94
4. Mingdevona bilan zaharlanganda bosh aylanib, ko`zga har xil narsa
ko`rina boshlaydi.
O`simliklar bilan zaharlanganda birinchi yordam ko`rsatish
1. Og’iz orqali zaharlanishdagi kabi ko`rsatmalarga amal qilinadi.
2. Jabrlanuvchiga absorbent, masalan, qotgan non berish mumkin.
3. Jabrlanuvchini o`rniga yotqizib, tez yordam chaqiriladi.
Is gazi (uglerod oksidi) bilan zaharlanish
Is gazi — rangsiz va hidsiz gaz. Is gazining asosiy xavfli tomoni shundaki,
u o`pka orqali qon hujayralariga tez kirib olib, unda mavjud bo`lgan kislorod
o`rnini egallaydi. Buning natijasida organizmda kislorod ochligi (giposkiya)
kelib chiqadi.
Zaharlanish benzinli dvigatellar ishlashi (ishlangan gazlar)dan, tabiiy gaz
yonishidan, yonqin paytida hamda ba'zi sanoat ob'ektlarida ro`y berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: