17. Berilgan gapdagi ko'chma ma‘noli so'z qaysi usulda ko'chgan ?
Navoiyni o'qirdi u juda berilib.
A) Metafora
B) Vazifadoshlik
C) Sinekdoxa
D) Metonimiya
18. Qaysi gapda ko'chma ma‘no metonimiya yo'li bilan ko'chgan ?
A) Qodirqul etigining tumshug'i bilan bir tepdi.
B) Karimboy zal etagida tik turib, duoga qo'l ochdi.
C) Ulug' qabrning ustida Hirot yig'ladi.
D) Ariqning qulog'ini yana kengaytirdi.
19. Qaysi gapda ko'chma ma‘no sinekdoxa yo'li bilan hosil qilingan ?
A) Oltin so'zlarni aytdingiz.
B) Burnim egarning qoshiga tegib ketdi.
C) Tilni kesar uzumlarning sharbati.
D) Eshitgan quloq nima deydi ?
20. quyidagi gapda ko'chma ma‘no qaysi yo'l bilan hosil bo'lgan ?
Besh qo'l baravar emas. (maqol).
A) Metafora
B) Sinekdoxa
C) Metonimiya
D) Vazifadoshlik
Do'stlaringiz bilan baham: |