Pedagogika psixologiya


Download 76.24 Kb.
bet10/10
Sana17.06.2023
Hajmi76.24 Kb.
#1547423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Pedagogika darsliklari va ularga qo\'yiladigan talablar

Elektron darslik - kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan bo’lib:

  • - o’quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;

  • - o’quv materiallar verbal (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklda;

  • - multimedia (multimedia - ko’p axborotli) qo’llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o’lchamli grafik ko’rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda;

  • taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, o’quvchini “ekran olamida” stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirishi va undagi ob’ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.

    Biroq, bugungi kunda ham maktab amaliyotida besh balli baholash tizimidan foydalanilayotganligi bois pedagoglar mazkur tizimning rag’batlantiruvchi rolini oshirish yo’llarini izlamoqdalar. Bu borada bir necha usullardan foydalanishmoqda. Xususan:
    baholarni qo’shish va ayrish alomatlari bilan ifodalash. Sinf jurnallarini yuritishning amaldagi qoidalari ifodaviy belgili baholarni qo’llashga imkon bermaydi. SHu bois pedagog murosa qilib, sinf jurnaliga aniq baholarni qo’yadi, plyus-minuslarni esa shaxsiy yon daftarchasida qayd etib boradi;
    raqamni balli baho (qo’shimcha baho) bilan to’ldirishi. Bu usul instruktiv ta’qiqlarga ega emas, biroq pedagoglar tomonidan kam qo’llaniladi, zero, bu usul dars davomida shusiz ham tanqisligi seziladigan vaqtni ko’proq sarflashni talab etadi;
    o’qituvchining kundalik daftarga baho qo’yish bilan birga ota-onalar uchun qaydlarni yozishi. Bu usul o’quvchining oila oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga asoslanadi. Quyidagi holat inobatga olinmasa, bunda biror g’ayri oddiylik yo’q. Kundalikda qayd etilgan yozuvlar mazmuni bilan tanishish ularning asosan salbiy mazmunda ekanligini ko’rsatadi. Ma’lumki, salbiy fikrlar o’quvchilarda ta’lim olishga bo’lgan rag’batni barbod qiladi. Tadqiqot natijalarining ko’rsatishicha, 5-6-sinf o’quvchilarida ta’lim olishga bo’lgan rag’batning pasayishini ta’minlovchi omil – aynan kundalikdagi salbiy mazmundagi qaydlardir.
    kommunikativ motiv – tengdoshlarining munosabati, fikri. O’quvchilar tengdoshlarining munosabati, fikrlariga nisbatan e’tiborsiz bo’la olmaydilar. Pedagog ana omildan foydalana olishi zarur, biroq uni suiste’mol qilish yaramaydi, zero, bunday yondashuv ham o’quvchilarda ta’lim olishga bo’lgan rag’batni susaytiradi. XIX-XX asr boshlarida gimnaziyalarda shunday qoida ustun bo’lgan: o’quvchini jamoa oldida maqtash mumkin, lekin koyish mumkin emas. Bugun ham ta’lim amaliyotida ana shu qoidaga amal qilish foydadan holi emas.
    kommunikativ ta’sirni kuchaytirish, bu o’rinda o’quvchilarni o’z sinfdoshlarining muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklarini his qilish, unga yordam ko’rsatishga o’rgatishdan iborat;
    o’zlashtirish ekranlaridan foydalanish. Sinfda ekran osib qo’yilib, unda o’quvchilarning barcha baho ko’rsatkichlari qayd etib boriladi. Buning kamchiligi a’lochilarda kibrlanish, past o’zlashtiruvchilarda esa befarqlik yuzaga keladi. Bunday holatning oldini olish uchun o’quvchilarni axborotni to’g’ri qabul qilishga o’rgatib borish zarur.
    o’z-o’zi bilan musobaqa tashkil etish, har hafta oxirida o’quvchi o’z faolitini tahlil etadi. YAkunlangan haftada o’zlashtirish pasaysa, garchi u a’lochi bo’lib qolaversa ham o’quvchi musobaqada boy beradi. Aksincha, kuchsiz o’quvchi yakunlangan haftada samarali ishlasa, g’olib chiqqan hisoblanadi. O’z-o’zi bilan musobaqada barcha o’quvchilar teng sharoitda bo’ladilar, ya’ni, past o’zlashtiruvchi o’quvchi bitta past bahoni kam olsa, yutgan, a’lochi o’quvchi esa bitta a’lo bahoni kam olgan bo’lsa yutqazadi. Anglanganidek, bu usul o’zlashtirish uchun emas, balki o’zlashtirishni yaxshilash uchun xizmat qiladi.
    O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu bo’lib kelgan. SHu bois u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalari, shuningdek, sinf (guruh)dagi o’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. SHuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishda o’quvchilarning og’zaki javob berishlari, ko’nikma va malakalariga alohida-alohida yondashiladi. Masalan, ximiya darsidan baholash mezonlariga o’quvchilarning og’zaki javoblari, amaliy topshiriqlarni bajara olishlari va amalda mavjud bilimlarini namoyish eta olishlari inobatga olinadi. Buni «4» baho misolida aniqlashtiramiz: og’zaki javob berish jarayonida «4» baho qo’yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo’lsa:
    o’rganilayotgan mavzu yuzasidan to’g’ri javoblar berilsa;
    material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa;
    o’qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiyatga ega bo’lmagan xatolar yo’l qo’yilsa yoki to’liq bo’lmagan javob aytilsa.
    Yozma topshiriqni bajarishda «4» baho qo’yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo’lsa:
    masalani yechishda va izohlashda muhim xato bo’lmasa;
    topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo’lmagan bir-ikki xatoga yo’l qo’yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo’lsa.
    Amalda bilimlarni namoyish etishda «4» baho qo’yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo’lsa:
    ishni to’liq, muhim xatolarsiz bajarsa, biroq natija chiqara olmasa;
    ishni bajarishda, tajribani tugallashda ikki-uch muhim bo’lmagan xatolarga yo’l qo’yilsa.
    Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb etdi. Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o’quv dasturining amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga nisbatan yuqori talabning qo’yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga pedagogik texnologiyalar olib kirilayotganligi, o’quvchilarni kasbga muvaffaqiyatli yo’llash maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng ko’lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar ko’zga tashlanayotgan bir vaqtda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini eng samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega.
    O’quvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining eskirganligi, zamon talablariga javob bera olmagani uni reyting tizimi asosida baholash uslubi bilan almashtirishni taqozo etdi. SHu o’rinda «Qanday sabablarga ko’ra besh balli baholash mezoni o’zini oqlamadi?» degan savolga javob berish o’rinlidir:
    Birinchidan, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ta’limni dekmokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlantirishni nazarda tutadi. Besh balli baholash tizimi qattiqqo’llik, o’qituvchining mustabidligi hamda uning ta’lim jarayonida yakka hukmronligini ta’minlashga xizmat qilib kelgan.
    Demak, ushbu jarayonda talab va amaldagi holat bir-biriga muvofiq kelmaydi.
    Ikkinchidan, baholash mezoni o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida ixtiloflarni keltirib chiqarishga emas, aksincha, o’zaro faol hamkorlik, bir-birini tushuna olishlari uchun xizmat qilishi lozim.
    Uchinchidan, baholash mezoni faqatgina o’quvchilar tomonidan bilim, ko’nikma va malakalarning o’zlashtirilish darajasini nazorat qilish uchungina emas, balki ta’limni tashhis etishning faol ko’makchisiga aylanishi zarur.
    Baholashning besh balli tizimi birdan beshgacha farqlanuvchi dastlabki baholar qo’yish tartibini bildirib, mohiyatan baholar o’rtasida yig’indisining o’rtacha arifmetik qiymati asosida choraklik (yillik) bahoni belgilashdan iborat.
    Masalan, o’quvchi biror o’quv fanidan uchta nazorat ishini 3, 4 va 5 ga bajargan, joriy nazorat bo’yicha ham shunday natijalarni qayd etgan bo’lsa, unga chorak uchun «4» baho qo’yiladi. Bu esa o’quvchi joriy, oraliq va yakuniy nazorat paytida yaxshi tayyorgarlik ko’rib, ijobiy baholanishiga, chorak oxirida muayyan mavzudan olgan «5» bahoga berilgan javoblarining mutlaqo inobatga olmasligiga sharoit yaratadi.
    Buning uchun barcha fan o‘qituvchilarini pedagogik va axborot texnologiyalar, interfaol uslublar bilan qurollantirish hamda olgan bilimlarini o‘quvtarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib borish lozim. Ta’lim muassasasi o‘qituvchisining faoliyati shaxsni tarbiyalash jarayonida ta’limtarbiya olish sharoitlarini yaratish, uning ehtiyojlarini qondirish va qobiliyatlarini ochish hamda rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Ta’lim muassasasi o‘qituvchisining malakasi maxsus va pedagogik fanlar bilan yoritiladigan ikki qirraga ega bo‘lishi lozim va u doimo “Nima uchun o‘qitish kerak?”, “Qanday o‘qitish kerak?” degan savollarga javob topishi zarur.
    Bu javoblar pedagogika fanining asosiy qoidalari va qonuniyatlariga mos holda talqin qilinishi, shuningdek, ta’lim xususiyatlari e’tiborga olingan bilimlarga asoslangan bo‘lishi lozim. Pedagogikaning muhim muammolaridan biri o‘qituvchining mutahassisligi va faoliyatining asosini tashkil etish shart bo‘lgan pedagogik jarayon nazariyasini ishlab chiqishdir. Pedagoglar mutaxasislik bo‘yicha mavjud bilimlaridan tashqari o‘quv jarayoniga qadam qo‘yar ekanlar, pedagogik va psixologik bilimlar, texnologiya va o‘qitish metodikalariga doir zarur bilimlarni egallagan bo‘lishi kerak.
    SHuning uchun ham, pedagoglarning malakasini oshirishda: - o‘qitish jarayoninig samaradorligini ta’minlovchi pedagogik malakalarni shakllantirish; - ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, gumanitar bilimlarni anglashga yo‘naltirilgan yangi kasbiy tafakkurni shakllantirish; - o‘qituvchi faoliyatining metodologik asosi sifatida pedagogik bilimlar tizimini egallash; - o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatlariga yaqinlashtirilgan uslublar tizimi sifatidagi o‘qitish texnologiyasini egallash masalalari asosiy deb belgilanadi. Asosiy maqsad.
    Respublikamizning ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog kadrlarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘rgatish, pedagogika va psixologiya fanlariga oid bilimlarini yanada mustahkamlash va olgan bilimlarini o‘quvtarbiyaviy jarayoniga qo‘llay olishga o‘rgatish,shuningdek, ularga pedagogik mahorat sirlarini ochib berishdan iborat. Zamonaviy o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar. O‘qituvchilar o‘zlari o‘qitayotgan o‘quvchilarining ruxiyatlariga mos ravishda muloqotda bo‘la olish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallash va o‘quvtarbiyaviy jarayonda qo‘llay olishi kerak. bugungi kunda an’anaviy ta’limni zamonaviylashtirish yo‘lida birgina texnologiyaga asoslangan o‘qitish uchramaydi. odatda, o‘qitishda bir necha texnologiyalarning elementlari birdaniga qo‘llaniladi, chunki pedagogik texnologiya – bu o‘quv jarayonini to‘liqligicha egallovchi loyiha, yaxlitlilik, natija, ya’ni o‘quv jarayonini inson va texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda aniq maqsad, natijaga yo‘naltirilgan jarayondir.
    O‘qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘quv-tarbiya jarayonidagi o‘rni, ulardan foydalanish, shuningdek, usul, metod va texnologiya tushunchalarining farqlay olishlari, “Aqliy hujum”, “Tarmoqlar”(Klaster) “Assesment” metodlari, “Bumerang”, “Skarabey”, “Charxpalak”, “Rezyume” “Keys-stadi” va shu kabi texnologiyalar haqidagi bilimlarga ega bo‘lishlari va ulardan o‘quv-tarbiya jarayonida foydalana olishlari lozim. Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axbortni o‘zlashtiradigan va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir bo‘lgan, zarur qarorlar qabul qiladigan, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.

    Xulosa
    Keng ma'noda ta'lim - bu shaxsning har tomonlama, barkamol rivojlanishini ta'minlaydigan, uni mehnat va ijtimoiy faoliyatga tayyorlaydigan maqsadli, tashkil etilgan jarayon. “Tarbiya” tushunchasi tor ma’noda “tarbiyaviy mehnat” tushunchasi bilan bir xil bo’lib, uning jarayonida shaxsning e’tiqodlari, axloqiy xulq-atvor me’yorlari, xarakter xususiyatlari, irodasi, estetik didi, jismoniy sifatlari shakllanadi.


    Ta'lim - bu o'sib kelayotgan avlodga bilim, ko'nikma va ko'nikmalar berishning tizimli, tashkil etilgan va maqsadli jarayoni, uning bilish faoliyati va dunyoqarashini rivojlantirish, ta'lim olish vositasi. O'qitishning asosini bilim, ko'nikma va malakalar tashkil etadi, ular o'qituvchi tomonidan mazmunning asl tarkibiy qismlari, o'quvchilar tomonidan esa o'zlashtirish mahsuli sifatida ishlaydi.
    Ta’lim deganda ilmiy bilimlarni, amaliy ko’nikma va malakalarni o’rgatish, ularning aqliy, kognitiv va ijodiy qobiliyatlarini, shuningdek, dunyoqarashi va axloqiy-estetik madaniyatini rivojlantirish, buning natijasida ma’lum bir shaxsiy qiyofa kasb etishini o’zlashtirish tushunilishi kerak. (tasvir) va individual o'ziga xoslik.
    So'nggi yillarda mamlakatimizda jiddiy o'zgarishlar ro'y berdi: Rossiya dunyo uchun ochiq mamlakatga aylandi, bozor iqtisodiyoti va huquqiy davlat quruvchi demokratik jamiyat, unda inson birinchi o'ringa qo'yilishi kerak avvalgidan ko'ra ko'proq erkinlik va mas'uliyat.
    Bu davrda ta'limning roli barqaror ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy rivojlanishi uchun asos yaratish, odamlarning yuqori turmush sifatini ta'minlash; demokratik huquqiy davlatni mustahkamlash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda; jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashgan bozor iqtisodiyotini kadrlar bilan ta'minlashda; ta'lim, madaniyat, san'at, fan, yuqori texnologiyalar va iqtisodiyot sohasidagi buyuk davlat sifatida jahon hamjamiyatidagi mavqeini tasdiqlashda.
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    1. I. A. Karimov “Barkamol avlod orzusi” T., “Sharq” 1999 y


    2. O’zbеkiston Rеspublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” T., 2000 y
    3. O’. Asqarova, M. Nishonov, M. Xayitbaеv “Pеdagogika” T., “Talqin” 2008 y
    4. A. To’xtaboеv, A. Eraliеv “Tashkiliy xatti-xarakatlar” Andijon., “Xayot”2001 y
    5. O. Musurmonova “Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi”T.,“O’qituvchi” 1990 y
    6. R. Mavlonova “Pеdagogika” T., “O’qituvchi” 2004 y
    7.Подласий И.П. Педагогика.—Москва, Висщая образования, 2008г
    8. M.To’xtaxo’jayeva “Pеdagogika” T., “O’qituvchi” 2010 y


    Download 76.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling