Ichki qon ketishi
Ichki qon ketishini aniqlash tashqi qon ketishini aniqlashga qaraganda
qiyinroq. Chunki uning belgi va alomatlari aniq ko`rinmaydi va ma'lum vaqt
o`tgandan keyingina bilinishi mumkin. Shikastlangan joyda teri qontalashib
qoladi. Yumshoq to`qimalarda og’riq bo`lib, shishadi yoki qo`l tekizganda qattiq
tuyuladi. Masalan, qorin bo`shlig’idagi ichki qon ketishida qorin "qattiq" bo`lib
qoladi. Jabrlanuvchi hayajonlanadi yoki bezovtalanadi. Tomir tez, lekin sust
uradi. Nafas olish tezlashadi. Terining rangi o`charadi, qo`l bilan paypaslaganda
sovuq yoki terchil bo`lib turadi. Ko`ngil aynib, qayt qiladi. Qondirib
bo`lmaydigan tashnalik his etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |