanishi ortda qoladi va bunday bolalar maxsus o`qitishsiz analiz- sintez ,taqqoslash va umumlashtirishni egallashda qiyinchilikka duch keladilar.Bular harakatni boshqarish yomonligi ,me`yoriy harakatlarni bajarishda ishonchsizligi ,bajarish tezligi va chaqqonligining pasayishi bilan ifoda etiladi.Eng kata qiyinchiliklar, so`z ko`rsatmalari bo`yicha harakatlarni bajarishda aniqlanadi.Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar normal rivojlangan bolalardan topshiriqlarni bajarishda masofa, vaqt , tafakkur ko`rsatgichlarida ortda qoladilar,xarakatlar ketma –ketligi tartibi buzilib, uni tashkil qiluvchi qismlarni qoldirib ketadilar.

Nonutqiy jarayonlarni to`g`ri baholsh nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar tipik rivojlanishi qonuniyatlarinin aniqlash va shu bilan birga ularni o`rnini to`ldiruvchi imkoniyatlarni aniqlash uchun zarurdir.Bolalarda bolish faoliyatlarini rivojlanishi tevarak- atrof,kishilar mehnati va bola yashayotgan muhitdagi barcha predmetlar va narsalarni bilish va o`rganish orqali rivojlanib boradi.Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalarda tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda voqea bo`lmaydi, balki aksincha tafakkur idrok bilan ,hotira bilan, xayol va nutq bilan diqqat ,his ,iroda bilan chambarchas bog`langan.Tafakkur qanchalik murakkab bo`lsa , unda boshqa psixik jarayonlar shunchalik ko`p joy oladi.

Ayrim psixik jarayonlarning tafakkurdagi ahamiyati ,jumladan quydagilardan iboratdir.

Biz idrok qilayotgan voqealik, biz turgan vaziyat tafakkurning birinchi va doimiy mavzusidir.Idrok qilish chog`ida turli savollar paydo bo`ladi, savollar esa, tafakkur faoliyatini yanada davom ettiradi. Bizning birinchi fikrlarimiz ,birinchi muhokalarimiz idrok qilinayotga narsalar to`g`risidagi muhokamalardir.Ba`zan odam hatto abstrakt masalalarni hal qilish paytida ham narsalarni bevosita idrok qilishga yoki shu narsalar tog`risidagi tassurlariga murojaat qiladi va bunday qilish ish uchun katta foyda keltiradi.Biroq,odamning tafakkuri faqat idrok doirasidagina sodir bo`lib qolmaydi.Odam o`zi idrok qilayotgan narsalar to`g`risida ham o`zidagi tajribaga tayanib ,mavjud tassurlarga tayanib , fikr qiladi.Shu sababli taffakur jarayonlarda xotiraning faoliyati ,jumladan esga tushirish jarayoni katta o`rin oladi.Xotirada mustahkamlab qolgan tajriba va bilimlar odam taffakurining mazmunli va samarali bo`lishini hiyla darajada belgilaydilar.Tafakkur jarayonlarida xayol katta o`rinni oladi.Tafakkur uchun kerakli aniq obrozli material xotiradan olinganidek ,fantaziyalardan ham olinadi.Xayol tafakkurning kengligiga va sermnahsul bo`lishiga ta`sir qiladi.Xayol qilish qobiliyati sust rivojlangan nutqi to`liq rivojlanmagan bolalarda,tafakkur ularning o`zlarida bo`lgan tajriba va bilimlar doirasida voqe bo`ladi.Bu tafakkur atrofdagi narsalarga “yopishib qolganligi” kam mahsulliligi ,o`zining orginal bo`lmasligi va biron nimani ixtro qilmasligi bilan farq qiladi,ko`pincha yuzaki va mayda –chuyda narsalar to`g`risida fikr yuritish bilan cheklanadi.Shu sababli, keng, kuchli va real fantaziyani rivojlantirish keng , mazmunli, original va ijodiy tafakkurni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biridir.


Download 77.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling