168. Individuallik - bu:
A. Shaxsning hayot davomida orttirgan tajribasi
B. Chaqaloq, tilni va oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan odam
C. Shaxs psixologik xususiyatlarining qaytarilmaydigan birikmasi
D. Ayrim psixologik jarayonlarning har bir shaxsning o’zigagina xos bo’lgan xususiyatlari
169. Temperament va xarakter:
A. O’zaro bog’liq, ammo aynan bir xil emas
B. Bir-biriga tobe bo’lmagan xususiyatlarga ega
C. Mohiyatiga ko’ra aynan bir xil xususiyatlarga ega
D. O’zaro bog’liq emas, bir xil xususiyatlarga ega emas
170. Qobiliyat – deb:
A. Kishining voqelikka bo’lgan munosabatida vujudga keladigan va uning xulq-atvori, xatti-harakatida ta’sir qoldiradigan, muhim barqaror psixik xususiyat majmui
B. Shaxsning mazkur faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va buning uchun zarur bilim, ko’nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo’ladigan individual psixologik xususiyat
C. Odamning o’zi bilgan va bajarayotgan narsaga o’z munosabatini boshdan kechirish va muvaffaqiyatini belgilash jarayoni
D. His-tuyg’ularning paydo bo’lish tezligi va kuchida, hamda kishining umumiy harakatchanligida namoyon bo’ladigan individual psixologik xususiyat majmui
171. Iste’dod nima?
A. Kishining muayyan faoliyatga layoqati
B. Inson qobilyati taraqiyotining eng yuksak darajasini ta’minlovchi tug’ma imkoniyat
C. Ko’nikma, malaka, bilim
D. Qobiliyatlarda namoyon bo’ladigan tug’ma xususiyat.
172. Temperament so‘zining ma’nosi nimani anglatadi?
A. Shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o‘zgaruvchan) va emotsional - hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir.
B. Kishilik jamiyatida o‘zining xatti-harakatlari majmuidir.
C. Bo‘lib o‘tgan voqelikdagi voqea xodisalarini aks ettirish xolatidir.
D. Sezgi jarayonlar orqali qabul qilib va uni hayotga tadbiq etish jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |