31
Ovqatlanish vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilinsa, bo`g’ilishning oldini olish
mumkin.
• yutish oldidan ovqatni yaxshilab chaynash, uni shoshmasdan yeyish, hech nima
bezovta qilmayotgan vaqtda ovqatlanish, ovqat og’izda turganda gapirmaslikka
va kulmaslikka harakat qilish,
• og’izda ovqat borligida yurmaslik va boshqa jismoniy ishlar bilan mashg’ul
bo`lmaslik,
• yot jismlarni, masalan, ruchka qopqog’i yoki mixni og’izga solmaslik.
Go`daklar va bolalar xavfli guruhga kiradi. Shuning uchun ota-onalar va
qarovchilar quyidagi tavsiyalarga rioya qilishlari kerak:
• bolalarni baland stul yoki xavfsiz o`rindiqqa o`tq’azib, keyin ovqatlantirish,
yosh bolalarga qo`lida yoki og’zida ovqat borligida yurishga ruxsat bermaslik,
• go`daklar va bolalarni yumshoq ovqatlar bilan kam miqdorlarda ovqatlantirish.
U ovqatlanayotganda doimo kuzatib turish,
• bolaning yonida u og’ziga solishi mumkin bo`lgan mayda buyumlar yoki
o`yinchoqlar bo`lmasligini tekshirish,
• havo sharlariga tegishga yo`l qo`ymaslik, chunki agar shar yorilsa, bola o`zi
bilmagan holda sharning mayda bo`lakchalarini yutib yuborishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: