Pedagogika-psixologiya
Download 145.29 Kb.
|
Abdurofiyeva Zaxro
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishini vazifasi
- Kurs ishining maqsadi .
- I BOB TO’G’RI TALAFFUZGA O’RGATISH VA NUTQNI O’STIRISH YUZASIDAN TAVSIYALAR To’g’ri tallaffuzga o’rgatish va nutqni o’stirish va uning sabablari
Mavzuni dolzarbligi. Nutq buzilishlarining ta’rifini keltirib, buzilishdagi tipik holatlarning etiopatogenezlarini tahlil etildi. Maktabgacha tarbiya va maktab yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan logopedik tuzatish ishlarining metodlari ochib berildi. Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar uchun tashkil etilgan o’quv-tarbiyaviy muassasalarda olib boriladigan ishlar
Kurs ishini vazifasi - nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini o`rganish - nutq buzilishlarining pedagogik diagnostikasi metodlarini ishlab chiqish. - nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini aniqlash. - nutq buzilishini bartaraf etish printsiplari, differentsiyalashgan metodlari va vositalarini ishlab chiqish. - nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish. - logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish. - o`qituvchi-defektolog va tarbiyachi ishidagi o`zaro bog’liqliqlarni bilish; Kurs ishining maqsadi . nutq kamchiliklarini bartaraf etishning qulay va samarali metodlaridan foydalanish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.Nutqida nuqsoni bor shaxslarni oʻqitish, tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish, shuningdek, nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir. Logopediya fan sifatida katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega boʻlib, u tilning, nutqning ijtimoiy mohiyati, bolaning talaffuzi, leksik-grammatik tuzumi, tafakkuri va butun ruxiy faoliyati uzviy bogʻliqligi bilan belgilanadi. I BOB TO’G’RI TALAFFUZGA O’RGATISH VA NUTQNI O’STIRISH YUZASIDAN TAVSIYALAR To’g’ri tallaffuzga o’rgatish va nutqni o’stirish va uning sabablari Nutq kishilarning tug’ma qobiliyati emas, u asta-sekin egallanadigan aloqa vositasi hisoblanadi. Inson nutq yordamida o’z fikrini, his-tuyg’ularini namoyon etadi hamda boshqalar hissiyotlarini bilib oladi. Bolalarning nutqi maromida bo‘lishi uchun bosh miya po‘stlogidagi nutq markazi to‘liq shakllangan bo‘lishi, ularning sezgi a’zolari-eshitish, ko‘rish, ta’m bilish, hid bilish, teri sezgisi yetarli darajada rivojlangan bo‘lishi kerak. Nutq rivojlanishi atrof-muhit bilan bogliq jarayon bo‘lib, bolaning yangi, aniq taassurotlar olishi uning harakatlari va nutqining rivojlanishida muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Bolani juda yoshligidan boshlab atrofdagi narsalarni tanishga, ularning ovozlarini eshitib, farqlashga o‘rgatib borishimiz zarur, bu bilan biz bola nutqi rivojlanishiga yordam bergan bo‘lamiz. Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqning to`g’ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to`g’ri nutq muhiti va ta’limtarbiyaga bog’liq. Nutq tug’ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi. Nutq buzilishlarini o`rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yo`lini, bu jarayonning o`ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o`ynovchi sharoitni bilish lozim. Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o`z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo`ladi. Turli kattalikdagi va turli xil sanoq materiallari, mozayka, optik-fazoviy tasavvurlarini aniqlash uchun turli rang va shakldagi narsalar to`plami. Turli o`lchamdagi narsalar yoki ularning rasmlari. Ovozli o`yinchoqlar to`plami: do`mbira, nay, pianino, ovoz chiqaradigan hayvon - o`yinchoqlar.Rasmlar to`plami (o`yinchoqlar): uy jihozlari, kiyim, idishtovoqlar, transportlar, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, sabzavotlar, mevalar. Fonematik idrokni tekshirish uchun maxsus qo`llanmalar: juft narsalarga oid rasmlar, bo`g’inlar, so`zlar. Bolalar nutqini har tomonlama tekshirish natijasida biz bolalar Bilan ishlash prosessni to`g’ri tashkillashtiramiz. Ular nutqidagi kamchiliklarni to`g’ri va aniq tekshirish esa, o`z vaqtidabolalardagi nutq kamchiliklarini bartaraf etishimizga yordam beradi. Bir yarim yoshdan uch yoshgacha bo`lgan bolalarda nutqni tushunish tez rivojlanadi, lug`at boyligi keskin ortadi va so`z tarkibi takomillashadi. Ular avval tovush birikmalarini, so`ngra esa oddiy iboralar, kichik she`rlarni oson takrorlay oladilar. Ushbu davrda nutq nafaqat kattalar bilan, balki tengdoshlar bilan ham muloqot vositasi sifatida shakllanadi. Aynan shu davrda bolada tovush talaffuzi va tinglash qobiliyati jadal rivojlanadi. Ushbu davrdagi asosiy vazifa tinglash qobiliyatini doimiy rivojlantirish, nutq apparati a`zolarini mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Ushbu maqsadlarga erishish uchun muayyan tovushlar guruh tanlab olinadi va bolalar tovushga taqlid qilish asosida ularni mashq qildiradilar. Asosa bu eng oddiy tovushlar guruhlaridir: - unlilar-a, i, o. - lab-lab undoshlari-b, m, p. - til orqa undoshlari-k, g, x. - lab-tish undoshlari-v, f. - til oldi undoshlari-t, d, n. Ikki yildan keyin asta-sekin artikulyatsiya jihatdan nisbatan murakkab bo`lgan til oldi undoshlar ham beriladi-xushtaksimonlar-s,z; shuvillovchilar-sh, j, ch; sonorlilar-l, r. Ammo bu degani 3 yoshdan boshlab bolalarning to`g`ri talaffuziga erishish zarur, degani emas. Bolalar ushbu tovushlarni muntazam mashq qilish natijasida asta-sekin, 5-6 yoshlarga kelib to`g`ri talaffuz qila boshlaydilar. Tovushga taqlid qilishni bolaning turli faoliyatlariga qo`shish bolalarning nafaqat turli ko`rinishdagi tovushlarni to`g`ri talaffuz qilishlarini aniqlash va mustahkamlashga yordam beradi, balki tovushlar hamda so`zlarni aniq va tushunarli qilib talaffuz etishlariga erishishda ham ko`maklashadi. Aynan bir xil tovush taqlidlarini bir necha marta qo`shib talaffuz qilish nutqiy nafasning rivojlanishiga yordam beradi. To`g`ri talaffuzga o`rgatishning asosiy bosqichlari. To`g`ri talaffuzga erishish yo`li 3 bosqichni o`z ichiga oladi: 1-bosqich: Ayrim tovushlar talaffuzini rivojlantirish. 2-bosqich: Ayrim so`zlar talaffuzini shakllantirish. 3-bosqich: Namunaviy gaplar talaffuzini shakllantirish. 1-bosqich-ayrim tovushlar talaffuzini shakllantirish- bu qattiq va yumshoq, jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi ustida ishlashni ko`zda tutadi. B-lab undoshi, portlovchi, jarangli undoshdir. So`zning oxirida, boshida va o`rtasida kelishi mumkin. boshida kelsa-B…, oxirida kelsa-…B, o`rtasida kelsa …b…, b-v kabi aytiladi. Masalan, aroba-arava, kabob-kavob. P –lab undoshi, portlovchi jarangsiz undosh tovush. P…, …p…,…p, b va f undosh tovushlari o`rnida talaffuz qilinadi, fabrika-pabrika, kelib-kelip. D-til oldi, portlovchi, jarangli undosh tovushdir. D…, …d…, …d, t undosh tovushi qilib talaffuz qilish mumkin. Masalan, o`tdi-o`tti, ketdi-ketti shaklida. S – til oldi, sirg`aluvchi, jarangsiz undosh tovush. So`zning boshida, oxirida, o`rtasida kelishi mumkin. U o`zining jarangli jufti – z tarzida talaffuz qilinish hollari kuzatiladi.Masalan, soatsoz. 2-bosqich-ayrim so`zlar talaffuzini shakllantirish-bu leksikani to`g`ri talaffuz qilish, urg`u berish, so`zda urg`u bo`g`inini ajratishdan iboratdir. Leksik jihatdan: “Ko`klam keldi” biri faslning nomini, 2-si harakatni anglatadi. “Kul” so`zining biri-harakatni anglatsa, ikkinchisi esa narsa ma`nosini anglatadi. “O`t ” so`zining ham bir ma`nosi-harakat ma`nosida, ikkinchi ma`nosi esa o`tmaysa ma`nosini anglatadi. Urg`u so`zning oxirgi bo`g`iniga tushib, so`zdagi bo`g`inning boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilishni bildiradi: tikuvchi, ti-kuv-chi. Sandiq, san-diq shu boshqalar. 3-bosqich- namunaviy gaplar talaffuzini shakllantirish- bu o`zgacha gap ohanglari ustida maxsus ishlashni ko`zda tutadi. Masalan, chumchuq-kichkina qushcha. Bizning bog`chamiz-sevimli makon. Onajonim-mehribonim. Agarda 3 yoshli bolalar-s, z, sh, ch, r, l kabi tovushlarni yetarli darajada yaxshi talaffuz qila olmasa, darhol ularni mashq qilishga kirishish kerak emas, chunki bu bolalarning ularni noto`g`ri talaffuz qilishga odatlanib qolishlariga olib kelishi mumkin. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan davrda tovushlarni to`g`ri talaffuz qilishni shakllantirish bolalar tomonidan ko`pincha aralashtirib talaffuz qilinadigan tovushlarni tabaqalashtirish ishlari bilan bog`liq holda amalga oshirish mumkin. bunda asosan jarangli va jarangsiz tovushlarni, v-f, z-s, j-sh, b-p, d-t, g-k, shuningdek, l va r tovushlarining talaffuziga e`tibor berish darkor.Nutq a’zolarining asosiy harakatchanligini aniqlash, to'gYi talaffuz malakalarini mustahkamlash maqsadida quyidagi nutq mashqlar! majmuasi tavsiya etiladi. Tovushlarni to'g'ri talaffuz qilish uchun nutq a’zolarining to'g'ri harakatini shakllantirish, birinchi bosqichda, nutqiy mashqlarning asosiy maqsadidir. Artikulatsion mashqlar uchun topshiriqlarni to'g'ri tanlash va uni nutq a’zolarida shakllantirish yaxshi samara beradi. Bir «Quvnoq tilcha» o‘z uyida yashar ekan. Qani o'ylab topingchi, bu qanday uycha ekan? Bu uychaning qizil eshiklari, eshiklari yonida oppoq quyonchalar bor ekan. Bu quyonchalar konfet va shirinliklarni juda yaxshi ko'rar ekanlar. Topdingizmi? Bu uycha - og'iz. Bu uychaning eshiklari ochilibyopilar ekan. Mana bunday {og‘iz yopiladi va ochiladi). Tilcha o‘z joyida tinch o'tira olmas ekan (tilni chiqaramiz). Hozir oftobda isinish uchun ayvonchaga chiqdi {til pastki labda kurakcha shaklida), so‘ngra uyga kirib, eshikni yopib oladi {til o ‘z joyiga olinib, og‘iz yopiladi). Quyosh bulutlar orasiga yashirindi va yomg'ir tomchilab, tomni ura boshladi {til bilan tishlarimizni urib, «d-d-d» tovushini talaffuz etamiz). Tilcha uyida zerikmaydi. U mushukchaga sut beradi. Mushukcha sut ichib {og‘iz ochiq holda tilni tepadan pastga harakatlantiramiz), lablarini yaladi va shiringina esnadi {og‘iz keng ochiladi). Keyin tilcha soatiga qaradi. U «chiq-chiq»lab yurar edi (ogVz ochiq, lablar tabassum holatida, til ichi og'iz burchaklariga uriladi). Mushukcha qo‘l-oyog‘ini yig‘ib, yotib oldi. «Men ham uxlashim kerak», deb o‘yladi tilcha. Harakat ko'nikmalarini mustahkamlash, yanada mukammal bajarish maqsadida artikulatsion mashqlarni har kuni 4 - 5 marta o'tkazish tavsiya etiladi. Uni 3 - 4 daqiqa mobaynida ertalabki badantarbiya, tushlik, kechki ovqatdan oldin o'tkazish mumkin. Bolalarga 2 - 3 tadan ortiq mashq tavsiya etilmaydi. Mazkur mashqlarni kichik guruhlar bilan yoki yakka holda soddadan murakkabga qarab, izchillik bilan o'tkazmoq lozim. Pedagog va ota-onalar bola mashqlarni qay darajada bajarayotganini kuzatib borishadi. Ular harakatning aniqligi va to'g'- riligi, bajarilish tezligi, bir holatdan boshqa holatga tekis o'tilishi, keraksiz harakatlarning yo'qligiga ishonch hosil qilishlari lozim. Har bir mashq ketma-ketlikda olib boriladi: • pedagog mashqlarni o'yin usulida hikoya qilishi («Quvnoq tilcha haqida ertak»); • mashqlarning pedagog tomonidan ko'rsatilishi; • bolalar mashqlarni oyna yordamida bajarishlari; • mashqlarning to'g'ri bajarilishini tekshirish, xatosini ko'rsatish; • mashqlarni oynasiz bajarish (agarda, unga ehtiyoj bo'lmasa) Birinchi kunda nutq a’zolari, ya’ni til, lablar zo'riqishi mumkin. Asta-sekinlik bilan bu zo'riqish yo'qolib, harakatlar erkin va muvofiqlasha boradi. Tayyorlov davrida ikki xil umumiy rivojlantiruvchi mashqlar namunadagidek bajariladi. Harakatsiz mashqlarda nutq a’zolarini ma’lum holatda 6-10 soniya davomida saqlab turish talab qilinadi, harakatli mashqlar esa, harakatni 6-8 marta bir me’yorda takrorlashni hamda ularning bir holatdan ikkinchi holatga tekis o'tishini talab etadi. Har bir ota-ona o‘z farzandining jismonan sog'lom, aqlan yetuk bolib, ijtimoiy hayotda o‘z oYnini egallaydigan komil inson bo'lib kamol topishini orzu qiladi. Bola dastlab ota-onasi bilan muomala qilish orqali so'zlashuv nutqini egallab, so'ng atrofdagilar bilan muloqotda bo'la boshlaydi. O'zini o'rab turgan muhit bilan tanisha boradi. O'z ona tilini o'zlashtirish orqali so'zni, iboralarni o'rganadi, nutqi shakllanadi. Fikrlash, sezish, eshitish, ko'rish va nutq a’zolarining me’yorida ekanligi uning to'g'ri rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Nutq - kishilar orasidagi aloqa quroli, milliy boylik hamda ta’lim-tarbiyaning qudratli vositasidir. Shu bois har bir inson o'z fikrini to'liq, ifodali bayon etishga o'rganishi zarur. Bola ilk yoshida kattalarga taqlid qilish orqali tovush va so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishni o'rganadi. Oilada tarbiyaning erta boshlanishi bola nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Bola 4 yoshida hamma tovushlarni bir-biridan farqlay bilishi va ularni to‘g‘ri talaffuz etishi kerak. Mana shu yoshda tovushlar talaffuzining shakllanish davri tugaydi. 5-6 yoshli bola to'liq gap tuzish, rasmga qarab hikoya qilish, gapirib berish, she’r, topishmoqlami yoddan aytib berish, ko'rgan narsalarini uzoq vaqt xotirasida saqlab qolish qobiliyatiga ega bo'ladi. 6 yoshli bolada nutqiy kamchiliklar deyarli kuzatilmaydi. Nutqning me’yorda rivojlanayotganini bolaning og'zaki nutqini eshitish orqali aniqlash mumkin. Ba’zi ota-onalar esa bola hayajon bilan biron narsani gapirmoqchi bo'lsa, uni txtatib, «kp gapirma» deb, fikrini bo'ladilar. Bola bilan kam gaplashish, noto'g'ri nutqiy muloqot natijasida nutq yaxshi rivojlanmaydi va bola maktabda o'qish jarayonida ko'p qiyinchiliklarga duch keladi. O'z fikrini, o'qiganlarini yaxshi bayon qila olmaydi. Bu holat, albatta, oquvchining maktab dasturini o'zlashtirmasligiga sabab bo'ladi. 123 Sunday holatning oldini olish uchun ota-ona bolaning tovush, so'zlarni qanday talaffuz qilayotganiga ahamiyat berib borishi kerak. Bordi-yu, bola nutqida yoki talaffuzida murakkab nuqsonlar mavjud bo'lsa, unda darhol mutaxassislarga murojaat qilib, ularning maslahatlariga ko'ra ish tutish lozim. Buning uchun bola nutqini ilk yoshdan boshlab to'g'ri tarbiyalash, rivojlanish bosqichlariga jiddiy e’tibor berish talab etiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan har xil mavzuda ko'proq suhbatlar o'tkazish, og'zaki nutqini rivojlantirish, so'z boyligini oshirib borish tavsiya etiladi. tovushi talaffuzini to'g'ri shakllantirish uchun quyidagi mashqlarni tavsiya etamiz: 1. «To'pni darvozaga kiritish». Maqsad: cho'ziq, to'g'ri yo'naltirilgan havo oqimini hosil qilish. 2. «Kim to'pni uzoqqa uloqtiradi?» Maqsad: til uchini yuqori tishlar orasida tutib turishni o'rgatish. Tabassum holatida tishlarni ko'rsatib, og'iz biroz ochiladi, til uchi avval qarama-qarshi tomonga, so'ng pastdan yuqoriga harakatlantiriladi. 3. «Tish tozalash». Maqsad: til orasidan o'tuvchi tekis, uzluksiz havo oqimini hosil qilish. Tabassum holatida tilning oldingi keng qismini pastki lablar ustiga chiqarib, [F] tovushini uzoq cho'zib talaffuz etib, stol chetidagi paxtani qarama-qarshi tomonga puflash. 4. «Fokus». Maqsad: havo oqimini til o'rtasidan yo'naltirishni o'rgatish. Og'iz biroz ochilib, til «tog'oracha» shaklida oldinga suriladi va ko'tarilib, burun uchidagi paxtani bir me’yorda, ohista puflash - nafas chiqarish. Download 145.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling