Pedagogika-psixologiya


Download 145.29 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi145.29 Kb.
#1502454
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdurofiyeva Zaxro


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA” FAKULTETI

Defektologiya (Logopediya)yònalishi 513-20 (304)guruh talabasi


Abdurofiyeva Zaxroning “Tovush talaffuzi buzilishini bartaraf etishda maxsus tamoillarni qo'llanishning korrektsion ahamiyati”mavzusidagi

Kurs ishi

Ilmiy rahbar: ______________



Jizzax-2023

MUNDARIJA
KIRISH….….…………..………….………………………………...………..…..2

I BOB TO’G’RI TALAFFUZGA O’RGATISH VA NUTQNI O’STIRISH YUZASIDAN TAVSIYALAR
1.1 To’g’ri tallaffuzga o’rgatish nutqni o’stirish va nutq kamchilik sabablari ……………………………………….………………………….………………..5
1.2 Bola nutqida uchraydigan ayrim kamchiliklari va maxsus tamoillarni ahamiyati………………………………………...……………..………………..12
II BOB. NUTQ NUQSONLARINI BARTARAF ETISH TEXNOLOGIYASI.
2.1. Bolalardagi nutq nuqsonlarini bartarf etishda logoped faoliyati va otaonalar bilan hamkorlik ishlarini tashkillashtirish yo`llari………………………………19
2.2 Bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarini bartaraf etishda didaktik o`yinlarni turkumlash va ulardan foydalanish bo`yicha tavsiyalar …..…………………......26

XULOSA…………………………………………………………….………...…31

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………..……….…………..…32


KIRISH.
O‘zbekiston Respublikasida jahonning rivojlangan mamlakatlari kabi o‘quv texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, soha amaliyotiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, global axborot muhitidan samarali foydalanish ustuvorlik vazifalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy ta’limning maqsadi kasbiy, mutaxassislik salohiyati yuqori darajada bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan faol, mustaqil ijodkor pedagog shaxsini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish asosida tarixan shakllangan pedagogik tizimni yanada rivojlantirishga bog‘liqdir. Hozirgi axborotlashgan davrda oliy ta’lim jarayonida bo‘lajak mutaxassislarning mustaqil ta’limini tashkil etishning samarali omillarini aniqlash, innovatsion shakllarini amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llabquvvatlash, nogiron, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to‘laqonli hayot faoliyatini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish” kabi vazifalar belgilanib, bugungi kunda bo‘lajak logopedlarning kasbiy kompetentligini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoda bo‘lajak defektologlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda variativ yondashuvlardan samarali foydalanish, ularni axborot muhitiga asoslangan, mazmunan modernizatsiyalashgan mustaqil ta’lim vositasida korreksion ta’limga tayyorlash, oliy ta’limda kasbiy motivatsiyani rivojlantirishning didaktik ta’minotini yaratish, raqobatbardosh logopedlarni tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan o‘quvchilarni o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, so’nggi yillarda O’zbekistonda logopediya fanining rivojlanishida siljishlar ko’zga tashlanmoqda. Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar uchun maxsus muassasalar soni ko’paymoqda. Psixolingvistik tahlil asosida nutq patologiyasining eng murakkab turlari (afaziya, alaliya va nutqning to’liq 10 rivojlanmay qolishi, dizartriya) haqidagi muhim ma’lumotlar olinmoqda. Murakkab nuqsonlar: bolalarning aqliy zaifligi, ko’rish, eshitish, tayanch tayanch harakat apparatlari buzilishi paytidagi nutq buzilishlari o’rganilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llabquvvatlash, nogiron, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to‘laqonli hayot faoliyatini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish” kabi vazifalar belgilanib, bugungi kunda bo‘lajak logopedlarning kasbiy kompetentligini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Download 145.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling