Pedagogika psixologiya


Pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi


Download 76.24 Kb.
bet2/10
Sana17.06.2023
Hajmi76.24 Kb.
#1547423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Pedagogika darsliklari va ularga qo\'yiladigan talablar

Pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi.

Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj tarbiya borasida orttirilgan tajribaar to’plangandan keyin o’sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonunqoidalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi. Avvalo pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida paydo bo’ladi. Ba'zi falsafiy fikrlar quldorlik jamiyatidayoq rivojlana boshlagan edi.Ta'lim va tarbiya masalalari hamisha mutafakkir, yozuvchi, olimlar xayolini band qilib kelgan. Ular o’zlarining bola tabiati, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash haqidagi yorqin mulohazalari bilan pedagogika fani ravnaqiga ulush qo’shganlar. Mashhur hind masali "Kalila va Dimna", Nizomul Mulkning "Siyosatnoma", Nosir Xisravning "Saodatnoma", "Ro’shnoinoma", Yusuf Xos Xojibning "Qutadg’u bilik", Mahmud Qoshg’ariyning "Devonu lug’otit turk", Ahmad Yugnakiy, Kaykovus, Alisher Navoiyning ko’pgina asarlari odob-axloqqa bevosita daxldordir. Bu allomalarning asarlari pedagogik fikrlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida chex pedagog olimi Yan Amos Komenskiyning hissasi katta bo’ldi.

Asosiy pedagogik tushunchalar.

Pedagogika fanining asosiy tushunchalari: ta’lim, tarbiya, ma’lumot, shaxsning shakllanishi va rivojlanishi. Ta’lim - maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o’tkaziladigan, o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, ularning bilish qobilyatlarini o’stiradigan va dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir.Tarbiya - yosh avlodni ma’lum faoliyatiga tayyorlash uchun ma’lum maqsadga qarata rejali va bir tizimda ta’sir etish jarayonidir. Ma’lumot - ta’lim - tarbiya jarayonida olingan va tartibga solingan bilim, egallangan ko’nikma va malakalar, hamda tarkib topgan dunyoqarashlar majmui. Ta’lim, tarbiya va ma’lumot inson shaxsini aqliy, jismoniy va ma’naviy jihatdan shakllantirish va rivojlantirishga qaratiladi.


Download 76.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling