Pedagogika psixologiya


Download 60.96 Kb.
bet7/9
Sana17.06.2023
Hajmi60.96 Kb.
#1543967
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bilim ko\'nikma va malaka

Oraliq nazorat (ON)- o’quv fanining alohida maqsadga qaratilgan katta va tugallangan hajmidan keyin o’tkaziladi. Bu o’quv dasturini bir yoki bir nechta bo’limi bo’lishi mumkin. ON semestr davomida 2-4 marta o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Yakuniy nazoratga (YaN) – yakuniy nazorat (YaN) semestr davomida o’tilgan barcha bob va mavzularga taalluqli asosiy savollarni qamrab olishi kerak. Bu nazorat semestr yakunida test asosida o’tkaziladi.
ON va YaN o’tkazishning obyektivligini ta’minlovchi nazoratni asosiy shakli-test sinovlari o’tkazishdir. Test sinovlarini o’tkazishda quyidagilarga e’tibor berish zarur, ya’ni o’quv materialini o’zlashtirish natijalarini obyektiv baholash uchun sharoitlar yaratish; ko’p variantli test savollarini ishlab chiqish; bir-biridan ko’chira olmasligini ta’minlash; har bir o’quvchini individual test savollari bilan ta’minlash.
ON sonini, mazmunini va o’tkazish vaqtini o’qituvchi taqvim mvzular rejaga mos holda belgilaydi. ON o’tkazilish haqida o’quvchilar bir hafta oldin ogohlantiriladi.
ON va YaN doirasida bittasi yoki bir nechtasi bo’yicha tanlab olinib tashkqi nazorat o’tkazilishi mumkin. Nazorat qilish ta’limiy muassasa rahbarlari tomonidan o’tkaziladi.
Tashqi nazoratning maqsadi ta’lim standartida ko’rsatilganga mos darajada o’quvchilar o’zlashtirishining ko’rsatkichlarini aniqlash hamda bir xildagi fanlar bo’yicha (kasblar) bu ko’rsatkichlarni taqqoslash.
O’quvchilarning qiziqishini uyg’otish uchun o’tkazilgan nazorat natijasini dars mobaynida bevosita o’quvchilar ishtirokida ko’rib chiqish va tahlil qilish yaxshi natija beradi.
Har bir o’qituvchi o’z fani bo’yicha reyting tizimini loyihalashtirishda quyidagilarga asoslanishi kerak:
1. Har bir fan bo’yicha semestr davomida o’quvchi to’plashi mumkin bo’lgan maksisal ball 100 ballni tashkil etadi;
2. Har bir fan uchun ajratilgan maksimal ball nazorat turlari bo’yicha taqsimlanadi:
- Joriy nazorat (JN) bo’yicha 60%, ya’ni 60 ball;
- Oraliq nazorat (ON) bo’yicha 20%, ya’ni 20 ball;
- Yakuniy nazorat (YaN) bo’yicha 20%, ya’ni 20 ball.

Download 60.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling