75. Undosh fonemalar qanday tasnif qilinadi ?
A) Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra
B) Hosil bo'lish o'rniga ko'ra
C) Hosil bo'lish usuliga ko'ra
D) Har uchala usulga ko'ra
76. Jarangli undoshlar qaysi qatorda berilgan ?
A) b, v, g, d, z
B) k, p, s
C) t, f, x
D) ch, sh, q, h
77. Sonor undoshlar qaysilar ?
A) b, v, g, d, z
B) k, p, s
C) m, n, ng, l, r
D) t, f, x
78. Portlovchi undoshlar qaysi qatorda berilgan ?
A) b, p, d, t, q, k, g
B) v, j, z
C) y, s, f
D) x, sh, g', h
79. Shovqinli, jarangli, portlovchi, lab undoshlar qaysi tovush ?
A) b
B) p
C) v
D) m
80. Ek+gan – ekkan, bir+ta – bitta kabi tovush o'zgarishlari nima deb ataladi ?
A) Assimilyatsiya
B) Dissimilyatsiya
C) Metateza
D) Pozitsion o'zgarish
81. Dissimilyatsiya hodisasi qaysi qatorda ko'rsatilgan ?
A) Ayt+dir – ayttir, ot+day + ottay
B) Daryo – dayro, yomg'ir - yog'mir
C) Devor – devol, zarur – zaril
D) Bo'yin – bo'yni, bag'ir – bag'ri
82. Nutq jarayonida so'z tarkibidagi tovushlarning o'rin almashishiga nima deyiladi ?
A) Assimilyatsiya
B) Dissimilyatsiya
C) Metateza
D) Pozitsion o'zgarish
83. Nutqning asosiy fonetik birliklari qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan ?
A) Fraza, urg'u, intonatsiya, harf
B) Nutq tovushlari, intonatsiya, takt
C) Fraza, takt, fonetik so'z, bo'g'in, tovush
D) Takt, urg'u, tovush
84. Uning tevaragida mayda hasharotlar ko'p, bular ham o'zlariga yarasha hayvonlik istaydilar. (A. Q.) gapi nechta taktdan iborat ?
A) 3 ta
B) 4 ta
C) 5 ta
D) 6 ta
85. Til oldi unlilari qaysi qatorda berilgan ?
A) a, u, o
B) i, o, u
C) u, o', o
D) i, e, a
86. Vodiylar qiyg'os ochilgan g'o'zalardan oppoq bo'lib ketadi ?
A) 4 ta
B) 5 ta
C) 6 ta
D0 7 ta
87. Oqil va donolar bilan suhbatdosh bo'ling. - Gapi nechta fonetik so'zdan tashkil topgan ?
A) 3 ta
B) 4 ta
C) 5 ta
D) 6 ta
88. Bo'g'inning ta‘rifi qaysi javobda keltirilgan ?
A) O'z urg'usiga ega bo'lgan so'z
B) Bo'g'iz bo'shlig'idagi paychalarning tebranishidan hosil bo'lgan ovoz, nutq organlarida hosil bo'ladigan shovqin
C) O'pkadan keladigan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikmasi
D) Frazaning ikki qisqa pauza orasida keluvchi va bir bosh urg'u bilan aytiluvchi bo'lagi
89. Nutqning eng katta mustaqil birligi nima deb ataladi ?
A) Fraza
B) Takt
C) Fonetik so'z
D) Matn
90. Rus tilidagi karandash, kazna, utyug, kirpich so'zlari qaysi tildan o'zlashgan ?
A) Grek
B) Lotin
C) Eron
D) Turkiy
91. Oltoy tillar oilasiga turkiy tillardan tashqari yana qanday tillar kiradi ?
A) Eron tillari
B) Hind tillari
C) Slavyan tillari
D) Mo'g'ul tillari
92. Samarqandga borsam men agar, Ulug'bekni ko'rib qaytaman. (M.Yu.) gapidagi ma‘no ko'chish qanday usul bilan amalga oshirilgan ?
A) Metafora
B) Metonimiya
C) Sinekdoxa
D) Funktsiyadoshli
93. Paronim so'zlar qaysi qatorda berilgan ?
A) Past-baland, katta-kichik
B) To'y-tomosha, irim-sirim
C) Arqon-arkon, arpa-arfa, abzal-afzal
D) Oshna, do'st, o'rtoq, jo'ra
94. Qaysi so'z etimologik jihatdan «Xitoy olmasi» degan ma‘noni beradi ?
A) Mandarin
B) Apelsin
C) Banan
D) Ananas
95. Vatan – ona so'zi naqadar aziz
Sensan har narsadan mo'‘tabar, aziz. (U.)
Ushbu she‘riy parchada qanday so'zlar guruhi mavjud ?
A) Omonimlar
B) Sinonimlar
C) Antonimlar
D) Paronimlar
96. Tanbur, nay, surnay, karnay, chang, rubob so'zlari o'zbek tiliga qaysi so'zdan o'zlashgan ?
A) Tojik-fors
B) Arab
C) Eron
D) Xitoy
97. Mum tishlamoq – jag'i ochilmoq iboralari qaysi turga kiradi ?
A) Frazeologik sinonim
B) Frazeologik omonim
C) Frazeologik antonim
D) Frazeologik polisemiya
98. Pashshadan fil yasadi iborasi frazeologizmlarning qaysi turiga kiradi ?
A) Frazeologik qo'shilma
B) Frazeologik birlashma
C) Frazeologik chatishma
D) Frazeologik omonim
99. Qaysi qatorda eskirgan (arxaik) so'zlar ko'rsatilgan ?
A) Muhandis, muarrix, tilmoch
B) Bakovul, xalfa, devonbegi
C) Qo'sh, omoch, charx
D) Yorg'uchoq, yasovul, chaqirim
100. Lug'at va uning turlari, lug'at tuzish asoslari tilshunoslikning qaysi bo'limida o'rganiladi ?
A) Leksikologiya
B) Frazeologiya
C) Leksikografiya
D) Grafika
Kafedra mudiri: dots. Halilova D.
Tuzuvchilar: dots. Hazratqulov A.
k/o'q. Murtozov Z.
Do'stlaringiz bilan baham: |